Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АМПИЦИЛЛИН КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АМПИЦИЛЛИН КАПСУЛА 250МГ №10

2 600 so'mdan
(1042)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ampicillin
Ishlab chiqaruvchi
HEALTH HELPERS
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Антибиотики
Dori tafsilotlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Nojoʻya taʼsirlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi.
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Mutloq qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar: penitsillin qatori antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik, jigar faoliyatining ogʻir buzilishlari, miasteniya, 1 yoshgacha boʻlgan bolalar, preparatga sezgir boʻlmagan shtammlar, ayniqsa psevdomonadalar va stafilokokklar chaqirgan infeksion kasalliklarda qoʻllash mumkin emas.

Nisbiy qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar: sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik, anamnezda allergiya, bronxial astma, pichan tumovi yoki eshakemini boʻlishi, infeksion mononukleozdagi, limfoleykozdagi ikkilamchi infeksiyalar, homiladorlik va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Bakteriostatik antibiotiklar (tetratsiklin, xloramfenikol, eritromitsin va boshqalar) bilan bir vaqtda qoʻllanganida oʻzaro antagonizm yuzaga keladi. Aminoglikozid antibiotiklari bilan mikroblarga qarshi samaradorligida sinergizm kuzatiladi. Probenitsidni birga buyurish, preparatni siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi va uning qon zardobidagi miqdorini oshishiga olib keladi, allopurinol bilan esa – preparatning metabolizmini sekinlashtiradi va teri toshmasining paydo boʻlish tez-tezligini oshiradi. Kam hollarda preparat peroral kontratseptivlarning taʼsirini susaytiradi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar (eshakemi, eritema, Kvinke shishi, rinit, konʼyunktivit; kam hollarda – isitma, boʻgʻimlarda ogʻriqlar, eozinofiliya; juda kam hollarda – anafilaktik shok).

Markaziy nerv tizimiga toksik taʼsiri (buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda yuqori dozalarda qoʻllanganda), dispepsik koʻrinishlar (diareya, koʻngil aynishi, qusish), kandidoz, ichak disbakteriozi boʻlishi mumkin.

 

Dori shakli: 

kapsulalar.

 

Tarkibi:

bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg yoki 500 mg ampitsillin trigidrati (ampitsillinga qayta hisoblanganda);

yordamchi modda: stearin kislotasi.

 

Taʼrifi: 

oq rangli qattiq jelatin kapsulalar № 1 (250 mg doza uchun), № 0 (500 mg doza uchun).

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 antibiotiklar (penitsillinlar guruhi).

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Ampitsillin – keng taʼsir doirasiga ega boʻlgan yarimsintetik penitsillinlar guruhiga mansub antibiotikdir. Mikroorganizmlar hujayra devori sintezini susaytirib bakteritsid taʼsir qiladi. Penitsillinaza taʼsirida parchalanadi. Kislotaga chidamli.

Preparatga penitsillinaza ishlab chiqarmaydigan Streptococci A, B, C, F, G; Str.pneumoniae va quyidagi mikroorganizmlar:

L.monocytogenes, Corynebacterium diphtheriae, Erysipelothrix rhusopathiae, Eikenella, N.meningitidis, Bordetella pertussis, Clostridium spp., Propioniobacterium acnes, Peptostreptococcus spp., Actinomyces spp., Leptospira spp., Treponema doimo sezgir;

Enterococcus faecalis, E.coli, Proteus mirabilis, Salmonella spp., Vibrio cholerae, H.influenzae, N.gonorrhoeae, Fusobacterium spp., Prevotella lar doimiy sezgir emas.

Preparatga chidamli mikroorganizmlar: Staphylococcus spp., B.catarrhalis, Klebsiella spp., Enterobacter spp., C.diversus, C.freundii, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Morganella morganii, Y.enterocolitica, Pseudomonas spp., Acinetobacter spp., Xanthomonas spp., Flavobacterium spp., Alcaligenes spp., Nocardia spp., Campylobacter spp., Legionella pneumophila, Mycobacterium spp., Bacteroides spp., Mycoplasma spp., Chlamydia spp.

Farmakokinetikasi

Preparat ichga qabul qilinganidan keyin meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi. Plazmadagi eng yuqori miqdoriga taxminan 1,5-2 soatdan keyin erishiladi. Organizmning toʻqimalari va suyuqliklariga kiradi, terapevtik dozalarda plevral, peritoneal va sinovial suyuqliklarida, safroda aniqlanadi. Preparat yoʻldosh toʻsigʻidan oʻtadi, ona sutiga chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) tahminan 1 soat tashkil qiladi, anuriyada bu davr 12-20 soatgacha uzayadi. Preparatning asosiy qismi organizmdan buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun siydikda antibiotikning juda yuqori miqdori hosil boʻladi. Preparat qayta yuborilganida, organizmda toʻplanib qolmaydi, bu uni katta dozalarda va uzoq vaqt qabul qilishga imkoniyat beradi.

 

Qoʻllanilishi

Bakterial infeksiyalar: bronxit, pnevmoniya, dizenteriya, salmonellyoz, salmonellalarni uzoq vaqt tashuvchilik, xoletsistit, koʻkyoʻtal, piyelonefrit, uretrit, endokardit, teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari, ginekologik infeksiyalar, quloq, burun, tomoq infeksiyalari, odontogen infeksiyalar, meningit, sepsis va preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infeksiyalarda qoʻllanadi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat ovqatdan 0,5-1 soat oldin qabul qilinadi.

Oʻrtacha ogʻirlikda kechuvchi infeksiyalarda, sutkalik dozasi kattalar uchun 2-3 g, ogʻir infeksiyalarda – 10 g, meningitda – 14 g tashkil qiladi.

Bolalarga preparat 50-100 mg/kg sutkalik dozada buyuriladi. Bir yoshgacha boʻlgan bolalar uchun sutkalik doza 0,25-0,75 g, 1 yoshdan 6 yoshgacha – sutkalik 0,75-1,5 g, 6 yoshdan 15 yoshgacha – 1,5-2 g tashkil qiladi. Sutkalik dozani 2-4 qabulga, menigitda 6-8 qabulga boʻlinadi. Gonokokkli uretrit bundan istisno, unda 3,5 g preparat ichga bir qabulda bir marta buyuriladi. Davolash kursining muddati odatda 5-10 kun, oʻtkir piyelonefritda 2-3 hafta, surunkali piyelonefritda 6 oydan oshiq tashkil qiladi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Allergik reaksiyalar paydo boʻlgan holda preparat qabul qilishni toʻxtatish va desensibilizatsiya qilovchi davolashni oʻtkazish kerak. Preparat sepsis boʻlgan bemorlarda qoʻllanganida bakterioliz reaksiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaksiyasi) rivojlanishi mumkin. Holsizlangan bemorlarni uzoq vaqt davolanganda preparatga chidamli mikroorganizmlar (achitqisimon zamburugʻlar, grammanfiy mikroorganizmlar) chaqirgan superinfeksiyani rivojlanishi mumkin. Bu bemorlarga preparat bilan davolash davrida V guruhi vitaminlarini va S vitaminini, buyurish, zarurati boʻlganda, nistatin va levorinni berish maqsadga muvofiqdir. Bronxial astmada, pichan isitmasida va boshqa allergik kasalliklarda, zarur hollarda preparat bilan bir vaqtda desensibilizatsiya qilovchi vositalar buyuriladi. Preparatni homilador va emizikli ayollarga, buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Buyraklar, jigar faoliyatini va qon manzarasini muntazam nazorat qilish kerak.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi.

Simptomlari: koʻngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolit balansini buzilishi (qusish va diareyani asorati natijasida).

Davolash: meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmirni buyurish, tuzli surgi vositalari, suv-elektrolit balansini tutib turish, simptomatik davolash. Gemodializ orqali chiqariladi.

 

 

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 250 mg va 500 mg dan kontur uyali oʻramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept buyicha.