Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Амитриптилин ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Амитриптилин ТАБЛЕТКА 25мг №100

20 000 so'mdan
(2678)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
BAROQUE PHARMA
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: amitriptilin 25 mg (28,3 mg amitriptilin gidroxloridi ko‘rinishida).

Yordamchi moddalar:

Yadrosilaktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, jelatin, kalsiy stearati, talk, kolloid kremniy dioksidi.

Qobig‘i: simetikon SE-2, makrogol, Sariq Sepifilm 3048 (Sepifilm 3048 Yellow) (gipromelloza, mikrokristallik sellyuloza, polioksil 40 stearati, titan dioksidi, xinolin sarig‘i (Quinolin Yellow) bo‘yovchisi (104)).

 

Ta‘rifi:

 dumaloq, ikki tomoni qavariq, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

antidepressant

Farmakologik xususiyatlari

Amitriptilin – monoaminlarni neyronal qamrab olinishini tanlamaydigan ingibitorlari guruhiga mansub bo‘lgan trisiklik antidepressantdir.

Amitriptilin shuningdek biroz og‘riq qoldiruvchi (markaziy genezli), N2-gistamin reseptorlarni bloklovchi va antiserotonin ta‘sir ko‘rsatadi, tungi siydikni tutib turaolmaslikni bartaraf qilishga yordam beradi va ishtahani pasaytiradi.

M-xolinoreseptorlarga juda yaqinligi bilan bog‘liq, kuchli periferik va markaziy antixolinergik ta‘sirga ega; N1-gistamin reseptorlarga yaqinligi bilan bog‘liq bo‘lgan kuchli sedativ samaraga va alfa-adrenoreseptorlarni bloklaydigan ta‘sirga ega. Xinidinga o‘xshab, I a kichik guruhi antiaritmik dori vositalari hususiyatlariga ega bo‘lib, terapevtik dozalarda yurak qorinchalari o‘tkazuvchanligini sekinlashtiradi (dozasi oshirib yuborilganida og‘ir darajadagi qorinchalar ichi blokadasini chaqirishi mumkin).

Amitriptilinni antidepressiv ta‘sir mexanizmi sinapslarda noradrenalinning konsentrasiyasini oshirishi va/yoki markaziy nerv tizimida (MNT) serotoninning konsentrasiyasini oshirishi (ularni qayta so‘rilishini pasayishi) bilan bog‘liq. Bu neyromediatorlarni to‘planishi presinaptik neyronlarning membranalari tomonidan ularni qayta qamrab olinishini ingibirlanishi natijasida amalga oshadi.

Uzoq muddat qo‘llanganida bosh miyaning beta-adrenergik va serotonin reseptorlarining funksional faolligini pasaytiradi, adrenergik va serotoninergik o‘tkazuvchanlikni normallashtiradi, bu tizimlarni depressiv holatlarda buzilgan muvozanatini tiklaydi. Havotirli-depressiv holatlarda havotirlik, ajitasiya va depressiyaning ko‘rinishlarini kamaytiradi.

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi ta‘sir mexanizmi me‘daning parietial hujayralaridagi N2-gistamin reseptorlarini bloklashi, shuningdek sedativ va m-xolinobloklovchi ta‘sir ko‘rsatish hususiyati bilan bog‘liq (me‘da va 12-barmoq ichak yara kasalligida og‘riqni kamaytiradi, yarani bitishini tezlashishiga yordam beradi).

Tungi siydikni tutib turaolmaslikdagi samaradorligi, ehtimol, qovuqni cho‘zilish hususiyatini oshishiga olib keladigan antixolinergik faolligi, sfinkterning tonusini oshishi va serotoninni qamrab olinishini markaziy blokadasi bilan kechadigan, bevosita beta-adrenergik qo‘zg‘alishi, alfa-adrenergik agonistlarning faolligi bilan ifodalanadi.

Markaziy og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, bu MNT da monoaminlar, ayniqsa serotoninning konsentrasiyasini o‘zgarishlari, va endogen opioid tizimiga ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinadi.

Nerv bulimiyasida preparatning ta‘sir mexanizmi noma‘lum (depressiyadagi ta‘sir mexanizmiga o‘xshash bo‘lishi mumkin). Depressiyaga ham uchragan, ham uchramagan bemorlarda bulimiyada preparatning samarasi aniq ko‘rsatilgan, bunda bulimiyani kamayishi depressiyaning o‘zini yondosh kamaymasdan kuzatilishi mumkin.

Umumiy anesteziyada AB va tana haroratini pasaytiradi. MAO ni ingibirlamaydi. Antidepressiv ta‘siri davolash boshlanganidan so‘ng 2-3 hafta davomida rivojlanadi.

 

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi – yuqori. Ichga qabul qilinganidan keyin maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tmax) 4-8 soat. Amitriptilinning biokiraolishligi 33 dan 62% gacha, uning faol metaboliti nortriptilinniki – 46-70%. Taqsimlanish hajmi 5-10 l/kg. Qondagi amitriptilinning samarali terapevtik konsentrasiyasi 50-250 ng/ml, nortriptilin uchun (uning faol metaboliti) 50-150 ng/ml. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) – 0,04-0,16 mkg/ml. Gistogematologik to‘siqlar orqali, shu jumladan gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi, (shu jumladan nortriptilin). Amitriptilinning to‘qimalardagi konsentrasiyasi plazmadagidan yuqori. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 92-96%. Jigarda metabolizmga (dimetillanish, gidroksillanish yo‘li bilan) uchrab, faol metabolitlari – nortriptilin, 10-gidroksi-amitriptilin va nofaol metabolitlarni hosil qiladi. Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri amitriptilin uchun 10 soatdan 28 soatgacha va nortriptilin uchun 16 soatdan 80 soatgacha. Buyraklar orqali – 80%, qisman safro bilan chiqariladi. To‘liq chiqarilishi 7-14 kun davom etadi. Amitriptilin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga plazmadagiga barobar konsentrasiyalarda chiqariladi.

 

 

Qo‘llanilishi

Depressiyalar (ayniqsa, xavotirli, ajitasiyali va uyquni buzilishlari bilan birga, shu jumladan bolalikdagi, endogen, involyusion, reaktiv, nevrotik, dori vositalari oqibatida, miyani organik shikastlanishlarida, alkogolli abstinensiyada), shizofrenik psixozlar, aralash emosional buzilishlar, hulq-atvor buzilishlari (faollik va diqqatni), tungi enurez (qovuqni gipotoniyasi bo‘lgan bemorlardan tashqari), nerv bulimiyasi, surunkali og‘riq sindromi (onkologik bemorlardagi surunkali og‘riq, migren, revmatik kasalliklar, yuz sohasidagi atipik og‘riqlar, postgerpetik nevralgiya, posttravmatik nevropatiya, diabetik yoki boshqa periferik nevropatiya), bosh og‘rig‘i, migren (oldini olish uchun), me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida qo‘llanadi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi (ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin).

Ichga qabul qilishda boshlang‘ich sutkalik dozasi 50-75 mg ni (25 mg 2-3 qabulda) tashkil etadi, so‘ngra asta-sekin istalgan antidepressiv samara erishilgunigacha dozasi 25-50 mg ga oshirib boriladi. Optimal sutkalik terapevtik dozasi 150-200 mg ni tashkil qiladi (dozani maksimal qismi kechqurun qabul qilinadi). Davolashga rezistent bo‘lgan og‘ir depressiyalarda, dozasi 300 mg va undan ortiq, maksimal o‘zlashtiriladigan dozalargacha (ambulator bemorlar uchun maksimal doza – sutkada 150 mg) oshiriladi. Bunday hollarda preparatni mushak ichiga yoki vena ichiga yuborishdan boshlash maqsadga muvofiq, bemorning somatik ahvolini nazorati ostida dozalarni oshirishni tezlashtirib, bunda yuqoriroq boshlang‘ich dozalar qo‘llanadi.

Turg‘un antidepressiv samaraga erishilganidan keyin 2-4 hafta o‘tgach dozasi asta-sekin pasaytiriladi. Doza pasaytirilganida depressiyaning belgilari paydo bo‘lsa, oldingi dozaga qaytish kerak. Agar 3-4 hafta davolash davomida bemorning ahvoli yaxshilanmasa, unda davolashni davom ettirish maqsadga muvofiq emas.

Keksa yoshdagi bemorlarda, yengil buzilishlarda, ambulatoriya amaliyotida, dozalar maksimal 25-50-100 mg ni tashkil etadi, bo‘lingan dozalarda yoki sutkada 1 marta, kechqurun qabul qilinadi.

Bolalar psixiatriyasida 12 yoshdan oshgan bolalarga amitriptilin 25 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi, so‘ngra dozalash tartibi individual javob reaksiyasiga qarab tanlanadi.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Asosan preparatning xolinobloklovchi ta‘siri bilan bog‘liq: akkomodasiyaning falaji, ko‘rishni noaniqligi, ko‘z ichki bosimini oshishi, og‘izni qurishi, qabziyat, ichak tutilishi, siydikni tutilishi, tana haroratini oshishi. Barcha bu ko‘rinishlar odatda preperatga moslashgandan keyin yoki dozasi pasaytirilganida o‘tib ketadi.

MNT tomonidan: bosh og‘rig‘i, ataksiya, kuchli toliqish, holsizlik, ta‘sirchanlik, bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi, uyquchanlik yoki uyqusizlik, diqqatni jamlashni buzilishi, dahshatli tushlar ko‘rish, dizartriya, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, harakat qo‘zg‘aluvchanligi, dezorientasiya, tremor, parasteziyalar, periferik nevropatiya, EEG da o‘zgarishlar. Kam – ekstrapiramid buzilishlar, tirishishlar, xavotirlik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, aritmiya, o‘tkazuvchanlikni buzilishi, arterial bosimni o‘zgaruvchanligi, EKG da QRS kompleksini kengayishi (qorinchalar ichki o‘tkazuvchanligini buzilishi), yurak yetishmovchiligini simptomlari, xushdan ketish.

Me‘da-ichak yo‘llari (MIY) tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, anoreksiya, stomatit, ta‘m bilishni buzilishi, til rangini to‘qlashishi, epigastriyda diskomfort hissi, gastralgiya, «jigar» transaminazalari faolligini oshishi, kam – xolestatik sariqlik, diareya.

Endokrin tizimi tomonidan: erkaklar va ayollarda ko‘krak bezlarining o‘lchamlarini kattalashishi, galaktoreya, antidiuretik gormon (ADG) sekresiyasini o‘zgarishi, libidoni, potensiyani o‘zgarishi. Kam – gipo- yoki giperglikemiya, glyukozuriya, glyukozaga tolerantlikni buzilishi, moyaklarni shishi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizasiya, angionevrotik shish, eshakemi.

Boshqalar: agranulositoz, leykopeniya, eozinofiliya, trombositopeniya, purpura va qonning boshqa o‘zgarishlari, sochlarni to‘kilishi, limfa tugunlarini kattalashishi, uzoq muddat qo‘llanganida tana vaznini oshishi, ko‘p terlash, pollakiuriya.

Uzoq muddat davolanganda, ayniqsa yuqori dozalarda, davolash keskin to‘xtatilganida, “bekor qilish” sindromi rivojlanishi mumkin: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, shuningdek ta‘sirchanlik, yorqin, uyquni odatda kuzatilmaydigan tush ko‘rishlar bilan bo‘lgan buzilishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik.

Ushbu guruh dori vositasini qabul qilayotgan pasientlarda suyaklar mo‘rtligini yuqori xavfi aniqlangan.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • Davolashni boshlashdan 14 kun oldin MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llanishi;
  • Miokard infarkti (o‘tkir va tiklanish davri);
  • Alkogol bilan o‘tkir zaharlanish;
  • Uxlatuvchi, og‘riq qoldiruvchi va psixofaol dori vositalari bilan o‘tkir zaharlanish;
  • Yopiq burchakli glaukoma;
  • Atrioventrikulyar (AV) va qorinchalar ichki o‘tkazuvchanligini og‘ir darajadagi buzilishlari (AV blokadani II darajasi, Gis tutamining oyoqlarini blokadasi);
  • Laktasiya davri;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • Galaktozani o‘zlashtirolmaslik, laktazani tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasida qo‘llash mumkin emas.

Amitriptilin alkogolizm bilan kasallangan shaxslarda, bronxial astmada, maniakal-depressiv psixozda (MDP) va tutqanoqda («Maxsus ko‘rsatmalar» ga qarang), suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishida, gipertireozda, stenokardiya va yurak yetishmovchiligida, ko‘z ichki gipertenziyasida, shizofreniyada (u qabul qilinganida odatda, produktiv simptomatikani zo‘rayishi yuz bermaydi), homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Amitriptilin MNT ga ta‘sir qiluvchi quyidagi preparatlarning susaytiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi: neyroleptiklar, sedativ va uxlatuvchi vositalar, tirishishga qarshi preparatlar, analgetiklar, narkoz uchun vositalar, alkogol; boshqa antidepressantlar bilan o‘zaro ta‘sirida sinergizm namoyon qiladi. Amitriptilin neyroleptiklar va/yoki antixolinergik preparatlar bilan birga qo‘llanganida febril harorat reaksiyasi, paralitik ichak tutilishi paydo bo‘lishi mumkin.

Amitriptilin katexolaminlar va boshqa adrenostimulyatorlarning gipertenziv samarasini kuchaytiradi, bu yurak ritmining buzilishi, taxikardiya, og‘ir darajadagi arterial gipertenziya rivojlanishi xavfini oshiradi, ammo noradrenalinni ajralib chiqishiga ta‘sir qiluvchi preparatlarning samarasini ingibirlaydi.

Amitriptilin guanetidin va shunga o‘xshash ta‘sir mexanizmiga ega bo‘lgan preparatlarning antigipertenziv ta‘sirini pasaytirishi, shuningdek tirishishga qarshi vositalarning samarasini susaytirishi mumkin.

Amitriptilin va kumarin hosilalari – antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, antikoagulyantlarning antikoagulyant faolligini oshirishi mumkin.

Amitriptilin va simetidin bir vaqtda qabul qilinganida, amitriptilinning plazmadagi konsentrasiyasini oshishi va toksik samarasi rivojlanishi mumkin.

Jigarning mikrosomal fermentlarini induktorlari (barbituratlar, karbamazepin) amitriptilinning plazmadagi konsentrasiyasini pasaytiradi.

Amitriptilin parkinsonizmga qarshi vositalarni va ekstrapiramid reaksiyalarni chaqiruvchi boshqa dori vositalarining ta‘sirini kuchaytiradi.

Xinidin amitriptilinning metabolizmini sekinlashtiradi. Amitriptilinni disulfiram va asetaldegidrogenazaning boshqa ingibitorlari bilan birga qo‘llash deliriyni qo‘zg‘atishi mumkin.

Esterogen saqlovchi peroral homiladorlikka qarshi preparatlar amitriptilinning biokiraolishligini oshirishi mumkin; pimozid va probukol yurak aritmiyalarini kuchaytirishi mumkin.

Amitriptilin glyukokortikosteroidlar chaqirgan depressiyani kuchaytirishi mumkin; tireotoksikozni davolash uchun dori vositalari bilan birga qo‘llaganida agranulositoz rivojlanishini xavfi oshadi.

Amitriptilinni MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish o‘limga olib kelishi mumkin. MAO ingibitorlarini va trisiklik antidepressantlarni qabul qilish orasida, davolashdagi tanaffus 14 kundan kam bo‘lmasligi kerak!

 

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Amitriptilin sutkada 150 mg dan yuqori dozalarda tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasaytiradi, shuning uchun anamnezida tirishishlari bo‘lgan va yoshi yoki jarohatlar tufayli bunga moyilligi bo‘lgan guruh bemorlarda, tirishish xurujlari paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Keksa yoshli pasientlarni amitriptilin bilan davolash delirioz buzilishlar, gipomaniyalar va boshqa asoratlardan saqlanish uchun, sinchkov nazorat ostida, preparatni minimal dozalarini qo‘llash va uni asta-sekin oshirish bilan o‘tkazilishi kerak,.

MDP ni depressiv bosqichi bo‘lgan pasientlar maniakal bosqichga o‘tishlari mumkin.

Amitriptilinni qabul qilish vaqtida transport vositalarini boshqarish, mexnizmlarga xizmat qilish va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi boshqa mehnat turlari, hamda alkogol qabul qilish man etiladi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Uyquchanlik, dezorientasiya, ongni chalkashishi, ongni hatto komagacha susayishi, qorachiqlarni kengayishi, tana haroratini oshishi, hansirash, dizartriya, qo‘zg‘alish, gallyusinasiyalar, tirishish xurujlari, mushaklarni rigidligi, qusish, aritmiya, arterial gipotenziya, yurak yetishmovchiligi, nafasni susayishi.

Yordam choralari: amitriptilin bilan davolashni to‘xtatish, me‘dani yuvish, vena ichiga suyuqliklarni yuborish, simptomatik davolash, arterial bosim va suv-elektrolitlar muvozanatini tutib turish. 5 kun davomida yurak qon-tomir tizimini monitorlash (EKG) ko‘rsatilgan, chunki 48 soat o‘tgach va keyinroq qaytalanib qolishi mumkin. Gemodializ va jadallashtirilgan diurezning samarasi kam.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 mg. 10 tabletkadan PVX/Al blisterda.

2, 5 yoki 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

 

Saqlash sharoiti

25oS gacha bo‘lgan xaroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.