Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АМБРОКСОЛ ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АМБРОКСОЛ ТАБЛЕТКА 30МГ №20

1 800 so'mdan
(4868)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
AMBROXOL
Ishlab chiqaruvchi
МЕРРИМЕД
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ambroksol gidroxloridi – 30 mg.

yordamchi moddalar: sut qandi (laktoza), kartoshka kraxmali, kalsiy stearati, aerosil (kremniy dioksidi).

 

Taʼrifi:

 oq-sargʻish tusli oq rangli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Balgʻam koʻchiruvchi vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Mukolitik va balgʻam koʻchiruvchi vositadir.

Sekretomotor, sekretolitik va balgʻam koʻchiruvchi xususiyatga ega.

Ambroksol bronxlarni shilliq qavati xilpillovchi epiteliysi kiprikchalarining xarakat faolligini oshiradi (mukokinetik yoki sekretomotor taʼsiri).

Bronx epiteliysini kiprikchali (siliar) hujayralarining spiralsimon peristaltik qisqarishi bronxlardan shilliqni chiqarilishiga olib keladi (mukotsiliar transport yoki mukotsiliar klirens). Ambroksol mukotsiliar transportni sezilarli yaxshilaydi. Ambroksol bronxlarning shilliq qavatlari bezlarining seroz hujayralarini ragʻbatlantiradi, balgʻamning shilliq komponentini tarkibini oshiradi va balgʻamning shilliq va seroz komponentlari buzilgan nisbatini meʼyorlashtiradi. Gidroliz qiluvchi fermentlarni faollashtirib va Klark hujayralaridan lizosomalarni ajralib chiqishini kuchaytirib, balgʻamning qovushqoqligini va uning adgeziv xususiyatini pasaytiradi (mukolitik yoki sekretolitik taʼsiri).

Ambroksol alveolalar va bronxlarda sirt tarangligi – faol moddasi (surfaktantni) sintezi va sekretsiyasini oshiradi.

Bu mexanizmlar natijasida balgʻamning qovushqoqligi pasayadi va uning koʻchishi sezilarli yaxshilanadi.

Ichga qabul qilgandan soʻng taʼsiri 30 minutdan keyin boshlanadi va 6-12 soat saqlanib turadi.

 

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi – yuqori (yuborishning har qanday yoʻlida), maksimal konsentratsiyasiga erishish vaqti – 2 soat, plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – 80% ni tashkil qiladi. Gematoensefalik toʻsiqdan, yoʻldosh toʻsigʻidan oʻtadi, koʻkrak suti bilan chiqariladi.

Jigarda metabolizmga uchrab, dibromantranil kislotasini va glyukuron konʼyugatlarini hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri – 7-12 soatni tashkil qiladi. Buyrak orqali chiqariladi: 90% suvda eruvchan metabolitlar koʻrinishida, 5% oʻzgarmagan holda chiqariladi.

Yarim chiqarilish davri ogʻir surunkali buyrak yetishmovchiligida oshadi, jigar faoliyati buzilishlarida oʻzgarmaydi.

 

 

Qoʻllanilishi

Qovushqoq balgʻamni ajralishi bilan kechuvchi, nafas yoʻllarining oʻtkir va surunkali kasalliklari:

– oʻtkir va surunkali bronxit;

– pnevmoniya;

– oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi;

– balgʻam koʻchishini qiyinlashishi bilan kechuvchi bronxial astma;

– bronxoektatik kasallikda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat ichga, ovqatdan keyin katta miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar – 1 tabletka (30 mg) dan sutkada 3 marta buyuriladi.

Zarurat boʻlganida terapevtik samarani kuchaytirish uchun 2 tabletka (60 mg) dan sutkada 2 marta buyurish mumkin.

Kasallikni ogʻir kechishida doza davolash kursi davomida kamaytirilmaydi.

12 yoshdan kichik bolalarga sirop shaklida buyuriladi.

Preparatni shifokor maslahatisiz 5 kundan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, alohida hollarda – allergik kontakt dermatit, anafilaktik shok.

Kam hollarda – umumiy holsizlik, bosh ogʻrigʻi, diareya, dizuriya, ekzantema, rinoreya, qabziyat.

Yuqori dozalarda uzoq vaqt qoʻllanganda – gastralgiya, koʻngil aynishi, qusish kuzatiladi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I uch oylik), 12 yoshgacha boʻlgan bolalar (12 yoshdan kichik bolalarga sirop shaklida buyuriladi) qoʻllash mumkin emas.

Laktozani oʻzlashtiraolmaslikda (glyukoza/galaktozani soʻrilishini buzilishi sindromida yoki saxaroza/izomaltoza yetishmovchiligida) preparat tarkibiga laktoza kirishini eʼtiborga olish kerak.

Ehtiyotkorlik bilan:

Jigar yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligi, homiladorlik (II-III uch oylik), emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Yoʻtalga qarshi preparatlar bilan birga qoʻllanganida, yoʻtalni kamayishi oqibatida balgʻamni ajralib chiqishini qiyinlashtiradi. Amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsiklinning bronxial sekretiga oʻtishini oshiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Balgʻam ajralishini qiyinlashtiruvchi yoʻtalga qarshi dori vositalari bilan majmuada qoʻllash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: koʻngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya.

Davolash: qusishni chaqirish, preparatni qabul qilgandan soʻng ilk 1-2 soatlarda meʼdani yuvish; yogʻ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish.

 

Chiqarilish shakli

30 mg dan tabletkalar 10 donadan kontur uyasiz oʻramda, kontur uyali oʻramda.

 

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.