Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Амоксиклав ПОРОШОК

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Амоксиклав ПОРОШОК ДЛЯ СУСПЕНЗИИ 125мг+31.25мг/5мл 100мл №1

26 000 so'mdan
(1102)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Amoxicillin, clavulanic acid
Ishlab chiqaruvchi
LEK DD
Chiqarilish shakli
ПОР Д/СУСП
Farma. Guruh
Антибиотики
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Odatdagi sezgir turlar
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 inyeksion eritma tayyorlash uchun kukun

 

Tarkibi:

faol moddalar: amoksitsillin va klavulanat kislotasi;

Amoksiklav 1000 mg, 200 mg: har bir flakon natriyli tuzi shaklida 1000 mg amoksitsillin va kaliyli tuzi shaklida 200 mg klavulanat kislotasi saqlaydi. Nisbati 5:1 ni tashkil qiladi.

yordamchi moddalar: mavjud emas.

 

Taʼrifi: 

oqdan sargʻish rangligacha boʻlgan kukun.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

tizimli qoʻllash uchun antibakterial preparatlar; penitsillinlarni beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmuasi.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

Amoksitsillin bakteriyalarning hujayra devorini integral struktur komponenti hisoblangan peptidoglikan biosintezi jarayonida ishtirok etuvchi bir yoki undan ortiq fermentlarni (koʻpincha penitsillinni bogʻlovchi oqsillar deb nomlanuvchi) ingibitsiya qiluvchi yarim sintetik penitsillin (beta-laktam antibiotik) hisoblanadi. Peptidoglikanning sintezini ingibitsiya qilinishi hujayra devorining butunligini buzadi, bu odatda hujayrani lizisi va nobud boʻlishiga olib keladi.

Amoksitsillin unga rezistent bakteriyalar ishlab chiqaruvchi beta-laktamazalar taʼsirida parchalanadi, shuning uchun ushbu fermentlarni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan faol emas.

Klavulanat kislotasi tuzilishi jihatidan penitsillinlarga oʻxshash beta-laktam hisoblanadi. U ayrim beta-laktamazalarni susaytiradi, shu bilan amoksitsillinning faolsizlanishini oldini oladi. Klavulanat kislotasining oʻzi klinik jihatdan antibakterial samara koʻrsatmaydi.

Minimal bostiruvchi konsentratsiya (MBK) dan yuqori konsentratsiyada saqlab turish vaqti (T > MBK) amoksitsillinning asosiy determinant samaradorligi sifatida qabul qilingan.

Rezistentlikni rivojlanish mexanizmlari

Amoksitsillin/klavulanat kislotasiga nisbatan rezistentlikni rivojlanishining ikkita asosiy mexanizmi mavjud:

  • klavulanat kislotasining ingibitsiya qiluvchi taʼsiriga sezgir boʻlmagan bakterial beta-laktamazalar, shu jumladan V, S va D sinfiga mansub beta-laktamazalar tomonidan ularni faolsizlanishi;
  • antibakterial preparatlarni nishonli strukturalarga yaqinligini pasayishi natijasida penitsillinni bogʻlovchi oqsillarni oʻzgarishi.

Bakteriyalarning devori antibiotikni oʻtkazmasligi yoki bakteriyalarning hujayrasidan preparatni faol tashilishi mexanizmlari rezistentlikni bevosita sababi boʻlishi yoki ayniqsa, grammanfiy bakteriyalarda uni rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

Sezuvchanlikning chegaralari

Amoksitsillin/klavulanat kislotasining minimal bosuvchi konsentratsiyasi Yevropa qoʻmitasi tomonidan oʻrnatilgan antibiotikka sezuvchanlikni baholash (EUCAST) mezoni boʻyicha sezuvchanlik chegaralariga mos keladi.

Mikroorganizm

Sezuvchanlik chegaralari (mkg/ml)

 

Sezuvchanlik

Oraliq sezuvchanlik

Rezistentlik

Haemophilus influenzae1

≤ 1

> 1

Moraxella catarrhalis1

≤ 1

> 1

Staphylococcus aureus2

≤ 2

> 2

Koagulazo-negativ stafilokokklar2

≤ 0,25

> 0,25

Enterococcus1

≤ 4

8

> 8

Streptococcus A, B, C, Gb

≤ 0,25

> 0,25

Streptococcus pneumoniae3

≤ 0,5

1-2

> 2

Enterobakteriyalar1,4

> 8

Grammanfiy anaeroblar1

≤ 4

8

> 8

Grammusbat anaeroblar1

≤ 4

8

> 8

Bakteriyalarning turga xos boʻlmagan chegaralar1

≤ 2

8

> 8

Olingan koʻrsatmalar amoksitsillinning konsentratsiyalariga mos keladi. Sezuvchanlikni baholash maqsadida klavulanat kislotasining fiksatsiyalangan – 2 mg/l konsentratsiyasi ishlatiladi.

2  Olingan koʻrsatkichlar oksatsillinning konsentratsiyalariga mos keladi.

Jadvaldagi eng yuqori koʻrsatkichlar ampitsillinga nisbatan sezuvchanlik chegaralariga asoslangan.

Rezistentlik chegarasi, R > 8 mg/l, rezistentlik mexanizmlari boʻlgan barcha ajratib olingan shtammlarning antibiotiklarga nisbatan rezistentligini kafolatlaydi.

Jadvaldagi eng yuqori koʻrsatkichlar benzilpenitsillinga nisbatan sezuvchanlik chegaralariga asoslangan.

Mikroorganizmlarning ayrim turlari uchun rezistentlikni tarqalishi geografik va vaqt bogʻliqligi bilan xarakterlanadi, shu sababli davolashni boshlashdan oldin, ayniqsa ogʻir infeksiyalarda antibiotikka chidamlilik boʻyicha mahalliy maʼlumotlarni olish maqsadga muvofiqdir. Antibiotiklarga rezistentlik xususidagi mahalliy koʻrsatkichlari hech boʻlmaganda baʼzi turdagi infeksiyalarda preparatning foydasi shubha ostida boʻlgan hollarda yordam uchun tegishli mutaxassislarga murojaat qilish kerak.

 

Odatdagi sezgir turlar

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis, Gardnerella vaginalis, Staphylococcus aureus (metitsillinga chidamli shtammlari)£, Streptococcus agalactisae, Streptococcus pneumonia1, Streptococcus pyogenes va boshqa beta-gemolitik streptokokklar, Streptococcus viridans guruhi.

Grammanfiy aeroblar: Actinobacillus actinomycetemcomitans, Capnocytophaga spp., Eikenella corrodens, Haemophilus influenza2, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae§, Pasteurella multocida.

Anaeroblar: Bacteroides fragilis, Fusobacterium nucleatum, Prevotella spp.

Orttirilgan chidamlilik rivojlanishi mumkin boʻlgan turlar

Grammusbat aeroblar:  Enterococcus faecium$

Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumonia, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris

Tabiiy chidamliligi boʻlgan turlar

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp. Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Legionella pneumopnila, Morganella morganii, Providencia spp., Pseudomonas spp., Serratia spp., Stenotrophomas maltophilia

Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumonia, Chlamydia psittaci, Caxiella burnetti, Mycoplasma pneumoniae.

$ Orttirilgan chidamlilik mexanizmi yoʻqligida, tabiiy oraliq sezuvchanlik.

£ Metitsillinga chidamli barcha stafilokokklar amoksitsillin/klavulanat kislotasiga ham chidamlidir.

  • Beta-laktamazalarga bogʻliq boʻlmagan, amoksitsillinga chidamliligi boʻlgan barcha shtammlar amoksitsillin/klavulanat kislotasiga chidamlidir.

1 Streptococcus pneumonia ning penitsillinga chidamli shtammlari chaqirgan infeksiyalarni, preparatning ushbu dori shakli bilan davolash mumkin emas (“Qoʻllash usuli va dozalari” va “Maxsus koʻrsatmalar” ga qarang).

2 Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlarida 10% dan yuqori tezlikda uchraydigan, sezuvchanligi past shtammlari aniqlangan.

Farmakokinetikasi

Sogʻlom koʻngillilarga amoksitsillin/klavulanat kislotasini 500 mg/100 mg yoki              1000 mg/200 mg dozalarda vena ichiga bolyus ravishda yuborilganida, zardobda oʻrtacha maksimal konsentratsiyasi muvofiq ravishda amoksitsillin uchun 32,2 va 105,4 mkg/ml ni va klavulanat kislotasi uchun 10,5 va 28,5 mkg/ml ni tashkil qilgan. T1/2 koʻrsatkichlari muvofiq ravishda amoksitsillin uchun 1,07 va 0,9 soatni va klavulanat kislotasi uchun     1,12 va 0,9 soatni tashkil qilgan. AUC qiymati muvofiq ravishda amoksitsillin uchun 25,5 va 76,3 soat mg/l va klavulanat kislotasi uchun 9,2 va 27,9 soat mg/l ni tashkil qilgan. Siydik bilan chiqarilishi esa (%, 0 soatdan 6 soatgacha) muvofiq ravishda amoksitsillin uchun 66,5 va 77,4 ni va klavulanat kislotasi uchun 46,0 va 63,8 ni tashkil qilgan.

Qon plazmasidagi klavulanat kislotasining umumiy miqdorini taxminan 25% va amoksitsillinning umumiy miqdorini taxminan 18% oqsillar bilan bogʻlangan holda boʻladi. Taxminiy taqsimlanish hajmi amoksitsillin uchun taxminan 0,3-0,4 l/kg va klavulanat kislotasi uchun taxminan 0,2 l/kg ni tashkil qiladi.

Vena ichiga yuborilganidan soʻng amoksitsillin va klavulanat kislotasi qovuq, qorin devori toʻqimalari, teri, yogʻ toʻqimasi, mushak toʻqimalari, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro va yiringda aniqlanadi. Amoksitsillin orqa miya suyuqligiga yetarli darajada kirmaydi.

Klinik oldi tadqiqotlarida har ikkala faol moddalarning hosilalarini ahamiyatli darajada tutilishi xususida hech qanday dalillar olinmagan. Amoksitsillin koʻpchilik penitsillinlar kabi koʻkrak sutiga oʻtadi. Klavulanat kislotasining juda oz miqdori ham koʻkrak sutida aniqlanadi (“Homiladorlik va emizish” boʻlimiga qarang).

Amoksitsillin dastlabki dozasining maksimum 10-25% ga ekvivalent boʻlgan hajmlarda nofaol penitsil kislotasi shaklida siydik bilan qisman chiqariladi. Klavulanat kislotasi odam organizmida jadal metabolizmga uchraydi, siydik va axlat bilan, shuningdek nafas bilan karbonat angidridi holida chiqariladi.

Amoksitsillin/klavulanat kislotasining majmuasi sogʻlom koʻngillilarda oʻrtacha yarim chiqarilish davri taxminan bir soat va oʻrtacha umumiy klirensi taxminan 25 l/soat bilan ifodalanadi. Preparat 500/100 mg yoki 1000/200 mg dozalarda vena ichiga bolyus holda bir marta yuborilganidan soʻng amoksitsillinning taxminan 60-70% va klavulan kislotasining taxminan 40-65% birinchi 6 soat davomida siydik bilan oʻzgarmagan holda chiqariladi. Turli tadqiqot natijalariga muvofiq 24 soatlik davr davomida siydik bilan chiqarilish darajasi amoksitsillin uchun 50-85% va klavulanat kislotasi uchun       27-60% ni tashkil qiladi. Klavulanat kislotasining maksimal hajmi preparat yuborilganidan keyin birinchi 2 soat davomida chiqariladi.

Yosh

3 oylikdan 2 yoshgacha boʻlgan bolalar, kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda amoksitsillinning yarim chiqarilish davri bir xil. Juda kichik yoshdagi bolalarga (shu jumladan, chala tugʻilgan chaqaloqlarga) hayotining birinchi haftasida buyraklar orqali chiqarish yoʻli yetilmaganligi sababli preparatni kuniga ikki martadan ortiq yuborish mumkin emas. Keksa yoshdagi shaxslarda buyraklar funksiyasini pasayish ehtimoli oshganligi sababli, preparatning dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak, shuningdek buyraklar funksiyasini monitoring qilish talab qilinishi mumkin.

Buyraklar funksiyasini buzilishi

Amoksitsillin/klavulanat kislotasining plazmadan umumiy klirensi buyraklar funksiyasini pasayishiga proporsional ravishda pasayadi. Klirensini pasayishi klavulanat kislotasiga nisbatan amoksitsillinda yaqqolroq kechadi, chunki amoksitsillinning koʻproq qismi buyraklar orqali chiqariladi. Shunday qilib, buyrak yetishmovchiligida ishlatiladigan dozalari klavulanat kislotasini adekvat darajada tutib turishda amoksitsillinni haddan tashqari koʻp toʻplanishiga toʻsqinlik qilishi kerak (“Qoʻllash usuli va dozalari” ga qarang).

Jigar yetishmovchiligi

Jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi va jigar funksiyasini muntazam monitoring talab etiladi.

 

Qoʻllanilishi

Amoksiklav kattalar va bolalarda quyidagi infeksiyalarni davolash uchun qoʻllanadi:

  • ogʻir otolaringologik infeksiyalar (masalan, mastoidit, peritonzillyar abssess, epiglottit, kasallikning tizimli koʻrinishlarini ogʻir belgilari boʻlgan sinusit);
  • surunkali bronxitni zoʻrayishi (muvofiq ravishda tashhis qoʻyilganida);
  • kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
  • sistit;
  • piyelonefrit;
  • teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari, xususan teri osti yogʻ kletchatkasini yalligʻlanishi, hayvonlar tishlashi oqibatidagi jarohatlar, tishlarning tarqalgan flegmonali ogʻir abssesslari;
  • suyak va boʻgʻimlarning infeksiyalari, xususan osteomiyelit;
  • intraabdominal infeksiyalar;
  • ayollarda jinsiy aʼzolar infeksiyalari.

Katta yoshdagi shaxslarda yirik jarrohlik aralashuvlari, shu jumladan quyidagi sohalarda oʻtkazilgan operatsiyalar bilan bogʻliq infeksiyalarni oldini olish:

  • meʼda-ichak yoʻllari;
  • chanoq boʻshligʻi;
  • bosh va boʻyin;
  • oʻt chiqarish yoʻllari.

Antibakterial preparatlarni muvofiq ravishda qoʻllash boʻyicha rasmiy qoʻllanmalarni hisobga olish kerak.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Agar dozasi alohida komponentining miqdoriga mos kelishi koʻrsatilmagan boʻlsa, dozalar amoksitsillin/klavulanat kislotasining miqdorini koʻrsatadi.

Alohida infeksiyalarni davolash uchun Amoksiklavning dozasini tanlash quyidagi omillarga asoslanishi kerak:

  • taxmin qilingan qoʻzgʻatuvchilar va ularni antibakterial preparatlarga sezuvchanligi;
  • infeksiyaning ogʻirligi va joylashishi;
  • yoshi, tana vazni va buyraklar funksiyasi, keyinroq koʻrsatilgan.

Amoksiklavning boshqa dori shakllarini (masalan, amoksitsillinning yuqoriroq dozalari va/yoki amoksitsillin/klavulanat kislotasining boshqacha nisbati) qoʻllash mumkinligi zaruratga qarab koʻrib chiqiladi.

Amoksiklavni ushbu dori shakli quyida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq qoʻllanganida amoksitsillinning umumiy sutkalik dozasi 3000 mg va klavulanat kislotasiniki 600 mg boʻlishini taʼminlaydi. Amoksitsillinning yuqori sutkalik dozalarini qoʻllash zarurati boʻlganida, klavulanat kislotasining koʻzda tutilmagan yuqori sutkalik dozalarini yuborishni oldini olish maqsadida, amoksitsillin/klavulanat kislotasining vena ichiga yuboriladigan boshqa dori shaklini tanlash tavsiya qilinadi.

Davolash davomiyligi patsiyentning davolashga javob reaksiyasiga qarab aniqlanadi. Ayrim infeksiyalar (masalan, osteomiyelit) uzoqroq davolashni talab etadi. Davolash davomiyligi oʻzgartirishsiz 14 kundan oshmasligi kerak (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimidagi davolash davomiyligi haqidagi maʼlumotga qarang).

Amoksitsillin/klavulanat kislotasini yuborish tez-tezligi boʻyicha mahalliy qoʻllanmalarni hisobga olish kerak.

Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bolalar

“Qoʻllanilishi” boʻlimida keltirilgan infeksiyalarni davolash: 1000 mg/200 mg dan har 8 soatda yuboriladi.

Intraoperatsion profilaktika

Davomiyligi 1 soatdan kam boʻlgan jarrohlik aralashuvlarida narkozga kirish vaqtida tavsiya qilingan 1000 mg/200 mg dan 2000 mg/200 mg gacha dozalarda yuboriladi (vena ichiga yuboriladigan boshqa dori shakllari hisobiga 2000 mg/200 mg dozaga erishish mumkin). Davomiyligi 1 soatdan ortiq boʻlgan jarrohlik aralashuvlarida narkozga kirish vaqtida tavsiya qilingan 1000 mg/200 mg dan 2000 mg/200 mg gacha dozalarda, 24 soat davomida 1000 mg/200 mg dozada maksimum uch marta yuboriladi. Operatsiya vaqtida infeksiyaning aniq klinik belgilarini aniqlash operatsiyadan keyingi davrda antibiotiklarni vena ichiga yuborish yoki ogʻiz orqali qabul qilishni odatdagi kursini oʻtkazish zarurati bilan ifodalanadi.

Tana vazni < 40 kg boʻlgan bolalar

Tavsiya qilingan dozalari:

  • 3 oylik va undan katta bolalar: tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 8 soatda yuboriladi.
  • 3 oylikkacha yoki tana vazni 4 kg dan kam boʻlgan bolalar: tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 12 soatda yuboriladi.

Keksa yoshdagi patsiyentlar

Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi

Dozaga tuzatish kiritish amoksitsillinni tavsiya qilingan maksimal darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Kreatinin klirensi koʻrsatkichlari minutiga 30 ml dan yuqori boʻlgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg boʻlgan bolalar

KK: minutiga 10-30 ml

Boshlangʻich doza 1000 mg/200 mg, soʻngra 500 mg/100 mg dan kuniga ikki marta yuboriladi.

KK: <10 ml/min

Boshlangʻich doza 1000 mg/200 mg, soʻngra 500 mg/100 mg dan har 24 soatda yuboriladi.

Gemodializ

Boshlangʻich doza 1000 mg/200 mg, soʻngra 500 mg/100 mg dan har 24 soatda, dializni yakunida qoʻshimcha 500 mg/100 mg doza (zardobda amoksitsillin va klavulanat kislotasining konsentratsiyasi pasayganligi sababli) yuboriladi.

Tana vazni < 40 kg boʻlgan bolalar

KK: minutiga 10-30 ml

Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 12 soatda yuboriladi.

KK: <10 ml/min

Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 24 soatda yuboriladi.

Gemodializ

Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 24 soatda, dializni yakunida tana vazniga qoʻshimcha 12,5 mg/2,5 mg doza (zardobda amoksitsillin va klavulan kislotasining konsentratsiyasi pasayganligi sababli) yuboriladi.

 

Jigar yetishmovchiligi

Davolash ehtiyotkorlik bilan olib boriladi. Jigar funksiyasini muntazam ravishda monitoring qilish shart (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” va “Maxsus koʻrsatmalar”ga qarang).

Qoʻllash usuli

Vena ichiga yuborish uchun moʻljallangan.

Preparat venaga toʻgʻridan-toʻgʻri 3-4 minut davomida vena ichiga sekin inyeksiya koʻrinishida yoki tomchilagich orqali 30-40 minut davomida infuziya koʻrinishida yuboriladi.

Amoksiklav mushak ichiga yuborish uchun moʻljallanmagan.

3 oylikdan kichik boʻlgan bolalarga Amoksiklavni faqat infuziya holida yuborish mumkin. Amoksiklav bilan davolashni vena ichiga yuboriladigan dori shakli bilan boshlash mumkin, agar konkret bir patsiyent uchun maqsadga muvofiq deb hisoblansa, peroral dori shakli bilan tugatish mumkin.

Vena ichiga inyeksiya uchun

Amoksiklav 1000 mg/200 mg: flakonning ichidagisi inyeksiya uchun 20 ml hajmdagi suv bilan suyultiriladi.

Suyultirilgan eritma och-sariq rangda boʻladi.

Vena ichiga yuboriladigan inyeksiyalar suyultirilgandan soʻng 20 minut davomida sekin yuboriladi. Vena ichiga yuborish uchun faqat tiniq eritma yaroqlidir.

Vena ichiga infuziya uchun

Amoksiklavni 1000 mg/200 mg suyultirilgan eritmasi (20 ml inyeksiya uchun suvda) 100 ml infuzion eritmaga qoʻshiladi.

Suyultirilgan eritma och-sariq rangda boʻladi.

Tayyorlangan eritmani kimyoviy va fizikaviy turgʻunligi 25S haroratda 3-4 soat, 5S haroratda 8 soat davomida saqlanadi. Mikrobiologik nuqtai nazaridan vena ichiga infuziya uchun tayyorlangan eritmani darhol qoʻllash kerak. Infuziyani davomiyligi taxminan 30-40 minutni tashkil etadi.

Nomutanosibligi

Dori vositasini qon va uning hosilalari, oqsil gidrolizatlari yoki vena ichiga yuboriladigan lipid emulsiyalariga oʻxshash boshqa oqsil suyuqliklari bilan aralashtirish mumkin emas. Agar Amoksiklav aminoglikozidlar bilan birga buyurilsa, antibiotiklarni bitta shprisda, tomchilagichda yoki turli xil boshqa infuzion sistemalarda aralashtirish mumkin emas, chunki bu sharoitda aminoglikozidlarning faolligi yoʻqolishi roʻy berishi mumkin.

Amoksiklavni barqarorligi glyukoza, dekstran yoki bikarbonatlarni saqlaydigan infuzion eritmalarda kamroq.

Boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin.

Amoksitsillinni aminoglikozidlarga nisbatan faolsizlantiruvchi taʼsiri sababli, ularni in vitro sharoitida aralashtirishdan saqlanish kerak.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Nojoʻya samaralarni rivojlanish tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi mezonlardan foydalanilgan:

Juda tez-tez                (≥1/10),

Tez-tez                          (≥1/100 dan <1/10 gacha),

Tez-tez emas                 (≥1/1000 dan <1/100 gacha),

Kam hollarda               (≥1/10000 dan <1/1000 gacha),

Juda kam hollarda      (<1/10000),

Tez-tezligi nomaʼlum (maʼlum boʻlgan maʼlumotlar boʻyicha baholash mumkin emas).

Eng koʻp kuzatiladigan nojoʻya reaksiyalarga diareya, koʻngil aynishi va qusish kiradi.

Infeksion va parazitar kasalliklar

Tez-tez: teri va shilliq qavatlar kandidozi;

Tez-tezligi nomaʼlum: sezgir boʻlmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari koʻpayishi;

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan neytropeniya), trombotsitopeniya;

Tez-tezligi nomaʼlum: qaytuvchan agranulotsitoz, gemolitik anemiya, qon ketish vaqti va protrombin vaqtini uzayishi;

Immun tizim tomonidan buzilishlar:

Tez-tezligi nomaʼlum: angionevrotik shish, anafilaksiya, zardob kasalligiga oʻxshash sindrom, oʻta yuqori sezuvchanlik vaskuliti;

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi;

Tez-tezligi nomaʼlum: tirishishlar;

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: diareya;

Tez-tez emas: koʻngil aynishi, qusish, ovqatni hazm boʻlmasligi;

Tez-tezligi nomaʼlum: antibiotiklarni qoʻllanishi oqibatidagi qoʻzgʻatgan kolit (shu jumladan, soxtamembranoz kolit va gemorragik kolit, “Maxsus koʻrsatmalar”ga qarang);

Jigar va oʻt chiqarish yoʻllari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: AST va ALT darajalarini oshishi (oʻrtacha oshishi beta-laktam antibiotiklarini qabul qilgan patsiyentlarda kuzatilgan, biroq bu kuzatishlarni qiymati nomaʼlum);

Tez-tezligi nomaʼlum: gepatit, xolestatik sariqlik (bu nojoʻya koʻrinishlar boshqa penitsillinlar va sefalosporinlarni qoʻllash fonida kuzatilgan, “Maxsus koʻrsatmalar”ga qarang);

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar

Terida har qanday oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanganida davolashni toʻxtatish kerak (“Maxsus koʻrsatmalar va ehtiyotkorlik choralari”ga qarang);

Tez-tez emas: teri toshmalari, qichishishi, eshakemi;

Kam hollarda: koʻp shaklli eritema;

Tez-tezligi nomaʼlum: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullyoz eksfoliativ dermatit, oʻtkir tarqoq ekzantematoz pustulez (OʻTEP) (“Maxsus koʻrsatmalar”ga qarang);

Buyraklar va siydik chiqarish yoʻllari tomonidan buzilishlar:

Tez-tezligi nomaʼlum: interstitsial nefrit, kristalluriya.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Preparatni faol moddalariga yoki har qanday penitsillinlarga oʻta yuqori sezuvchanlik.
  • Boshqa beta-laktam preparatlariga (masalan, sefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlarga) zudlik bilan kechuvchi (masalan, anafilaksiya) oʻta yuqori sezuvchanlik ogʻir reaksiyalari.
  • Sariqlik yoki anamnezida amoksitsillin/klavulanat kislotasini qoʻllash fonidagi jigarni boshqa shikastlanishida qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Peroral antikoagulyantlar

Amoksitsillin bilan davolash kursi fonida atsenokumarol yoki varfarin bilan tutib turuvchi davolanayotgan patsiyentlarda xalqaro normallashtirilgan nisbatni oshish hollari taʼriflangan. Bir vaqtda buyurish zarurati tugʻilganda davolashni boshlash vaqtida va amoksitsillin bekor qilinganida protrombin vaqti yoki xalqaro normallashtirilgan nisbatni sinchiklab monitoring qilish kerak. Bundan tashqari, peroral antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.

Metotreksat

Penitsillinlar metotreksatni ajralishini pasaytirishi mumkin, bu zaharlanishni kuchayishi bilan kechadi.

Probenetsid

Probenetsidni bir vaqtda qoʻllash tavsiya etilmaydi. Probenetsid buyrak kanalchalarida amoksitsillinni sekretsiyasini pasaytiradi. Probenetsidni Amoksiklav bilan bir vaqtda qoʻllash qonda amoksitsillinning darajasini (ammo klavulanat kislotasini emas) va ularni uzoq vaqt ushlanib qolishiga olib kelishi mumkin.

Mikofenolat mofetili

Mikofenolat mofetili qabul qiluvchi patsiyentlarda amoksitsillin va klavulanat kislotasi preparatini peroral qoʻllash boshlangandan soʻng metofenil kislotalarini (MFK) faol metabolitlarini konsentratsiyasi taxminan 50% ga pasaygani mikofenolat mofetilini keyingi dozalarini qabul qilishdan oldin kuzatilgan. Bunday MFK konsentratsiyalarini navbatdagi dozalarni qabul qilishdan oldin oʻzgarishi MFK ning umumiy ekspozitsiyasini oʻzgarishi haqida guvohlik bermaydi. Shu bilan bir qatorda, transplantat disfunksiyasini klinik belgilari boʻlmaganda odatda mikofenolat mofetilni dozasini oʻzgatirishga zarurat yoʻq. Shunga qaramay, mana shunday majmuaviy davolash vaqtida va antibiotik bilan davolash tugagandan biroz vaqt oʻtgandan keyin sinchkov tibbiy kuzatuv olib borish kerak.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Amoksitsillin/klavulanat kislotasi bilan davolashni boshlashdan oldin penitsillinlar, sefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam preparatlariga oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini borligi yuzasidan anamnezni sinchkovlik bilan yigʻish kerak (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” va “Nojoʻya taʼsirlari” ga qarang).

Penitsillinlar bilan davolash fonida jiddiy va davriy oʻlimga olib keluvchi oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaktoid reaksiyalar) kuzatilgan. Ular koʻproq anamnezida atopiyasi va penitsillinlarga oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari boʻlgan patsiyentlarda rivojlanadi. Allergik reaksiyalar rivojlanganida Amoksiklav bilan davolashni toʻxtatish va boshqa muvofiq keluvchi antibakterial preparatlarni buyurish kerak.

Amoksitsillinga infeksiya qoʻzgʻatuvchilarni sezuvchanligi isbotlangan hollarda rasmiy qoʻllanmalarga muvofiq Amoksiklavdan amoksitsillinga oʻtish variantini koʻrib chiqish kerak.

Agar taxmin qilinayotgan qoʻzgʻatuvchilar klavulanat kislotasining ingibitsiya qiluvchi taʼsiriga sezgir, beta-laktamazalar bilan bogʻliq boʻlmagan, beta-laktam preparatlarga rezistentlik xavfi yuqori boʻlsa, preparatning ushbu dori shakli qoʻllash uchun yaroqsizdir.

T>MBK uchun aniq maʼlumotlarni yoʻqligi, shuningdek solishtirib boʻladigan dori shakllari uchun maʼlumotlarni cheklanganligi sababli, ushbu dori shakli (amoksitsillinni qoʻshimcha yubormasdan) penitsillinga chidamli S.pneumoniae chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun yaroqli emas.

Buyraklar funksiyasi buzilishi boʻlgan yoki preparatning yuqori dozalari bilan davolanayotgan patsiyentlarda tirishishlar rivojlanishi mumkin.

Infeksion mononukleozga gumon qilingan hollarda, Amoksiklav bilan davolashga yoʻl qoʻymaslik kerak, chunki koʻrsatilgan kasallik fonida amoksitsillin qoʻllangandan soʻng qizamiqqa oʻxshash toshmalarni paydo boʻlishi kuzatilgan.

Amoksitsillin bilan davolash vaqtida allopurinolni yondosh qoʻllanilishi terida allergik reaksiyalarni rivojlanish ehtimolini potensial oshiradi.

Preparatni davomli qoʻllash sezgir boʻlmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari koʻpayishiga olib kelishi mumkin.

Davolashni boshida isitmali va pustulalar hosil boʻladigan tarqoq eritemani rivojlanishi oʻtkir tarqoq ekzantematoz pustulyozning (OʻTEP) potensial simptomi hisoblanadi (“Nojoʻya taʼsirlari”ga qarang). Bunday reaksiya Amoksiklav bilan davolashni toʻxtatishni talab qiladi va keyinchalik amoksitsillinni yuborishga qarshi koʻrsatma hisoblanadi.

Jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda preparat bilan davolash ehtiyotkorlik bilan oʻtkazilishi kerak.

Jigar tomonidan kuzatiladigan nojoʻya koʻrinishlar asosan erkaklar va keksa yoshdagi patsiyentlarda kuzatilgan va uzoq muddatli davolash bilan potensial bogʻliq boʻlgan. Bu noxush koʻrinishlar juda kam hollarda bolalarda kuzatilgan. Barcha guruh patsiyentlarda belgilar va simptomlar odatda davolash vaqtida yoki davolashdan soʻng qisqa muddatda kuzatiladi, biroq ayrim hollarda ular davolash toʻxtatilganidan soʻng bir necha hafta davomida namoyon boʻladi. Odatda ular qaytuvchan xarakterga ega. Jigar tomonidan ogʻir noxush koʻrinishlar rivojlanishi mumkin, juda kam hollarda oʻlim hollari kuzatilgan. Ular deyarli hamisha jiddiy asosiy kasalliklari boʻlgan yoki jigarni shikastlash qobiliyatiga ega yondosh dori preparatlarni qabul qilgan patsiyentlar orasida kuzatilgan (“Nojoʻya taʼsirlari”ga qarang).

Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan amoksitsillin bilan davolash fonida kuzatiladigan antibiotikni qoʻllanishi bilan bogʻliq kolit hollarida ogʻirligi boʻyicha yengildan hayotga xavf soluvchi darajagacha boʻlishi mumkin (“Nojoʻya taʼsirlari”ga qarang). Bu tashhisni diareya boʻlgan patsiyentlarda antibiotiklar bilan davolash vaqtida yoki har qanday davolash kursi tugaganidan soʻng taxmin qilish muhimdir. Antibiotiklarni qoʻllanishi bilan bogʻliq kolit rivojlanganda Amoksiklav bilan davolash darhol toʻxtatiladi; shifokorga murojaat qilinadi va tegishli davolash oʻtkaziladi. Ushbu vaziyatlarda ichak peristaltikasini susaytiruvchi vositalarni qabul qilish mumkin emas.

Uzoq muddat davolash vaqtida turli aʼzolar tizimini, shu jumladan, buyraklar, jigar va qon yaratish aʼzolari funksiyasini vaqti-vaqti bilan baholash tavsiya qilinadi.

Preparatni qabul qilish fonida kam hollarda protrombin vaqtini uzayishi kuzatilgan. Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda albatta qon ivishini nazorat qilish zarur. Antikoagulyatsiyani kutilgan darajasiga erishish uchun peroral antikoagulyantlarning dozalarini tuzatish talab qilinishi mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda, yetishmovchilik darajasiga qarab preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak (“Qoʻllash usuli va dozalari”ga qarang).

Diurezi pasaygan patsiyentlarda kam hollarda, asosan parenteral davolash fonida kristalluriya kuzatilgan. Amoksitsillinning yuqori dozalari bilan davolash vaqtida amoksitsillinni qoʻllanishi bilan bogʻliq kristalluriyani rivojlanish ehtimolini pasaytirish maqsadida yetarli miqdorda suyuqlik ichish tavsiya qilingan. Qovugʻiga kateter oʻrnatilgan patsiyentlarda uning oʻtkazuvchanligini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.

Amoksitsillin bilan davolash vaqtida siydikdagi gulyukoza darajasini baholash fermentativ usullar yordamida glyukozooksidaza bilan oʻtkaziladi, chunki nofermentativ usullar baʼzan yolgʻon musbat natijalarni berishi mumkin.

Amoksiklav tarkibida klavulanat kislotasini boʻlishi IgG va albuminni eritrotsitlarning membranalari bilan nospetsifik bogʻlanishini chaqirishi mumkin, bu Kumbs sinamasining yolgʻon musbat natijalariga sabab boʻlishi mumkin.

Preparatni qabul qiluvchi patsiyentlarda Aspergillus ga oʻtkazilgan immunoferment tahlilida (IFA) musbat natijalari hollari ham kuzatilgan, keyinchalik Aspergillus  infeksiyasi chaqirmaganligi aniqlangan. Aspergillus ga IFA testi doirasida noaspergilyoz polisaxaridlar va polifuranozalar bilan kesishgan reaksiyalar kuzatilgan. Amoksiklav qabul qilayotgan patsiyentlarda tahlillarni musbat natijalarini ehtiyotkorlik bilan tahlil qilish va boshqa diagnostika usullari bilan tasdiqlanishi kerak.

Amoksiklav 1000 mg/200 mg inyeksion eritma tayyorlash uchun kukun 1 mmol (39 mg) kaliy saqlaydi. Buni buyraklar funksiyasi susaygan patsiyentlarda yoki kaliyning miqdorini nazorat qilinuvchi parhezga rioya qiladigan patsiyentlarda inobatga olish kerak.

Amoksiklav 1000 mg/200 mg inyeksion eritma tayyorlash uchun kukun taxminan 2,7 mmol (63 mg) natriy saqlaydi. Buni natriyning miqdori nazorat qilinuvchi parhezga rioya qiladigan patsiyentlarda inobatga olish kerak.

Homiladorlik va emizish

Preparatni qoʻllash boʻyicha cheklangan maʼlumotlar homiladorlik davrida tugʻma nuqsonlarni rivojlanish xavfi oshishini koʻrsatmaydi.

Homila pardalarini muddatidan oldin yorilishi kuzatilgan ayollarda amoksitsillin/klavulanat kislotasi bilan profilaktik davolash yangi tugʻilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitning yuqori xavfi bilan potensial bogʻliqligi aniqlangan. Shifokor homiladorlik davrida davolash zarur deb hisoblamasa, preparatni qoʻllashdan saqlanish kerak.

Har ikkala faol moddasi koʻkrak suti bilan ajraladi (emizikli bolalarga klavulanat kislotasining taʼsiri boʻyicha maʼlumotlar yoʻq). Emizikli bolalarda diareya va shilliq qavatlarni zamburugʻli infeksiyalari rivojlanishi mumkin, bu emizishni toʻxtatishni talab qilishi mumkin. Emizish davrida shifokor tomonidan foyda va xavf nisbati baholangandan soʻng preparat bilan davolash mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Transport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri boʻyicha tekshirishlar oʻtkazilmagan. Biroq transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga potensial taʼsir etuvchi nojoʻya samaralar (masalan, allergik reaksiyalar, bosh aylanishi, tirishishlar) rivojlanishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar, shuningdek suv-elektrolit muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin. Baʼzan buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi, amoksitsillin qoʻllanishi bilan bogʻliq kristalluriya kuzatilgan.

Buyraklar funksiyasi buzilishi boʻlgan yoki yuqori dozalarda davolangan patsiyentlarda tirishishlar kuzatilishi mumkin.

Amoksitsillinni asosan vena ichiga yuqori dozalarda yuborilganidan soʻng siydik kateterlarida choʻkmalari hosil boʻladi. Kateterlarning oʻtkazuvchanligini muntazam nazorat qilish kerak.

Meʼda-ichak yoʻllarini tomonidan buzilishlar simptomatik davolaniladi, bunda asosiy eʼtiborni suv-elektrolit muvozanatini tiklashga qaratish kerak.

Amoksitsillin va klavulanat kislotasi organizmdan gemodializ yoʻli bilan chiqarilishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

Amoksiklav 1000 mg/200 mg inyeksion eritma tayyorlash uchun kukun, kauchuk tiqinlar bilan berkitilgan, itarib ochiladigan plastik qaytarma qopqoqli alyumin qalpoqchalar bilan siqilgan flakonlarga qadoqlangan, 5 donadan qutiga joylangan.

 

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Suyultirilgan eritmalarni muzlatish mumkin emas.

Suyultirilgan eritmalarni barqarorligi (turli infuzion muhitlarda):

Vena ichiga yuboriladigan infuzion muhitlar

25oS dagi barqarorligi

5oS dagi barqarorligi

Inyeksiya uchun suv

4 soat

8 soat

Vena ichiga infuziya qilish uchun 0,9% li natriy xloridi

4 soat

8 soat

Vena ichiga infuziya qilish uchun Ringer laktat eritmasi

3 soat

 

Kaliy xloridi (1 M) yoki natriy xloridi   (1 M) eritmasi

3 soat

 

Amoksiklav eritmasini 5oS da saqlash uchun oldindan sovutilgan infuzion qopchalarga inyeksion suv yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasi bilan joylanadi, shundan soʻng 5oS da 8 soatgacha saqlash mumkin. Eritma xona haroratiga yetganidan soʻng darhol infuziya qilinadi.

Vena ichiga yuborish uchun inyeksion Amoksiklav eritmalarini barqarorligi konsentratsiyaga bogʻliq. Yuqori konsentrlangan eritmalar ishlatilganda, barqarorlik davri mos hollatda aniqlanishi kerak.

Glyukoza, dekstran yoki bikarbonatlarni saqlovchi eritmalarda Amoksiklavni vena ichiga yuborish uchun inyeksiyasini barqarorligi kamroq.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.