Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АМИТРИПТИЛИНА Г/Х-ОЗ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АМИТРИПТИЛИНА Г/Х-ОЗ АМПУЛЫ 10МГ/МЛ 2МЛ №10

11 000 so'mdan
(4954)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
AMITRIPTYLINE
Ishlab chiqaruvchi
ЗДОРОВЬЕ
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Farmakologik xususiyatlari

Amitriptilin – tritsiklik antidepressant, monoaminlarni qayta qamrab olnishining noselektiv ingibitoridir. Yaqqol timoleptik taʼsir koʻrsatadi, “katta“ antidepressantlar guruhiga kiradi. Timoleptik samarasi yaqqol sedativ samarasi bilan qoʻshilgan. Shuningdek antiserotonin, antigistamin va antixolinergik taʼsirlar ham koʻrsatadi.

Farmakokinetikasi

Preparatning biokiraolishligi taxminan 50% tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan 90% ortiqrogʻi bogʻlanadi. Jigarda metabolizmga uchrab, farmakologik faol metabolitlar – nortriptilin va dinitrotriptilin hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 17-30 soatni tashkil qiladi, baʼzida undan ham koʻproq. Asosan metabolitlar koʻrinishida siydik bilan chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Endogen depressiya, ayniqsa xavotirli-depressiv holatlarda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ogʻir depressiyalarda davolashni preparatni parenteral – mushak ichiga yoki vena ichiga kattalarga sutkada 3-4 marta 25-40 mg dozada sekin yuborishdan boshlash mumkin. Davolash kursi – 3-12 yuborishdan iborat. Bundan keyin amitriptilin gidroxloridini keyingi davolashlar uchun tabletka shaklida buyurish maqsadga muvofiqdir.

Keksa yoshdagi patsiyentlarga preparatni kichik dozalarda buyuriladi.

Buyrak faoliyatini oʻrtacha pasayishida: ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Jigar faoliyatini oʻrtacha pasayishida: dozani ehtiyotkorlik bilan tanlash va agar iloji boʻlsa preparatni qon zardobidagi miqdorini aniqlash tavsiya qilinadi.

 

 

Dori shakli: 

inyeksiya uchun eritma

 

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: amitriptillin gidroxloridi – 10 mg;

yordamchi  moddalar: glyukoza, inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi: 

tiniq rangsiz yoki deyarli rangsiz eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Antidepressantlar.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Qon tizimi va limfatik tizimi tomonidan: suyak koʻmigini susayishi, agranulotsitoz, leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya.

Metabolik buzilishlar: ishtahani pasayishi.

Ruhiy buzilishlar: ongni chalkashuv holati, libidoni pasayishi, gipomaniya, maniya, vahima holatlar, uyqusizlik, qoʻrqinchli tush koʻrishlar, deliriy (keksa yoshdagi bemorlarda), gallyutsinatsiyalar (shizofreniyali bemorlarda).

Nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, tremor, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, diqqatni buzilishi, disgevziya, paresteziyalar, ataksiya, tirishishlar.

Koʻrish aʼzolari tomonidan: akkomadatsiyani buzilishlari, midriaz, koʻz ichki bosimini oshishi.

Eshitish aʼzolari tomonidan: quloqlarni shangʻillashi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini kuchayishi, taxikardiya, ortostatik gipotenziya, atrioventrikulyar blokadalar, yurakning yetakchi tizim oyoqchalarini blokadalari, elektrokardiografiya koʻrsatkichlarini buzilishlari (QT intervalini va QRS kompleksini uzayishi), arterial gipertenziya, aritmiyalar.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ogʻiz qurishi, qabziyat, koʻngil aynishi, diareya, qusish, tilni shishishi, soʻlak bezlarini kattalashishi, falajlangan ichak tutilishi.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: sariqlik, jigarning funksional holati koʻrsatkichlarini buzilishlari, qonda ishqoriy fosftaza va transaminazalari faolligini oshishi.

Teri tomonidan: gipergidroz, toshma, urtikariyalar, yuzni shishishi, allopetsiya, fotosensibilizatsiya reaksiyalari.

Siydik-chiqarish yoʻllari tomonidan: siydikni tutilishi.

Reproduktiv  tizimi  tomonidan: erektil disfunksiya, ginekomastiya.

Umumiy buzilishlar: charchoqlik, pireksiya.

Boshqalar: tana vaznini oshishi yoki kamayishi, yuborish joyida oʻzgarishlar.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Amitriptilinga yoki preparatning har-qanday komponentlariga oʻta yuqori sezuvchanlik. Glaukoma, prostata bezi gipertrofiyasi, qovuq atoniyasi.

Yaqinda oʻtkazilgan miokard infarkti. Har qanday turdagi blokadalar va yurak ritmini buzilishlari, shuningdek koronar arteriyalari yetishmovchiligi.

Amitriptilin va monoaminooksidazalari  ingibitorlarini (MAOI) bir vaqtda qabul qilish serotonin sindromini rivojlanishiga (xavotirli qoʻzgʻalishlar, ongni chalkashuvi, tremor, mioklonus va gipertermiyani oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan simptomlar bilan birga ) olib kelishi mumkin.

Amitriptilin qoʻllanadigan davolashni qaytmas noselektiv MAOI larni qabul qilish toʻxtatilgandan 14 sutkadan, shuningdek moklobemid va selegilinni qaytuvchan taʼsirlari boʻlgan preparatlarni qoʻllash toʻxtatilgandan keyin kamida 1 soatdan keyin boshlash mumkin.

MAO ingibitorlari qoʻllash bilan oʻtkaziladigan davolashni amitriptilinni qabul qilish toʻxtatilganidan keyin 14 sutka oʻtgach boshlash mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davri, bolalarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Farmakodinamik oʻzaro taʼsirlar

Qoʻllash mumkin boʻlmagan majmualar

MAO ingibitorlari (noselektiv, shuningdek selektiv A (moklobemid) va V (selegilin) – serotonin sindromi (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” boʻlimiga qarang).

Qoʻllash mumkin boʻlmagan majmualar

Simpatomimetik vositalar: amitriptillin adrenalin, efedrin, izoprenalin, fenilefrinni va fenilpropanolaminning kardiovaskulyar samaralarini kuchayish qobiliyatiga ega.

Adrenergik neyronlarni blokatorlari: tritsiklik antidepressantlar guayetidin, betanidin, rezerpin, klonidin va metildopaning antigipertenziv samaralariga toʻsqinlik qilishi mumkin.

Tritsiklik antidepressantlar bilan davolashning hamma vaqtida antigipertenziv davolash sxemasini koʻrib chiqish tavsiya qilinadi.

Antixolinergik vositalar: tritsiklik antidepressantlar koʻrish aʼzolariga, markaziy nerv tizimi, ichak va qovuqqa nisbatan qoʻllanadigan dori vositalarini samaralarini kuchayishi mumkinligi tufayli, ular bilan bir vaqtda falajlangan ichak tutilishi, giperpireksiyani xavfini oshishi qoʻllashdan saqlanish lozim.

Elektrokardiogrammada QT intervalini uzayishini chaqiruvchi dori vositalari, shu jumladan antiaritmik  preparatlar (xinidin), antigistamin (astemizol va terfenadin), ayrim antipsixotik dorilar (xususan pimozid va sertindol), sizaprid, galofantrin va sotalol tritsiklik antidepressantalar bilan birga qabul qilingan hollarda qorinchalar aritmiyasi ehtimolini oshirishi mumkin.

Flukonazol va terbinafin kabi zamburugʻga qarshi preparatlar qon zardobida tritsiklik antidepressantlarni konsentratsiyasini va yoʻldosh  toksiklikni yaqqolligini oshiradi.

Hushni yoʻqotish va xaotik polimorf qorinchalarni taxikardiyasi holatlari boʻlishi mumkin.

Markaziy nerv tizimi depressantlari: amitriptilin alkogolni, barbituratlarni va boshqa markaziy nerv tizimi susaytiruvchi vositalari samaralarini kuchaytirish qobiliyatiga ega.

Farmakokinetik oʻzaro taʼsirlar

Boshqa dori vositalarini tritsiklik antidepressantlarni farmakokinetikasiga taʼsiri

Tritsiklik antidepressantalar, amitriptilinni qoʻshganda, jigar sitoxrom R450 CYP2D6 izoenzimi ishtirokida metabolizmga uchraydi. CYP2D6 populyatsiyada polimorfizm bilan xarakterlanadi, uni faolligi koʻpchilik psixotrop, shuningdek boshqa masalan, neyroleptiklar, serotoninni qayta qamrab olinishi ingibitorlari ishtirokida, sitalopramdan (u izoenzimni kuchsiz ingibitori hisoblanandi), ß-adrenoretseptorlari blokatorlari, shuningdek anitiaritmik vositalaridan tashqari susayishi mumkin. Amitriptilinni metabolizmida CYP2S19 va CYP3A izoenzimlari ham qatnashadi.

Barbituratlar, enzimlarni boshqa ragʻbatlantiruvchilari masalan, rifampitsin va karbamazepin kabi metabolizmni kuchaytirishi va shu orqali qon plazmasida tritsiklik antidepressantlar miqdorini pasaytirishi mumkin.

Simetidin va metilfenidat, shuningdek kalsiy kanallari blokatori preparatlari qon plazmasida tritsiklik birikmalari darajasini va muvofiq toksiklikni oshirishi mumkin.

Tritsiklik antidepressantlar va neyroleptiklar bir-birini metabolizmini oʻzaro susaytiradi, bu tirishish ostonasini pasayishiga va tirishishlarni paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Koʻrsatilgan dori vositalari dozalarini toʻgʻrilash kerak boʻlishi mumkin.

Nomutanosiblik. Boshqa dori vositalari bilan aralashtirmang.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Amitriptilinni MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” va “Dorilarning oʻzaro taʼsiri” boʻlimlariga qarang).

Amitriptilin va MAO ingibitorlarini bir vaqtda buyurish serotonin sindromini (xavotirli qoʻzgʻalishlar, ongni chalkashuvi, tremor, mioklonus va gipertermiyani oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan simptomlar bilan birga) rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Amitriptilin qoʻllanadigan davolashni noselektiv MAO ingibitorlarni qabul qilish toʻxtatilgandan 14 sutkadan, shuningdek moklobemid va selegilinni qaytuvchan taʼsirlari boʻlgan preparatlarni  qoʻllash toʻxtatilgandan keyin kamida 1 soatdan keyin boshlash mumkin.

Preparatni yuqori dozalarda qoʻllanganda yurak ritmini buzilishlari va ogʻir arterial gipotenziyani rivojlanish ehtimoli ortadi. Bunday holatlarni rivojlanishi, shuningdek yurak kasalliklari boʻlgan bemorlarda odatiy dozalarni qoʻllanganda ham boʻlishi mumkin.

Amitriptilinni tirishish buzilishlari, siydikni tutilishi, gipertireoz boʻlgan bemorlarga, paranoidal simptomlari, shuningdek jigar yoki yurak-qon tomir kasalliklari boʻlganida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Suitsidning yuqori xavfi bilan bogʻliq depressiyalarni xavfi turgʻun remissiyaga erishgunga qadar mavjud boʻlishi mumkin va davolash kursi davomida spontan paydo boʻlishi mumkin. Antidepressantlar bilan davolash fonida, ayniqsa davolashni boshida, bemorlar holatini klinik yomonlashuvini va/yoki oʻz joniga qasd qilish fikrlar va xulqni paydo boʻlishi yuzasidan sinchkov kuzatish kerak.

Suitsidga moyilligi boʻlgan bemorlaga koʻp miqdordagi dori vositalariga qabul qilishga yoʻl qoʻymaslik lozim.

Amitriptilinni gipertireoz boʻlgan bemorlarga yoki  tireoid preparatlarni qabul qiladiganlarga buyurish hollarida alohida eʼtibor lozim, chunki bunda yurak aritmiyasi rivojlanishi mumkin.

Keksa yoshdagi patsiyentlar, ayniqsa amitriptilin bilan davolash vaqtida postural gipotenziyani rivojlanishiga moyilliklari mavjud.

Maniakal-depressiv buzilishlari boʻlgan bemorlarda kasallik maniakal bosqichiga oʻtishi mumkin, kasallikni maniakal bosqichga oʻtish vaqtidan boshlab, patsiyent amitriptillin bilan davolashni toʻxtatishi kerak.

Amitiriptilinni shizofreniyani depressiv komponenti boʻyicha qoʻllanganda psixotik simptomlarni kuchayishi mumkin. Amitriptilinni neyroleptiklar bilan majmuaviy buyurish kerak.

Koʻz kamerasining kichik chuqurligi va tor burchakli kamdan-kam uchraydigan holatlari boʻlgan patsiyentlarda qorachiqlarni kengayishi oqibatida (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” boʻlimiga qarang) oʻtkir glaukoma xurujlari kuchayishi mumkin.

Tri-/tetratsiklik antidepressantlarni davolash fonida anestetiklarni qabul qilish aritmiya va arterial gipotenziyani rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Agar iloji boʻlsa amitriptilinni jarrohlik operatsiyalaridan bir necha sutka oldin qoʻllashni toʻxtatish kerak. Shoshilinch operativ aralashuvlaridan voz kechib boʻlmaydigan holatlarda anesteziologni amitriptillin bilan davolanganligi toʻgʻrisida albatta xabardor qilish kerak.

Boshqa psixotrop vositalari kabi amitriptilin ham organizmni insulin va glyukozaga boʻlgan sezuvchanligini oʻzgartirish qobiliyatiga ega. Bu qandli diabeti boʻlgan bemorlarda diabetga qarshi davolashni tuzatishni talab qiladi. Bundan tashqari, depressiv  kasalliklar, xususan patsiyent organizmida glyukoza muvozanatini oʻzgarishi bilan namoyon boʻlishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlarni qoʻllash fonida antixolinergik yoki neyroleptiklar dori vositalarini bir vaqtda, ayniqsa issiq ob-havoda buyurilganda giperpireksiya holatlari toʻgʻrisida xabar qilingan.

Uzoq davolashdan keyin toʻsatdan uni toʻxtatilishi bosh ogʻrigʻi, lohaslik, uyqusizlik va taʼsirlanish kabi bekor qilish simptomlarini sababchisi boʻlishi mumkin. Bunday simptomlar doriga qaramlik belgilari hisoblanmaydi.

Davolanish vaqtida alkogolni isteʼmol qilish mumkin emas.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanilishi.

Preparatni homiladorlik davrida qoʻllash mumkin emas.

Davolash davrida emizishni toʻxtatish kerak.

Bolalar.

Amitriptilin gidroxloridining bolalarda xavfsizligi va samaradorligiga nisbatan yetarli darajada maʼlumotlarni yoʻqligi tufayli, depressiyalarni davolash uchun qoʻllanmaydi. Amitriptilin bilan hamma yosh guruhlarida davolash kardiovaskulyar nojoʻya reaksiyalarni xavfi bilan bogʻliq.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati

Preparat statsionar sharoitida qoʻllash uchun moʻljallangan.

Amitriptilin qabul qilayotgan patsiyentdan umumiy diqqatni va diqqatni jamlash qobiliyatini buzilishini kutish mumkin, bu esa avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashni taʼqiqlanishiga sabab boʻlishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: simptomlar ixtiyorsiz va niqoblangan, ammo baʼzida keskin va toʻsatdan paydo boʻlishi mumkin. Dastlab uyquchanlik yoki qoʻzgʻalishlar va gallyutsinatsiyalar kuzatilishi mumkin. Antixolinergik simptomlar midriaz, taxikardiya, siydikni tutilishi, shilliq qavatini qurishi va ichak motor faoliyatiin susayishi koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tirishishlar, isitma, markaziy nerv tizimini susayishi toʻsatdan rivojlanishi mumkin. Ongni pasayishi nafas faoliyatini susayishi bilan boʻlgan komagacha avj oladi.

Kardial simptomlar: aritmiyalar (ventrikulyar taxiaritmiyalar, qorinchalarni titrab-lipillashi, fibrillyatsiyasi). EKG da uzaygan PR intervali, QRS kompleksini kengayishi, QT uzayishi, T tishchasini kengayishi yoki inversiyasi, ST segmentini depressiyasi, shuningdek turli darajadagi, xatto yurakni toʻxtab qolishigacha boʻlgan yurak blokadasi aniqlanadi. QRS kompleksini kengayishi odatda dozani oʻtkir oshishidan keyin toksiklik ogʻirligiga mos keladi. Yurak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, kardiogen shok rivojlanadi. Metabolik atsidoz, gipokaliyemiya oshadi. Uygʻongandan keyin yana ongni chalkashuvi, xavotirli qoʻzgʻalishlar, gallyutsinatsiyalar va ataksiya boʻlishi mumkin.

Davolash: gospitalizatsiya (jadal davolash boʻlimiga) qilish lozim. Davolash simptomatik va tutib turuvchi xarakterga ega boʻladi. Meʼdani xatto kechki peroral qabuldan keyin zond bilan tozalash va lavaj qilish lozim, shuningdek faollashtirilgan koʻmir preparatlarini qoʻllash koʻrsatilgan. Xatto holat ogʻir boʻlmagan sharoitda ham, sinchkov monitoringni oʻtkazish majburiy hisoblanandi. Holatni, puls xarakterini, arterial bosimini va nafas koʻrsatkichlarini baholash lozim. Qisqa vaqt oraligʻida  qonda elektrolitlar va gaz miqdorni aniqlashni oʻtkazish kerak. Zarur boʻlganda intubatsiya orqali nafas yoʻllarini oʻtkazuvchanligini taʼminlash. Umuman nafasni mumkin boʻlgan toʻxtab qolishini bartaraf qilish uchun oʻpkalarni majburiy ventilyatsiyasini qoʻllagan holda davolashni oʻtkazish tavsiya qilinadi. Uzluksiz EKG-monitoringini 3-5 sutka davomida oʻtkazish kerak. Yurak yetishmovchiligi va yurak aritmiyalarida qorinchalarni QRS intervalini kengayishida natriy xloridining gipertonik eritmasini (Na+ 100-200 mmol) tez yuborilganda qonni rN ishqoriy tomonga oʻzgarishi (bikarbonat eritmasini buyurish yoki giperventilyatsiyani oʻtkazish) samarali boʻlishi mumkin. Qorinchalar aritmiyasida anʼanaviy aritmiyaga qarshi vositalarni, masalan, 50-10 mg lidokainni (1-1,5 mg/kg) vena ichiga, keyinchalik minutiga 1-3 mg tezlikda infuziya koʻrinishida qoʻllash mumkin.

Zarurat boʻlganida kardioversiya va defibrillyatsiya qoʻllanadi. Qon aylanishi yetishmovchiligini plazma oʻrnini bosuvchilar yordamida, ogʻir holatlarda dobutamin infuziyasi yoʻli bilan (avval minutiga 2-3 mkg/kg tezlikda) dozani samaraga koʻra oshirib toʻgʻrilanadi. Qoʻzgʻalish va tirishishlarni diazepamni buyurish orqali toʻxtatish mumkin.

Dozani oshirilishga boʻlgan sezgirlik koʻp darajada individualdir. Bolalar bunda alohida darajada kardiotoksiklik va tirishish holatini rivojlanishiga moyillikka ega. Kattalarda 500 mg dan yuqori dozalar oʻrta va ogʻir darajadagi  intoksikatsiyani chaqirishi mumkin, 1000 mg dan biroz kam dozalarda letal boʻlgan.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun eritma 2 ml dan ampulalarda. 5 ampuladan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutiga joylashadi.

 

 

Saqlash sharoiti

5ºS dan 25oS gacha boʻlgan haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.