Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Амбро ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Амбро ТАБЛЕТКА 30мг №20

12 500 so'mdan
(4660)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ambroxol
Ishlab chiqaruvchi
ХИМФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Отхаркивающие препараты, комбинации
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Dori shakli:
Farmakologik hususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsiri
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli va oʻrami
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi

Faol modda: ambroksol gidroxloridi 30,0 mg,

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi (aerosil), kalsiy stearati.

 

Taʼrifi:

 oq yoki sargʻish tusli oq rangli yassi silindr shaklli tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida faska, boshqa tomonida – faska va xoch shaklidagi firma logotipi mavjud.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Shamollash simptomlari va yoʻtalni bartaraf etuvchi preparatlar. Balgʻam koʻchiruvchi preparatlar. Mukolitiklar. Ambroksol.

 

 

Dori shakli:

 tabletkalar 30 mg

 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ambroksol ­ mukolitik preparat. Sekretomotor, sekretolitik va balgʻam koʻchiruvchi taʼsirga ega; bronxlarning shilliq qavatlaridagi bezlarning seroz hujayralarini ragʻbatlantiradi, shilliq qavat sekreti miqdorini va alveolalar va bronxlarda yuqori faol moddani (surfaktantni) ajralishini oshiradi; balgʻamning seroz va shilliq komponentlarni buzilgan nisbatini normallashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va lizosomalarni Klark hujayralaridan ajralib chiqishini kuchaytirib, balgʻamning qovushqoqligini kamaytiradi. Kiprikchali epiteliyni harakatlanuvchi faolligini oshiradi, uni yopishib qolishini oldini oladi, mukotsiliar transportni oshiradi. Ambroksol yalligʻlanishga qarshi samaraga, shuningdek antioksidant xususiyatlarga ega, mahalliy immunitetni ragʻbatlantiradi, balgʻam va bronxial sekretda antibiotiklar konsentratsiyasini oshiradi.

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi yuqori va deyarli toʻliq boʻlib, terapevtik dozaga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq. Plazmadagi maksimal konsentratsiyasiga 1­2,5 soat davomida erishiladi. Ichga qabul qilinganidan keyin 30 minut oʻtgach namoyon boʻladi va 6­12 soat davom etadi.

Oʻpka toʻqimalariga tez katta konsentratsiyada taqsimlanadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi taxminan 90% ni tashkil qiladi.

Ichga qabul qilingan dozaning taxminan 30% metabolizmdan birinchi oʻtishidayoq eliminatsiya qilinadi. Ambroksol asosan jigarda konʼyugatlarni hosil qilib, metabolizmga uchraydi.

Oxirgi  yarim chiqarilish davri 10 soatni tashkil qiladi.

Buyraklar orqali 90% suvda eruvchan metabolitlar shaklida, 5% oʻzgarmagan shaklda chiqariladi.

Yarim chiqarilish davri ogʻir surunkali buyrak yetishmovchiligida oshadi, lekin jigar faoliyatini buzilishlarida oʻzgarmaydi.

Patsiyentlarni jinsi va yoshi ambroksolning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli taʼsir koʻrsatmaydi va dozaga tuzatish kiritishni talab qilmaydi.

 

Qoʻllanilishi
  • oʻtkir va surunkali bronxit
  • pnevmoniya
  • oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi (OʻSOK)
  • qiyin balgʻam koʻchishi bilan kechuvchi bronxial astma
  • bronxoektatik kasalligida qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga, ovqat qabul qilgandan keyin yetarli miqdorda suyuqlik bilan chaynamasdan qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: dastlabki 2­3 sutkada sutkasiga 3 marta 1 tabletka (30 mg) dan, keyin sutkada 2 marta 1tabletkadan buyuriladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga:  ½ tabletkadan (15 mg) kuniga 2­3 marta buyuriladi.

Davolash davomiyligi kasallik kechishini oʻziga xosligiga bogʻliq.

Shifokor tavsiyasisiz preparat 4­5 kundan ortiq qabul qilinmasligi kerak.

 

Nojoʻya taʼsiri

Kam

­ xolsizlik, bosh ogʻrigʻi

­ gastralgiyalar, koʻngil aynishi, qusish, diareya

­ ogʻiz va nafas yoʻllarini qurishi, rinoreya

­ allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, anafilaktik reaksiyalar)

Juda kam

­ nafasni buzilishi

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

­ ambroksol va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik

­ meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligi

­ homiladorlikning I uch oyligida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Ambro® ni yoʻtalga qarshi taʼsirga ega boʻlgan dori vositalari (masalan, kodein saqlovchi) bilan bir vaqtda qoʻllash tavsiya qilinmaydi. Ambro® ni antibiotiklar bilan bir vaqtda qoʻllash antibiotiklarni (amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin, doksitsiklin va boshqalar) oʻpka yoʻllariga oʻtishini yaxshilaydi, bu davolash muddatini qisqartirishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishlarida, bronxlarning motor disfunksiyasida yoki koʻp miqdorda sekret ajralib chiqishida (shilliqni toʻplanishi havfi tufayli) ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Ogʻir jigar va buyrak yetishmovchiligida preparatning dozasini kamaytirish yoki qabul qilishlar orasidagi vaqt oraliqlarini uzaytirish kerak.

Pediatriyada qoʻllanilishi

Ushbu dori shaklini 6 yoshdan kichik bolalar qabul qilishi tavsiya qilinmaydi.

Yordamchi moddalar

Preparatni kam uchraydigan nasliy galaktoza oʻzlashtiraolmasligi, laktaza (Lapp turi) yetishmovchiligi yoki glyukoza­galaktoza malabsorbsiya sindromi boʻlgan patsiyentlar qabul qilishi tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davri

Homiladorlikning I uch oyligida tavsiya qilinmaydi. Homiladorlikning II va III uch oyligida va laktatsiya davrida preparatni agar davolashdan kutilayotgan samara homila/bola uchun potensial havfdan ustun boʻlsagina qoʻllash mumkin.

Ambro® koʻkrak sutiga oʻtadi, biroq, terapevtik dozada u bolaga salbiy taʼsir qilmaydi.

Dori vositasini transport vositasini yoki potensial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir qilishining oʻziga xosligi

Taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: koʻngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya.

Davolash:  preparat qabul qilinganidan keyin dastlabki 1­2 soatda meʼdani yuvish,  simptomatik terapiya.

 

Chiqarilish shakli va oʻrami

10 tabletkadan polivinilxlorid plenka va alyumin folgali kontur uyali oʻramda.

2 kontur uyali oʻram davlat va rus tilidagi, tasdiqlangan tibbiyotda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutili isteʼmolchi taraga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.