Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Аминар РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Аминар РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 4.2% 100мл №1

33 000 so'mdan
(2944)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
L-Arginine hydrochloride
Ishlab chiqaruvchi
РЕКА МЕД ФАРМ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Аминокислота
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik taʼsiri
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 infuziya uchun eritma.

 

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: arginin gidroxloridi – 4,2 g (100 ml eritmada 20 mmol arginin va 20 mmol xloridlar saqlaydi).

yordamchi moddalar: inyeksiya uchun suv 100 ml gacha.

 

Taʼrifi: 

tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Aminokislotalar.

 

Farmakologik taʼsiri

Arginin (α-amino-δ-guanidin-valerian kislotasi) – shartli ravishda almashtirib boʻlmaydigan, organizmda keng bioregulyator taʼsir doirasiga ega aminokislotadir. Arginin oqsil sintez qiluvchi aminokislota boʻlib, butun organizm uchun qurilish materiali rolini bajaradi. Kritik vaziyatlarda protektor taʼsir koʻrsatadi. Arginin glutamin, prolin, poliaminlar va agmatinning oʻtmishdoshidir. Gormonal gomeostazni tutib turishda boshqaruvchi rolni oʻynaydi. Qonda somatotrop gormon (STG), insulin, glyukagon va prolaktinning miqdorini oshiradi, spermatogenez jarayonida ishtirok etadi.

Arginin dezintoksikatsion taʼsir koʻrsatadi, antioksidant, membranalarni barqarorlashtiruvchi, antigipoksik, sitoprotektor taʼsirlarga ega.

Arginin organizmda, sintezi endoteliotsitlarda NO-sintaza taʼsiri ostida kechuvchi azot oksidining donatori hisoblanadi.

Azot oksidi yurak-qon tomir gomeostazida katta rol oʻynaydi: qon tomirlari endoteliysida guanilatsiklazani faollashtirish va sGMF miqdorini oshirish qon tomir tonusini boshqaradi; tromb hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladi; adgeziya proteinlarini sintezini susaytiradi, past zichlikdagi lipoproteinlar – PZLP darajasini pasaytirib, shu yoʻl bilan aterosklerotik blyashkalarni hosil boʻlishini barataraf qiladi; qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi; kuchli vazokonstriktor va qon tomir devorining silliq mushak hujayralarini ortiqcha sintezi va akkumulyatsiyasini stimulyatori – endotelin sintezini susaytiradi.

Arginin oksidativ stressning endogen stimulyatori – asimmetrik dimetilargininning kuchli antagonisti hisoblanadi.

Arginin (azot oksidi) – angiotenzin-2 ning fiziologik antagonisti, natriyurezni yaxshilaydi.

Dimlangan yurak yetishmovchiligida argininni alohida yuborilishi kichik qon aylanish doirasida bosimni pasaytiradi. Oʻpka gipertenzyaisi boʻlgan patsiyentlarda argininni qisqa muddatda yuborilishi, oʻpka arteriyasida bosimni pasayishiga yordam beradi, oʻpka arteriyalarida va bronxiolalarda spazmni kamaytiradi.

Preparat ayrisimon bez faoliyatini ragʻbatlantirib, T-limfotsitlarning proliferatsiyasini faollashtiradi. Jismoniy zuriqishda glyukozani utilizatsiyasiga yordam beradi, laktat-atsidozni kamaytiradi.

Arginin organizmdan azot saqlovchi moddalarning oʻta toksik metaboliti – ammiakni organizmdan chiqarilishi va neytrallanishi boʻyicha biokimyoviy jarayonlarni taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Preparatning gipoammoniyemik samarasi, mochevina sintezining ornitin siklida ammiakni zararsizlanishi jarayonlarini faollashuvi, shuningdek ammiakni markaziy nerv tizimidan chiqarilishi va uni organizmdan chiqarilishini kuchayishi natijasida amalga oshadi. Bu xususiyatlari tufayli, preparat ammiakning umumiy toksik, shuningdek neyrotoksik taʼsirini pasaytiradi.

Arginin gepatotsitlarda kreatinfosfatni birlamchi toʻplanishi hisobiga energiya almashinuvini yaxshilaydi, antioksidant taʼsir koʻrsatadi, shuningdek sitolitik fermentlarning faolligini pasaytirish hisobiga gepatotsitlarning membranalarini barqarorlashtiradi.

Klinik tadqiqotlar, argininni qoʻllanishi chala tugʻilgan bolalarda nekrotik enterokolitni rivojlanishi xavfini pasaytirishini koʻrsatdi.

Arginin (azot oksidi) ichak mikrotsirkulyatsiyasi tizimida qon tomirlarning vazomotor faoliyatini boshqaradi; meʼda-ichak yoʻllarining motor faoliyatini taʼminlaydi; immunoglobulinlarning lokal sekretsiyasini oshirib va lokal immun javobni kuchaytirib, ichak devorida mahalliy yalligʻlanish reaksiyasini modulyatsiya qiladi. Azot oksidi meʼda va oʻn ikki barmoq ichakni shikastlovchi kimyoviy, mexanik va toksik taʼsirlarda nospetsifik himoya mediatorlariga kiradi. Arginin – ichakning shilliq qavatini butunligini tutib turuvchi, va shu yoʻl bilan ichak mikroflorasini bakterial translokatsiyasini oldini oluvchi ingichka ichakning nukleotidlari va glyukozaminlari sintezi uchun ishlatiladigan glutaminning oʻtmishdoshi hisoblanadi.

Klinik tadqiqotlarning maʼlumotlariga binoan, qandli diabeti boʻlgan patsiyentlarda argininning darajasi past va oʻta kuchli prooksidant va azot oksidi sintazasining ingibitori – asimmetrik dimetilargininning darajasi esa yuqori boʻladi. Arginin qandli diabetining II turida insulinni ishlab chiqarilishini, glyukozani insulinga bogʻliq utilizatsiyasini ragʻbatlantiradi; jigar va periferik toʻqimalarni insulinga boʻlgan sezuvchanligini oshiradi; qon aylanishini yaxshilaydi va qandli diabeti boʻlgan bemorlarda mikrotomir asoratlarini chastotasini ancha pasaytiradi; buyrak va retinal qon oqimini yaxshilaydi; oksidativ stressni ishonchli darajada cheklaydi; plazmada gomotsistein miqdorini kamaytiradi.

Preeklamsiyasi boʻlgan homilador ayollarda oʻtkazilgan klinik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, argininni qoʻllanishi arterial bosimni sezilarli pasayishiga, feto-platsentar qon oqimini yaxshilanishiga olib keladi, ona qornida homilani oʻsishiga yordam berar ekan.

Arginin gʻovak tanalarning silliq mushaklarini relaksatsiyasini chaqiradi va ularga keluvchi qon oqimini kuchaytiradi, bu erkaklarda erektil faoliyatni yaxshilanishiga yordam beradi.

Klinik tadqiqotlarda, arginin makrofaglarning sitotoksikligini faollashtirishi, sut bezi rakida T-xelperlarning, tabiiy va limfokin bilan faollashtirilgan killerlarning soni va funksional faolligini oshirishi koʻrsatilgan. 

Farmakokinetikasi

Arginin jigarda metabolizmga uchraydi, gidroliz natijasida mochevina va ornitin hosil boʻladi. Kalava filtratsiyasi davomida chiqariladi va buyraklarda deyarli toʻliq qayta soʻriladi.

 

Qoʻllanilishi

Yurak-qon tomir kasalliklari: yurak va bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, periferik qon tomirlari aterosklerozi, shu jumladan oʻxtin-oʻxtin choʻloqlikning koʻrinishlari, diabetik angiopatiya, yuark ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, oʻtkazilgan oʻtkir miokard infarkti yoki miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishidan keyingi kechki davr, surunkali yurak yetishmovchiligi, stenokardiya, giperxolesterinemiya;

Pulmonologiyada: oʻpkaning surnkali obstrutiv kasalligi, idipatik oʻpka gipertenziyasi, surunkali postembolik oʻpka gipertenziyasi;

Akusherlikda: preeklampsiya, homilani oʻsishini tutilishi;

Gepatologiyada: turli etiologiyali oʻtkir va surnkali gepatit, jigarning oʻtkir va surunkali toksik shikastlanishlari (qoʻziqorin, alkogol, dori vositalari, kimyoviy agentlar bilan zaharlanish);

Imunologiyada/onkologiyada: immunomodulyator sifatida;

Modda almashinuvini buzilishi: giperammoniyemiya, metabolik alkaloz, giperxolesterinemiya;

Endokrinologiyada: Gipofiz tomonidan oʻsish gormonining ajralib chiqishini ragʻbatlantirish, ayrisimon bez faoliyatini pasayishi, II tur qandli diabetini kompleks davolashda, diabetik angiopatiya, oʻsishni buzilishida diagnostik vosita sifatida qoʻllanadi;

Neonatalogiyada: chala tugʻilgan bolalarda nekrotik enterokolitni oldini olish, chala tugʻilgan bolalarda retinopatiyani oldini olish;

Gipoksik va ishemik holatlarni oldini olish va davolash;

Astenik holatlar.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat birinchi 10-15 minut davomida minutiga 10 tomchi tezlik bilan tomchilab vena ichiga yuboriladi, soʻngra yuborish tezligi minutiga 30 tomchiga oshirilishi mumkin. Preparatning sutkalik dozasi – 100 ml eritma.

Markaziy va periferik qon tomirlarda qon aylanishining ogʻir buzilishlarida, intoksikatsiyaning yaqqol koʻrinishlarida, gipoksiyalarda, astenik holatlarda preparatning dozasi sutkada 200 ml ga oshiriladi.

Infuzion eritmani maksimal yuborish tezligi soatiga 200 mmoldan oshmasligi kerak.

12 yoshgacha boʻlgan bolalarga  preparatning dozasi sutkada 1 kg tana vazniga 5-10 ml ni tashkil qiladi.

Metabolik alkaloz davolash uchun preparatning dozasini quyidagicha  hisoblash mumkin:

arginin gidroxloridi (mmol)

————————— x 0,3 kg tana vazni

ortiqcha ishqor (Be) (mmol/l)

yuborishni hisoblangan dozaning yarmidan boshlash kerak. Dozani qoʻshimcha toʻgʻrilash kislota ishqor balansini natija olinganidan keyin qayta oʻtkazilishi kerak.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Bosh ogʻrigʻi, qizib ketish hissi, giperkaliyemiya (buyrak yetishmovchiligida), oʻtkinchi gipotenziya, giperxloremik atsidoz, juda kam hollarda  – allergik reaksiyalar.

Yuqori dozalarda qoʻllanganda – koʻngil aynishi, qusish, isitma, quloqlarni jaranglashi, qoʻl-oyoqlarni uvishishi, lokal taʼsirlanish.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Argininga oʻta yuqori sezuvchanlik, buyraklar faoliyatini ogʻir buzilishlari (diagnostika maqsadida katta dozalar yuborilganda), giperxloremik atsidoz. Oʻtkazilgan oʻtkir miokard infarktidan keyingi ilk davrda preparatni qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Aminofillin bilan bir qaqtda qoʻllanganida qonda insulinning konsentratsiyasi oshishi mumkin. Arginin kaliyni tejovchi diuretiklar (spironolakton) ni qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda buyrak yetishmovchiligi fonida giperkaliyemiyani chaqirishi mumkin. Arginin azot oksidi donatorlarning taʼsirini potensiyalaydi. Arginin tiopental bilan nomutanosib.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Endokrin bezlarining faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarga buyurilganida, preparat insulin va oʻsish gormonining sekretsiyasini ragʻbatlantirish qobiliyatiga egaligini hisobga olish kerak.

Infuziyaning haddan tashqari yuqori tezligida mahalliy taʼsirlanish va qizarish; koʻngil aynishi va qusish rivojlanishi mumkin.

Arginin azot saqlovchi birikmalarga metabolizmga uchrashi mumkin.

Organizmda azotning darajasini vaqtinchalik oshishi buyraklar uchun, ayniqsa buyraklar faoliyatini buzilishida qoʻshimcha yuklamadir, buni preparatni buyurishdan oldin hisobga olish lozim.

Preparat xlor ionlarini saqlaydi, buni, arginin gidroxloridini elektrolitlar almashinuvi buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanganida nazarda tutish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllash

Homiladorlik va emizish davrida preparat homiladorlik patologiyasi boʻlgan hollarda (preeklampsiya, homilani ona qornida oʻsishini tutilishi) qoʻllanadi.

Preparat koʻkrak sutiga bolaga zararali taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlmagan miqdorda ajralib chiqishiga qaramasdan, preparatni emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Mashinalarni haydash va ishlatish qobiliyatiga taʼsiri

Preparat terapevtik dozalarda avtotransportni haydash va diqqatni jamlanishi va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi murakkab texnika bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

Preparatni yuqori dozalarda qoʻllaganda mashinani haydash yoki murakkab texnika bilan ishlash mumkin emas.

Keksa yoshli patsiyentlar

Preparat yosh va keksa yoshli patsiyentlarda qoʻllanganida farqlar aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Argininning dozasini oshirib yuborilishi preparatni yuqori dozalarda qoʻllanganda (masalan, diagnostika maqsadida) yuz berioʻi mumkin; giperventilyatsiya simptomlari bilan kechuvchi metabolik atsidozga olib kelishi mumkin. Holatni ishqoriy moddalarning dozasini hisoblab chiqish yoʻli bilan kompensatsiya qilish lozim.

 

Chiqarilish shakli

100 ml, 200 ml infuziya uchun shisha flakonlarda.

 

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 10 dan 25oS gacha boʻlgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.