Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АМПИЦИЛЛИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АМПИЦИЛЛИН ТАБЛЕТКА 250МГ №10

2 000 so'mdan
(4437)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
AMPICILLIN
Ishlab chiqaruvchi
РОССИЯ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Maxsus ko‘rsatmalar
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Chiqarilish shakli: 
Tarkibi
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Maxsus ko‘rsatmalar

Allergik reaksiyalar paydo bo‘lgan holda, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va  desensibilizasiyalovchi davolashni o‘tkazish kerak. Sepsisli bemorlarda bakterioliz reaksiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaksiyasi) rivojlanishi mumkin. Uzoq vaqt davolashda holsizlangan bemorlarda, preparatga chidamli mikroorganizmlar (achitqisimon zamburug‘lar, grammanfiy mikroblar) chaqirgan superinfeksiya  rivojlanishi mumkin. Bunday  bemorlarga preparat bilan  davolanish davrida V guruhi va S vitaminlarini, zarurati bo‘lganida, nistatin va levorinni buyurilishi lozim. Bronxial astma, pichan isitma va boshqa allergik kasalliklarda, kerakli hollarda preparat bilan bir vaqtda desensibilizasiyalovchi vositalar qo‘llanadi.

Preparat qo‘llanganida buyraklar, jigar faoliyatini va qon manzarasini muntazam nazorat qilish kerak. Preparat buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

 

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Saqlash sharoiti

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ovqatdan 0,5 – 1 soat oldin qabul qilinadi. O‘rtacha og‘irlikda kechuvchi infeksiyalarda, kattalar uchun buyuriladigan o‘rtacha sutkalik doza 2 – 3 g, og‘ir infeksiyalarda – 10 g, meningitda  – 14 g. Bolalarga preparat tana vazniga 50 – 100 mg/kg sutkalik dozada buyuriladi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bu sutkada 0,25 – 0,75 g, 1 yoshdan 6 yoshgacha – sutkada 0,75 – 1,5 g, 6 yoshdan 15 yoshgacha – sutkada 1,5 – 2 g ni tashkil qiladi. Sutkalik doza 2 – 4 qabulga, meningitda 6 – 8 qabulga bo‘linadi. Gonokokkli uretrit bundan istisno, unda 3,5 g ichga bir qabulda buyuriladi.

Davolash kursining davomiyligi odatda 5 – 10 kunni tashkil qiladi, o‘tkir pielonefritda 2 – 3 hafta, surunkali pielonefritda – 6 oydan ko‘proq.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (eshakemi, eritema, Kvinke shishi, rinit, kon‘yunktivit; kam – isitma, bo‘g‘imlarda og‘riqlar, eozinofiliya; juda kam anafilaktik shok). Markaziy nerv tizimiga toksik ta‘siri (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda juda katta dozalarda qo‘llanganida), dispepsik holatlar (diareya, ko‘ngil aynishi, qayt qilish), kandidoz, ichak disbakteriozi bo‘lishi mumkin.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Mutloq: penisillin qatori antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik, jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari, miasteniya, bir yoshgacha bo‘lgan bolalar, preparatga sezgir bo‘lmagan shtammlar, ayniqsa psevdomonadalar va stafilokokklar chaqirgan infeksion kasalliklar.

Nisbiy: sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik, anamnezdagi allergiya, bronxial astma, pichan tumovi yoki eshakemi, infeksion mononukleoz, limfoleykozdagi ikkilamchi infeksiyalar, homiladorlik va laktasiya davri.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bakteriostatik antibiotiklar (tetrasiklin, xloramfenikol, eritromisin va boshqalar) bilan bir vaqtda yuborilganida o‘zaro antagonizm yuzaga keladi. Aminoglikozid antibiotiklar bilan preparatning mikroblarga qarshi ta‘sirini samarasida sinergizm kuzatiladi. Probenesid bilan birga qo‘llanganida, u preparatni siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi va qon zardobida uning miqdorini oshishiga olib keladi, allopurinol bilan qo‘llanganida preparatning metabolizmini sekinlashtiradi va teri toshmasini paydo bo‘lish tez–tezligini oshiradi. Kam hollarda preparat peroral kontraseptivlarning ta‘sirini susaytiradi.

 

 

Chiqarilish shakli: 

Tabletkalar 250 mg dan, alyumin folga va PVX plyonka blisterlarda.

 

Tarkibi

1 tabletka saqlaydi:

Faol modda: ampisillin trigidrati 250 mg;

Yordamchi moddalar: kraxmal, talk, dekstrin, magniy stearati, gidroksipropilsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Antibiotiklar (penisillinlar guruhi).

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Ampisillin – keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan yarimsintetik penisillinlar guruhiga mansub antibiotik. Mikroorganizmlar hujayrasi devorining sintezini to‘xtatib bakterisid ta‘sir qiladi. Penisillinaza ta‘siri ostida parchalanadi. Kislotaga chidamli.

Preparatga quyidagi mikroorganizmlar doimo sezgir: penisillinaza ishlab chiqarmaydigan Streptococci A, B, C, F, G; Str. pneumonia, L. monocytogenes, Corynebacterium diphtheria, Erysipelothrix rhusopathiae, Eikenella corrodens, N. meningitidis, Bordetella pertussis, Clostridium spp., Propioniobacterium acnes, Peptostreptococcus spp., Actinomyces spp., Leptospira spp., Treponema doimo sezgir emaslar; Enterococcus faecalis, E. coli, Proteus mirabilis, Salmonella spp., Vibrio cholerae, H. influenzae, N. gonorrhoeae, Fusobacterium spp., Prevotella spp. chidamli: Staphylococcus spp., B. catarrhalis, Klebsiella spp., Enterobacter spp., C. diversus, C. freundii, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Morganella morganii, Y. enterocolitica., Pseudomonas spp., Acinetobacter spp., Xanthomonas spp., Flavobacterium spp., Alcaligenes spp., Nocardia spp., Campylobacter spp., Legionella pneumophila, Mycobacterium spp., Bacteroides spp., Mycoplasma spp., Chlamydia spp.

 

 

Farmakokinetikasi

Preparat ichga qabul qilinganida me‘daning kislotali muhiti ta‘sirida parchalanmaydi, qonga yaxshi so‘riladi. Ovqat preparatning so‘rilishini susaytiradi. Qabul qilinganidan so‘ng taxminan 1,5–2 soat o‘tgach plazmadagi eng yuqori konsentrasiyasiga erishiladi. Organizmning to‘qimalari va suyuqliklariga kiradi, terapevtik konsentrasiyalarda plevral, peritoneal va sinovial suyuqliklarida, o‘t-safroda aniqlanadi. Preparat yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, gematoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi, ona sutiga chiqariladi Yarimchiqarilish davri taxminan 1 soat, anuriyada bu davr 12–20 soatgacha uzayadi. Preparatning asosiy qismi organizmdan buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun siydikda antibiotikning juda yuqori miqdori aniqlanadi. Preparat qayta qabul qilinganida, organizmda to‘planib qolmaydi, bu uni katta dozalarda va uzoq vaqt qabul qilish imkoniyatini beradi.

 

 

Qo‘llanilishi

Bakterial infeksiyalar: bronxit, pnevmoniya, dizenteriya, salmonellyoz, uzoq vaqt salmonellalarni tashuvchilik, xolesistit, ko‘kyo‘tal, pielonefrit, uretrit, endokardit, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, ginekologik infeksiyalar, quloq, burun, tomoq infeksiyalari, odontogen infeksiyalar, meningit, sepsis va preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infeksiyalar.