Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АМБРОКСОЛ АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АМБРОКСОЛ АМПУЛЫ 15мг/2мл №5

2 100 so'mdan
(2319)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ТОРИМЕД ФАРМ
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Отхаркивающие препараты, комбинации
Dori tafsilotlari
Qoʻllanilishi
Dori shakli:
Tarkibi
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi.
Qoʻllanilishi

Ambroksol balgʻamning ajralishi va koʻchib chiqishi buzilgan oʻtkir va surunkali bronx-oʻpka kasalliklarini, sekretolitik davolash maqsadida qoʻllaniladi:

  • oʻtkir va surunkali bronxitlar, pnevmoniya;
  • balgʻam ajralishini qiyinlashgan bronxial astma;
  • bronxoektatik kasallikda qoʻllanadi.

 

Dori shakli:

 inyeksiya uchun eritma

 

Tarkibi

1 ampula quyidagilarni saqlaydi

faol modda: ambroksol gidroxloridi (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 15 mg;

yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati, natriy xloridi, natriy fosfat geptagidrati (ikki asosli natriyli tuzning fosfat kislotasining geptagidrati), 0,1 mol/l  xlorid kislotasi, inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi: 

tiniq, rangsiz yoki biroz sargʻish rangli eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Balgʻam koʻchiruvchi vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Ambroksol oʻzgargan bronx – oʻpka sekretsiyasini normallashtiradi, balgʻamning reologik koʻrsatkichlarini yaxshilaydi, uning qovushqoqligini kamaytirib, bronxlardan balgʻamni chiqarilishini yengillashtiradi. Ambroksol alveolalarda 2 tur pnevmotsitlarga va Klar hujayralariga bevosita taʼsir qilish orqali sirt faol moddalar tizimini faollashuviga yordam beradi, embrion va yetuk xujayraning alveolar va bronx sohalarida sirt faol moddalarni (surfaktantni) hosil boʻlishi va chiqarilishini ragʻbatlantiradi.

Bundan tashqari, ambroksolning antioksidant samaralari aniqlangan. Ambroksolni qoʻllashdan keyin balgʻamda va bronx sekretida antibiotiklarning konsentratsiyasi oshadi.

 

Farmakokinetikasi

Oqsillar bilan bogʻlanishi taxminan 85% ni tashkil qiladi. Yarim parchalanish davri taxminan 22 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali metabolitlar koʻrinishida 90% va 10% oʻzgarmagan ambroksol koʻrinishida chiqariladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ambroksol inyeksiya uchun eritma mushak ichiga, teri ostiga yoki vena ichiga yuboriladi (sekin oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi). Erituvchi sifatida natriy xloridining 0,9% li eritmasi, glyukozaning 5% li eritmasi, Ringer – Lokka eritmasi yoki rN 6,3 dan yuqori boʻlmagan boshqa bazisli eritma qoʻllanadi.

Kattalarga odatda 2 ml dan sutkada 2-3 marta buyuriladi, ogʻir hollarda doza ikki marta oshirilishi mumkin.

Bolalarga preparatni sutkalik dozani 1 kg tana vazniga 0,0012-0,0016 g hisobidan buyuriladi. Odatda 2 yoshgacha boʻlgan bolalarga 1 ml dan (1/2 ampula) sutkada 2 marta; 2 yoshdan 5 yoshgacha – 1 ml dan (1/2 ampula) 3 marta; 5 yoshdan katta bolalarga 2 ml dan (1 ampula) 2-3 marta buyuriladi.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar va chala tugʻilgan bolalarda respirator distress – sindromida: Ambroksol ampulaning sutkalik dozasi 0,01 g/kg ga oshiriladi (ogʻir hollarda – 0,03 g/kg gacha, 3-4 yuborishga boʻlib buyuriladi).

Kasallikning oʻtkir belgilari yoʻqolgandan keyin inyeksiyani toʻxtatiladi va ichga qabul qilishga yoki Ambroksol preparatini boshqa dori shakllariga rektal yuborishga oʻtiladi. Davolash davomiyligi kasallikning kechish xususiyatlariga bogʻliq. Ambroksol shifokor koʻrsatmasiz 4-5 kundan koʻp qoʻllash tavsiya etilmaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Kam hollarda:

  • bosh ogʻrigʻi, charchoqlik, xolsizlik, oyoqlarda ogʻirlik hissi;
  • gastralgiyalar, koʻngil aynishi, qusish;
  • oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (teri toshmasi, yuzning shishi, dispnoe, qichishish);
  • issiqlik.

Juda kam hollarda:

  • allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Ambroksolga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • homiladorlikning I uch oyligida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Ambroksol va quyidagi preparatlarni bir vaqtda qoʻllaganda:

Yoʻtalga qarshi preparatlar – yoʻtal refleksini kamayish fonida bronxlardan balgʻamni ajralib chiqishini qiyinlashishi kuzatilishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

1 ampulada 1 mmol natriy (23 mg) saqlanishini eʼtiborga olish lozim

Vena ichiga tez yuborilganida bosh ogʻrigʻi, charchoqlik hissi va oyoqlarda ogʻirlikni qoʻzgʻatishi mumkin.

Buyrakning funksional qobiliyati cheklanganda va/yoki jigarning ogʻir darajali kasalliklarida Ambroksolni qabul qilayotgan dozani kamaytirib va preparatni qabul qilish orasidagi vaqtni uzaytirib alohida ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davri

Hozirgi vaqtgacha Ambroksol ni homila va chaqaloqlarga salbiy taʼsiri xaqidagi yetarli maʼlumotlar yoʻq boʻlishiga qaramay, Ambroksolni homiladorlikning II va III uch oyligida va laktatsiya davrida faqat foyda/xavf nisbatini davolovchi shifokor tomonidan sinchkov tahlilidan keyingina qoʻllash mumkin.

Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasi taʼsirining oʻziga xosligi

Taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qoʻzgʻaluvchanlik, diareya, soʻlakning koʻp ajralishi, qusish va gipotenziya.

Davolash: simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

2 ml dan ampulalarda. 5,10 ampuladan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi.

Retsept boʻyicha.