Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АМЛОДИПИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АМЛОДИПИН ТАБЛЕТКА 5МГ №30

12 500 so'mdan
(3964)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
AMLODIPINE
Ishlab chiqaruvchi
ВЕРОФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli: 
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti.
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Chiqarilish shakli: 

Tabletkalar 5 va 10 mg dan, oq yoki deyarli oq rangligacha boʻlgan, dumaloq tabletkalar.

 

Tarkibi:

faol modda: 5 mg va 10 mg amlodipinga ekvivalent boʻlgan amlodipin bezilati.

yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Antigipertenziv vosita (kalsiy kanallarining blokatori).

 

Farmakologik xususiyatlari

“Sekin” kalsiy kanallari blokatorlarining II avlodi, digidropiridin hosilasi. Antigipertenziv va antianginal taʼsir koʻrsatadi. Kalsiy kanallarini bloklaydi, kalsiyni xujayraga membranalar orqali oʻtishini kamaytiradi.

Gipotenziv taʼsiri qon tomirlarining silliq mushaklariga toʻgʻridan-toʻgʻri boʻshashtiruvchi taʼsiri bilan bogʻliq. Arterial gipertenziyada bir martalik dozasi arterial bosimning (AB) 24 soat davomida klinik ahamiyatli pasayishini taʼminlaydi (bemorni “yotgan” va “tik turgan” holatlarida). Arterial bosimning (keskin pasayishini, jismoniy yuklamaga tolerantlikni, chap qorinchani chiqarib tashlash fraksiyasini pasayishini chaqirmaydi. Chap qorincha miokardining gipertrofiyasi darajasini kamaytiradi va yurak ishemik kasalligida (YUIK) antiaterosklerosklerotik va kardioprotektor taʼsir koʻrsatadi. Miokardning qisqaruvchanligi va oʻtkazuvchanligiga taʼsir koʻrsatmaydi, yurak qisqarishlari tez-tezligini (YUQT) reflektor oshishini chaqirmaydi, trombotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi, kalava filtratsiyasi tezligini oshiradi, kuchsiz natriyuretik taʼsirga ega.

Preparatning antianginal samarasi periferik arteriolalarni kengaytirish xususiyati bilan bogʻliq; bu umumiy periferik tomirlar qarshiligini pasayishiga olib keladi, bunda reflektor taxikardiya paydo boʻlmaydi.

Preparatning taʼsiri ostida miokardning kislorodga boʻlgan ehtiyoji va yurak mushagi tomonidan energiya sarf etilishini  pasayishi yuz beradi.

Modda almashinuvi va qon plazmasidagi lipidlar darajasiga nojoʻya taʼsir koʻrsatmaydi; antiaterosklerotik, antitrombotik faollikka ega.

Diabetik nefropatiyada mikroalbuminuriyani oshirmaydi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan soʻng, ovqat qabul qilishdan qatʼiy nazar, meʼda-ichak yoʻllaridan sekin soʻriladi (90%); qondagi maksimal konsentratsiyasi 6-12 soatdan soʻng aniqlanadi. Preparatning qon plazmasidagi barqaror muvozanatli konsentratsiyasiga 7-8 kun uzluksiz qabul qilinganidan keyin erishiladi. Taqsimlanish hajmi – taxminan 20 l/kg, biokiraolishligi 60-65% ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi – 95-98% dan ortiq. Preparatning yarim chiqarilish davri 35-40 soat, bu uni sutkada 1 marta buyurish imkonini beradi. Nofaol metabolitlarini hosil boʻlishi bilan asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Qabul qilingan dozaning 10% dan kamrogʻi oʻzgarmagan holda, taxminan 60% nofaol metabolitlari koʻrinishida buyraklar orqali chiqariladi, 20-25% metabolitlari koʻrinishida oʻt-safro bilan va ichak orqali, shuningdek koʻkrak suti bilan chiqariladi. Gematoensefalik toʻsiq orqali oʻtadi. Arterial gipertoniyasi boʻlgan bemorlarda yarim chiqarilish davri taxminan 48 soatni tashkil qiladi, keksa patsiyentlarda 65 soatgacha oshadi, jigar yetishmovchiligida – 60 soatgacha, buyraklar faoliyati buzilganda – oʻzgarmaydi. Gemodializda chiqarilmaydi.

 

Qoʻllanilishi

Arterial gipertenziya, zoʻriqish stenokardiyasi, vazospastik stenokardiya, ogʻriqsiz miokard ishemiyasi, dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligida (yordamchi davo sifatida) qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga, boshlangʻich doza – sutkada 5 mg bir marta qabul qilinib, keyinchalik bilan 7-14 kun davomida asta sekin sutkada bir marta 10 mg gacha oshiriladi; arterial gipertenziyada tutib turuvchi doza – sutkada 2,5-5 mg. Zoʻriqish stenokardiyasi va vazospastik stenokardiyada – sutkada 5-10 mgdan bir marta; stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun- sutkada 10 mg. Ozgʻin patsiyentlarga, boʻyi baland boʻlmagan patsiyentlarga, keksa bemorlarga, jigar faoliyati buzilgan bemorlarga gipotenziv dori vositasi sifatida boshlangʻich 2,5 mg dozada, antianginal dori vositasi sifatida- 5 mg buyuriladi. Surunkali yurak yetishmovchiligida boshlangʻich doza – sutkada 2,5 mg dan 1 marta buyuriladi, yaxshi oʻzlashtirilganida dozani asta-sekin sutkada 1 marta 10 mg gacha oshiriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Yurak-tomir tizimi tomonidan: yurak urishi, hansirash, arterial bosimni yaqqol pasayishi, hushdan ketish, vaskulit, shishlar (toʻpiq va oyoqlarni shishi), yuzga “qon quyilishlari”, kam hollarda – ritmni buzilishi (bradikardiya, yurak qorinchasi taxikardiyasi, boʻlmachalarni lipillashi), koʻkrak qafasida ogʻriq, ortostatik gipotenziya; juda kam hollarda – yurak yetishmovchiligini rivojlanishi va chuqurlashishi, ekstrasistoliya.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, toliqish, uyquchanlik, kayfiyatni buzilishi, tirishishlar; kam – hollarda hushni yoʻqotish, giperesteziya, asabiylik, paresteziyalar, tremor, vertigo, asteniya, lohaslik, uyqusizlik, depressiya, gʻayri – tabiiy tushlar koʻrish, juda kam hollarda – ataksiya, apatiya, ajitatsiya, amneziya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, epigastriyada ogʻriqlar, kam hollarda – “jigar” transaminazalari darajasini oshishi va sariqlik (xolestaz bilan bogʻliq), pankreatit, ogʻizni qurishi, meteorizm, milklarni giperplaziyasi, qabziyat yoki diareya, juda kam hollarda – gastrit, ishtahani oshishi.

Siydik jinsiy tanosil tomonidan: kam hollarda – pollakiuriya, siyishga ogʻriqli qistovlar, nikturiya, jinsiy faoliyatni buzilishi (shu jumladan potensiyani pasayishi); juda kam hollarda – dizuriya, poliuriya.

Teri qoplamalari tomonidan: juda kam hollarda – kserodermiya, alopetsiya, dermatit, purpura, teri rangini oʻzgarishi.

Allergik reaksiyalar: terini qichishishi, toshma (shu jumladan eritematoz, makulapapulez toshma, eshakemi), angionevrotik shish.

Tayanch – harakat apparati tomonidan: kam hollarda – artralgiya, artroz, mialgiya (uzoq qoʻllanganida); juda kam hollarda – miasteniya.

Boshqalar: kam – ginekomastiya, poliurikemiya, tana vaznini oshishi/kamayishi, trombotsitopeniya, leykopeniya, giperglikemiya, koʻrishni buzilishi, konʼyunktivit, diplopiya, koʻzda ogʻriq, quloqlarni shangʻillashi, orqa ogʻrigʻi, dispnoe, burundan qon ketishi, koʻp terlash, chanqoq; juda kam hollarda – sovuq yopishqoq ter, yoʻtal, rinit, parosmiya, taʼm sezishni buzilishi, akkomodatsiyani buzilishi, kseroftalmiya.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa digidropiridaminlarga), ogʻir arterial gipotenziya, homiladorlik, laktatsiya davri.

Ehtiyotkorlik bilan – jigar faoliyatining buzilishi, sinus tugunining zaifligi sindromi (yaqqol bradikardiya, taxikardiya), dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi, yengil va oʻrtacha arterial gipotenziya, aortal stenoz, mitral stenoz, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, oʻtkir miokard infarkti (va keyin 1 oy davomida), qandli diabet, lipid profilini buzilishi, keksalik yoshida buyuriladi.

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri

Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari amlodipinning qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshirib (nojoʻya taʼsirlarining rivojlanishi xavfini kuchaytiradi), jigarning mikrosomal fermentlari induktorlari esa – kamaytiradi.

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar, ayniqsa indometatsin (natriyni tutilib qolishi va buyrakda prostaglandinlar sintezini blokadasi), alfa adrenostimulyatorlar, estrogenlar (natriyni tutilishi), simpatomimetiklar preparatning gipotenziv samarasini susaytiradi.

Tiazid va “halqali” diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, verapamil, angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari (AAF) va nitratlar antianginal va gipotenziv samarasini kuchaytiradi.

Amiodaron, xinidin, alfa1-adrenoblokatorlar gipotenziv samarani kuchaytirishi mumkin.

Digoksin va varfarinning farmakokinetik parametrlariga taʼsir koʻrsatmaydi.

Simetidin amlodipinning farmakokinetikasiga taʼsir qilmaydi.

Litiy preparatlari bilan birga qoʻllanganda ularning neyrotoksik belgilari (koʻngil aynishi, qusish, diareya, ataksiya, tremor quloqlarning shangʻillashi) kuchayishi mumkin.

Kalsiy preparatlari “sekin” kalsiy kanallarining blokatorlari samarasini susaytirishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Kalsiy kanallarining barcha blokatorlari (shu jumladan amlodipin ham) yurak yetishmovchiligi va yaqqol aortal stenozi boʻlgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllanishi kerak. Kam hollarda, ayniqsa koronar arteriyalarning yaqqol obstruksiyasi boʻlgan patsiyentlarda, davolashni boshlashda yoki amlodipinning dozasi oshirilganda, stenokardiya koʻproq, davomiyroq va ogʻirroq rivojlanishi mumkin.

“Sekin” kalsiy kanallarining blokatorlarida “bekor qilish” sindromi yoʻqligiga qaramasdan, davolashni toʻxtatish oldidan dozani sekin-asta pasaytirish tavsiya qilinadi.

Amlodipinni avtomobilni boshqarishga yoki mexanizmlar bilan ishlashga taʼsiri toʻgʻrisida xabarlar boʻlmagan. Shunday boʻlsada, ayrim patsiyentlarda koʻpincha davolashning boshida uyquchanlik va bosh aylanishi paydo boʻlishi mumkin. Ular paydo boʻlganida patsent avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda maxsus ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishi kerak.

Amlodipinni homiladorlik va emizish davrida qoʻllashning xavfsizligi aniqlanmagan. Homiladorlik davrida faqat ona uchun taxmin qilinayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun boʻlgandagina qoʻllash mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: arterial bosimni yaqqol pasayishi, taxikardiya, xaddan tashqari periferik vazodilyatatsiya.

Davolash: meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmir buyurish, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tutib turish, yurak va oʻpka faoliyati koʻrsatkichlarini nazorat qilish, patsiyentning oyoq-qoʻllarni koʻtarib qoʻyilgan holatda yotqizish. Kalsiy kanallari blokadasining asoratlarini bartaraf qilish uchun – kalsiy glyukonatini vena ichiga yuborish lozim. Gemodializ samarasiz.

 

Saqlash sharoiti.

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.