Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Ампициллин ПОРОШОК

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Ампициллин ПОРОШОК ДЛЯ ИНЪЕКЦИИ 1000мг №50

3 000 so'mdan
(3491)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ampicillin
Ishlab chiqaruvchi
СИНТЕЗ
Chiqarilish shakli
ПОР Д/ИН
Farma. Guruh
Антибиотики
Dori tafsilotlari
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Yaroqlilik muddati.
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Taʼrifi: 

oq yoki deyali oq rangli maydakristallik kukun.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Antibiotik (penitsillinlar guruhi).

 

 

 

Yaroqlilik muddati.

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli: 

inyeksion eritma tayyorlash uchun kukun.

 

Tarkibi:

bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

Ampitsillinning natriyli tuzi – 531,5 mg va 1063 mg (500 mg, 1000 mg ampitsillinga qayta hisoblanganda).

 

Farmakologik xususiyatlari

Ampitsillin – keng taʼsir doirasiga ega boʻlgan yarimsintetik penitsillinlar guruhiga mansub antibiotik. Mikroorganizmlarning hujayra devori sintezini toʻxtatib, bakteritsid taʼsir qiladi. Penitsillinaza taʼsirida parchalanadi.

Preparatga quyidagi mikroorganizmlar doimo sezgir: Staphylococcus spp., Streptococci A, B, C, F, G; Str. pneumoniae penitsillinaza ishlab chiqarmaydiganlari: L. monocytogenes, Corynebacterium diphtheriae, Erysipelotrix rhusopathiae, Eikenela, N.meningitidis, Bordetella pertussis, Clostridium spp., Propionibacterium acnes, Peptostreptococcus spp., Actinomyces spp., Leptospira spp., Treponema; Enterococcus faecalis, E.coli, Proteus mirabilis, Salmonella spp., Vibrio cholerae, H.Influenzae, N.gonorrhoeae,  Fusobacterium spp., Prevotella spp. lar doimo sezgir emas.

Preparatga chidamli mikroorganizmlar: D.catarrhalis, Klebsiella spp., Enterobacter spp., C.diversus, C.freundi, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Morganella morganii, Y.enterocolitica, Pseudommonas spp., Acinetabacter spp., Xanthomonas spp., Flavobacterium spp., Alcaligenes spp., Nocardia spp., Campylobacter spp., Legionella pneumophila, Mycobacterium spp., Bacteroides spp., Mycoplasma spp., Chlamydia spp.

 

Farmakokinetikasi

Preparat parenteral yuborilgandan keyin organizmning toʻqima va suyuqliklariga kiradi, terapevtik konsentratsiyalarda plevral, peritoneal va sinovial suyuqliklarida, safroda aniqlanadi. Preparat yoʻldosh toʻsigʻi orqali oʻtadi, koʻkrak sutiga ajralib chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 1 soat, anuriyada bu davr 12-20 soatgacha uzayadi. Preparatning asosiy qismi organizmdan buyrak orqali chiqariladi, shuning uchun siydikda antibiotikning juda yuqori konsentratsiyasi hosil boʻladi. Preparat takror yuborilganda, organizmda toʻplanib qolmaydi, bu uni yuqori dozalarda va uzoq vaqt qoʻllash imkonini beradi.

 

Qoʻllanilishi

Bakterial infeksiyalar: bronxit, pnevmoniya, dizenteriya, salmonellyoz, salmonellalarni uzoq vaqt tashuvchanlik, xoletsistit, koʻk yoʻtal, piyelonefrit, uretrit, endokardit, teri va yumshoq toʻqimalar infeksiyalari, ginekologik infeksiyalar, quloq, burun, tomoq infeksiyalari, odontogen infeksiyalar, meningit, sepsis va preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infeksiyalarda qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Parenteral: mushak ichiga (m/i) va vena ichiga (v/i) (oqim bilan yoki tomchilab). Ikkala yuborish usullarida kattalarga 250-500 mg dan sutkada 4-6 marta buyuriladi; ogʻir infeksiyalarda (sepsisda, meningitda, endokarditda) sutkalik doza 10 g gacha va undan ortiqqa oshirilishi mumkin; bolalarga yoshiga qarab: yangi tugʻilgan chaqaloqlarga –
100 mg/kg, 1 yoshgacha – 50 mg/kg, 1 yoshdan 4 yoshgacha 50-75 mg/kg, 4 yoshdan kattalarga 50 mg/kg sutkalik dozada buyurilishi mumkin.

2 g dan oshadigan bir martalik doza v/i tomchilab yuboriladi. Buning uchun 2-4 g ni muvofiq 7,5-15,0 ml inyeksiya uchun suvda eritiladi, keyin tayyorlangan eritmaga 125-
250 ml natriy xloridi eritmasi yoki 5-10% li glyukoza eritmasini qoʻshiladi, minutiga 60-80 tomchi tezligida yuboriladi.

V/i tomchilab yuborilganda bolalarga erituvchi sifatida 5-10% li glyukoza eritmasi (bolaning yoshiga qarab 30-50 ml) qoʻllanadi.

Davolash davomiyligi patsiyentning holatini ogʻirligi va davolash samaradorligiga bogʻliq (5-10 kundan 2-3 haftagacha va undan koʻp) boʻladi.

Mushak ichiga yuborish uchun eritmani ex tempore, flakon ichidagisiga 2 ml steril inyeksiya uchun suv yoki 0,5% li novokainning inyeksiya uchun eritmasini qoʻshib tayyorlanadi (novokainga yuqori sezuvchanligi boʻlgan patsiyentlar bundan istisnodir). Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun preparatning bir martalik dozasini (koʻpi bilan
2 g) 5-10 ml steril inyeksiya uchun suv yoki natriy xloridining izotonik eritmasida eritiladi va sekin yuboriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar (eshakemi, eritema, Kvinke shishi, rinit, konʼyunktivit; kam hollarda – isitmalash, boʻgʻimlarda ogʻriqlar, eozinofiliya, juda kam hollarda anafilaktik shok). Markaziy nerv tizimiga toksik taʼsir koʻrsatishi mumkin (buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda preparatning yuqori dozalari qoʻllanilganda), dispepsik holatlar (diareya, koʻngil aynishi, qusish), kandidoz, ichak disbakteriozi kuzatilishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa penitsillinlarga, sefalosporinlarga, karbapenemlarga), jigar faoliyatini ogʻir buzilishlari, infeksion mononukleoz, bronxial astma, pichan isitmasi, emizish (davolash vaqtida emizishni toʻxtatish lozim) davrida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Bakteriostatik antibiotiklar (tetratsiklin, xloramfenikol, eritromitsin va boshqalar) bilan bir vaqtda qoʻllanilganda oʻzaro antagonizm yuz beradi. Aminoglikozid antibiotiklar bilan birga qoʻllanganda, preparatning mikroblarga qarshi samaradorligida sinergizm kuzatiladi. Probenetsid bilan birga qoʻllanishi preparatni siydik bilan ajralishini kamaytiradi va qon zardobida uning miqdorini oshishiga olib keladi, allopurinol bilan esa – preparatning metabolizmini sekinlashtiradi va teri toshmasini paydo boʻlish tezligini oshiradi. Kam hollarda preparat peroral kontratseptivlarning taʼsirini susaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Allergik reaksiyalar paydo boʻlganda, preparatni qabul qilishni toʻxtatish va desensibilizatsiyalovchi davolash choralarini oʻtkazish lozim. Preparatni sepsisli bemorlarda qoʻllanganda bakterioliz reaksiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaksiyasi) yuz berishi mumkin. Holsizlangan bemorlarda uzoq vaqt davolanishda, preparatga chidamli mikroorganizmlar (achitqisimon zamburugʻlar, grammanfiy mikroblar) chaqirgan superinfeksiya rivojlanishi mumkin. Bu guruh bemorlarga davolash davrida V guruhi vitaminlarini va S vitaminini, buyurish, zarurati boʻlganda nistatin va levorin dori vositalarini berish maqsadga muvofiqdir. Bronxial astmada, pichan isitmasida va boshqa allergik kasalliklarda, zarur boʻlganda preparat desensibilizatsiyalovchi vositalar bilan birga qoʻllanadi. Buyrak, jigar faoliyatini va qon manzarasini muntazam nazorat qilish lozim. Preparatni buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida markaziy nerv tizimiga toksik taʼsiri (bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi), dispepsik holatlar (koʻngil aynishi, qusish, ich suyuq kelishi), teri toshmasi koʻrinishidagi allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishining simptomlari paydo boʻlganida preparatni darhol bekor qilish va zarurati boʻlganida simptomatik davolash: meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmir, tuzli surgi vositalarini qoʻllash, suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish, gemodializ oʻtkazish kerak. Allergiyada antigistamin va desensibilizatsiyalovchi vositalar qoʻllanadi.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksion eritma tayyorlash uchun kukun 500 mg va 1000 mg dan.

500 va 1000 mg shishali flakon, rezinali probka bilan germetik yopilgan va alyumin kolpachok bilan oʻralgan. 1, 5, 6, 10, 20, 25, 50 yoki 100 flakonlar oʻzbek va rus tildagi qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutisiga joylashtiriladi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.