Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Ампиокс КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Ампиокс КАПСУЛА 250мг №10

3 350 so'mdan
(1320)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
REMEDY GROUP
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozasi
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

Kapsulalar.

Tarkibi

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: Ampisillin 125 mg, oksasillin 125 mg.

Yordamchi moddalar: magniy stearati ili kalsiy stearati.

Farmakologik xususiyatlari

Ampisillin va oksasillin ta‘sir doiralarini birlashtiruvchi majmuaviy antibiotik.

Ampisillin-penisillin guruhiga mansub yarim sintetik antibiotik bo‘lib, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi, kislotaga chidamli. Grammusbat (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Streptococcus pneumoniae) va grammanfiy (Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae,) mikroorganizmlarga nisbatan faoldir.

Oksasillin penisillin guruhiga mansub yarim sintetik antibiotikdir. Uning β-laktamazlarga chidamligi bilan bog‘liq asosiy xususiyati penisillinga chidamli bo‘lgan shtammlarga nisbatan faolligidir. Grammusbat mikroorganizmlarga (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, anaerob spora hosil qiluvchi tayoqchalar, shu jumladan Closridium), grammanfiy kokklarga (Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis), Escherichia coli, Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae, Clostridium pneumoniae, Actinomyces spp., Treponema spp., nisbatan bakterisid ta‘sirga ega. Preparat ta‘siriga Ps. aeroginosa, ko‘pchilik Proteus vulgaris, Pr. Rettgeri, Pr. Morgonii shtammlari chidamli.

Farmakokinetikasi

Ampisillin ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, me‘daning kislotali muhitida o‘zgarmaydi. Ko‘pgina a‘zo va to‘qimalarda taqsimlanadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, GEB orqali yomon o‘tadi. Miya qobiqlari yallig‘lanishida GEB o‘tkazuvchanlik ampisillin uchun keskin ortadi. 30% ampisillin jigarda parchalanadi. Siydik va safro bilan chiqariladi.

Oksasillin ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llarida so‘riladi. Me‘daning kislotali muhitida faolligini saqlab qoladi. Ovqat qabul qilish oksasillin so‘rilishini kamaytiradi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 93% ni tashkil qiladi. 20-30% atrofidagisi tez siydik orqali, hamda safro orqali chiqadi.

Qo‘llanilishi

Sezgir mikroflora chaqirgan bakterial infeksiyalar: sinusit, tonzillit, o‘rta otit, bronxit, pnevmoniya, xolangit, xolesistit, pielonefrit, pielit, sistit, uretrit, gonoreya, servisit, teri va yumshoq to‘qima infeksiyalari, saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar, dizenteriya, salmonellez, salmonella tashuvchi, jarrohlik aralashuvlaridagi operasiyadan keyingi asoratlarni (shu jumladan immuntanqislik fonida) oldini olishda, chaqaloqlar infeksiyasida, og‘ir kechadigan infeksiyalarda (sepsis, endokardit, meningit, tug‘riqdan keyingi infeksiyalar) qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozasi

Ichga, kapsulani butunligicha suv bilan ichiladi.

Kattalar va 14 yoshdan katta bolalar uchun bir martalik doza 0,5-1,0 g, sutkalik – 2-4 g,

3-7 yoshdagi bolalar uchun sutkasiga 100 mg/kg,

7-14 yoshdagilarga sutkasiga-50 mg/kg.

Davolash davomiyligi 5-7 kundan 2 haftagacha.

Sutkalik dozani 4-6 qabulga bo‘linadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: eshakem, terini qizarishi, Kvinke shishi, rinit, kon‘yunktivit, isitmalash, artralgiya, eozinofiliya, anafilaktik shok, superinfeksiya, disbakterioz, ta‘m bilishni pasayishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, psevdomembranoz enterokolit, leykopeniya, neytropeniya va anemiya kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, infeksion mononukleozda, limfoleykozda, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (kichkina bolalarda kapsula ko‘rinishidagi preparatni to‘g‘ri dozalash mumkin emasligi sababli) qo‘llanilmaydi.

Penisillinga o‘ta sezuvchan bo‘lgan onalardan tug‘ilgan bolalarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antasidlar, glyukozamin, surgi vositalari, ovqat, aminoglikozidlar so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi; askorbin kislotasi so‘rilishini oshiradi. Bakterisid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, sefalosporinlar, sikloserin, vankomisin, rifampisin) sinergik ta‘sir; bakteriostatik preparatlar (makrolidlar xloramfenikol, linkozamidlar, tetrasiklinlar, sulfanilamidlar) antagonistik ta‘sir ko‘rsatadi. Bilvosita antikoagulyantlar samarasini oshiradi (ichak mikroflorasini susaytirib, vitamin K sintezini va protrombin ko‘rsatkichini kamaytiradi); peroral kontraseptiv dori vositalari samarasini kamaytiradi, metabolizm jarayonida PABK hosil bo‘ladi. Etinilestradiol-qon ketishi rivojlanish havfini tug‘diradi. Diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar probenesid-naychalar sekresiyasini kamaytirib, preparatni qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshiradi, bu esa toksik ta‘sir rivojlanishi xavfini oshiradi. Allopurinol teri toshmasini rivojlanish xavfini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Kursiy davolashda qon yaratish a‘zolari, jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish zarur. Superinfeksiyani rivojlanishi (preparatga sezgir bo‘lmagan mikroflorani o‘sishi hisobiga) shunga muvofiq ravishda antibakterial davolashni o‘zgartirishni talab qiladi. Penisillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan kasallarda, sefalosporin antibiotiklariga qarama -qarshi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Homiladorlikda ko‘rsatmaga muvofiq qo‘llash mumkin. Ona suti bilan kichik konsentrasiyada ajraladi, shuning uchun emizikli davrida preparat qo‘llashda emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish lozim. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan kasallarda yuqori dozalarni qo‘llash, markaziy nerv tizimiga toksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish hollari kuzatilmagan. Anafilaktik shok belgilari paydo bo‘lganda kasalni ushbu holatdan chiqarishning tezkor choralarini ko‘rish kerak: adrenalinni (epinefrin) yuborish, glyukokortikosteroidlar (gidrokortizon yoki prednizolon) va antigistamin vositalarni yuborish, zarur bo‘lganida o‘pkani su‘niy ventilyasiya qilish kerak.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.