Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АМОКСИЦИЛЛИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АМОКСИЦИЛЛИН ТАБЛЕТКА 500МГ №10

3 300 so'mdan
(2667)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
AMOXICILLIN
Ishlab chiqaruvchi
УЗБЕКИСТАН
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi: 
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqash sharoiti 
Dorixonalardan berish tartibi
Yaroqlilik muddati
Dori shakli:

 tabletkalar

 

Tarkibi: 

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: amoksitsillina trigidrat – 0,25 g i 0,5 g;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kalsiy stearati yoki magniy stearati, talk.   

Taʼrifi: 

oq rangli, oʻziga xos hidli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Antibiotiklar (penitsillinlar guruhi).

 

Farmakologik xususiyatlari

Yarim sintetik penitsillinlar guruhiga kiruvchi keng taʼsir doirasiga ega antibiotik.

Bakteriotsid taʼsir k¢rsatadi, hujayra qobigʻi sintezini susaytiradi. Grammusbat mikroorganizmlarga (gemolitik va nogemolitik Streptococcus spp., Staphylococcus spp., betalaktamaza (penitsillinaza) ishlab chiqarmaydigan Clostridium spp., Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, Enterococcus spp.) va grammanfiy mikroorganizmlarga (Haemophilus influenzae, Bordetella pertussis, Proteus mirabilis, Brucella spp., Neisseria gonorrhoeae va Neisseria meningitidis, Salmonella spp., Shigella spp., Esherichia coli, Borrelia burgorfery, Helicobacter pylori) nisbatan faol.

Beta-laktamaza (penitsillinaza) ishlab chiqaradigan mikroorganizmlarga (Pseudomonas, indol-musbat Proteus, Serratia, Enterobacter) nisbatan faol emas.

 

Farmakokinetikasi

Preparat meʼda-ichak yoʻlida amalda toʻliq (93%) soʻriladi, ovqatlanish  preparatning soʻrilishiga taʼsir qilmaydi, meʼdaning kislotali muhitida parchalanmaydi. Plazmada eng yuqori konsentratsiyasiga ichilgandan keyin 1-2 soatda erishiladi. Preparatning 17% ga yaqini plazma oqsillari bilan bogʻlanadi. Tananing toʻqimalariga biologik suyuqliklariga (orqa miya suyuqligi bundan mustasno), ona sutiga kiradi, hamda yoʻldosh toʻsigʻidan oʻtadi. Jigarning normal faoliyatida oʻt suyuqligidagi konsentratsiyasi qondagi konsentratsiyasidan 2-4 marta koʻp boʻladi. Katta qismi buyrak orqali, asosan naychalar ekskretsiyasi bilan, 50% ga yaqini oʻzgarmagan holda ajralib chiqadi. Yarimchiqarilish davri 1-2 soat, jigar faoliyati buzilganda u oʻzgarmaydi, ammo buyrak faoliyati buzilganda (kreatinin klirensi 15 ml/min ga teng yoki kam) uzayadi, anuriyada esa (5-15 soat) ¢rtacha 8,5 soatga yetadi.

 

Qoʻllanilishi

Preparatga sezgir boʻlgan mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarni, ayniqsa nafas yoʻli, siydik-tanosil tizimi, oʻt suyuqligi yoʻllari, meʼda-ichak yoʻli, teri va yumshoq toʻqima yuqumli kasalliklarini davolashda qoʻllanadi.

Antibiotik-jarrohlik kompleks davolash doirasida oʻt pufakchasi va oʻt yoʻllarini salmonella tashuvchiligidan sanatsiya qilish uchun qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga, ovqatlanishdan oldin yoki keyin ichiladi.

Kattalar va 10 yoshdan katta boʻlgan bolalarga (tanasining vazni 40 kg dan ortiq boʻlsa) odatda sutkasiga 1,0-1,5 g dozada tavsiya qilinadi. 5 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan bolalarga bir sutkalik dozasi odatda 0,75 g ni, 2 yoshdan 5 yoshgacha – 0,375 g ni, 2 yoshdan kichik boʻlgan bolalarga 30 mg/kg ni tashkil qiladi. Sutkalik dozasi 2-3 mahalga boʻlib ichiladi.

Ogʻir kechuvchi yuqumli kasalliklarni davolash uchun qabul qilish dozasini ikki martaga oshirish mumkin. Preparat bilan davolash muddati 5-7 kundan kam boʻlmasligi kerak, ammo surunkali bronxit xurujida odatda faqat yiringli balgʻam ajralishi davrida qoʻlaniladi. Beta-gemolitik streptokokklar chaqirgan infeksiyalarda, asoratning oldini olish maqsadida kamida 10 kungacha davolanish tavsiya qilinadi. Kasallik belgilari yoʻqolgandan keyin ham preparatni 48 soat davomida ichish tavsiya qilinadi.

Oʻtkir soʻzakda 3 g preparatni 1 g probenetsid bilan birgalikda bir marta qabul qilinadi. Ayollarni davolaganda koʻrsatilgan dozani takrorlash tavsiya qilinadi.

Jigar faoliyatining pasayishida preparatning dozasi oʻzgartirilmaydi. Gemodializdan keyin preparatning chiqib ketgan dozasi toʻldiriladi. Buyrak faoliyati buzilgan kasallarda kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam boʻlganda, preparatning dozasi kamaytiriladi yoki qabul qilish oraligʻi uzaytiriladi. Kreatinin klirensi 15-20 ml/min boʻlganda preparatni qabul qilish oraligʻi kamida 12 soat boʻlishi kerak. Anuriya bilan ogʻrigan bemorlarga preparatning sutkalik dozasi 2 g dan oshmasligi kerak. Siydik-tanosil yoʻllari yuqumli kasalliklarida qabul qilish dozasini oʻzgartirish talab qilinmaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar: eritema, eshakemi, rinit, konʼyuktivit; ayrim hollarda isitma, boʻgʻinlarda ogʻriq, eozinofiliya; juda kam hollarda anafilaktik shok, Kvinke shishi. Ovqat hazm qilish yoʻllarini buzilish hollari: koʻngil aynishi, qusish, diareya, orqa chiqaruv teshigi qichimasi. Juda kam hollarda psevdomembranoz va gemorragik kolitlar, ayrim hollarda interstitsial nefrit rivojlanishi mumkin. Juda kam hollarda agronulotsitoz, trombotsitopeniya boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar

Penitsillinlarga, sefalosporinlarga oʻta sezuvchanlikda, ogʻir jigar yetishmovchiligida, amoksitsillinga taʼsirchan boʻlmagan mikroorganizmlar, ayniqsa psevdomonadlar va stafilokoklar chaqirgan yuqumli kasalliklarda, allergiya, bronxial astma, pichan tumovi yoki anamnezida eshakem, yuqumli mononukleoz, limfoleykoz, emizish davri va homiladorlikda qoʻllash man etiladi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Bakteriostatik antibiotiklar (tetratsiklin, xloramfenikol, makrolidlar) bilan birgalikda ichilganda oʻzaro antogonizm yuzaga keladi. Aminoglikozid va sefalosporin guruhi antibiotiklari bilan qoʻllanganda mikrobga qarshi taʼsirida sinergizm kuzatiladi. Allopurinol bilan birgalikda ichilganda terida allergik reaksiyaning qayd qilinishi oshirmaydi. Preparat steroid homiladan saqlovchi vositalarning taʼsirini kamaytiradi xamda penitsillin va sefalosporinlar bilan qarama-qarshi sensibilizatsiyaga ega. Probenitsid, fenilbutazon, oksifenbutazon, atsetilsalitsil kislota, sulfinpirazonlar preparatning plazmadagi konsentratsiyasini va uning yarim chiqishini koʻpaytiradi. Antatsidlar preparatning soʻrilishini kamaytiradi.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: meʼda-ichak yoʻli faoliyatining buzilishi: koʻngil aynishi, qusish, diareya va uning natijasida suv-elektrolit balansi buzilishi mumkin.

Davolash: meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmir va tuzli ich suruvchi vositalar buyurish, suv-elektrolit balansi buzilganda esa tuzli eritmalar bilan infuziya tavsiya qilinadi.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 0,25 g va 0,5 g dan.

Kontur uyali va kontur uyasiz oʻramlarda №10 ta tabletkadan. №10 yoki №20 tabletkadan bankalarda.

 

Saqash sharoiti 

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.