Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Альцехолин РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Альцехолин РАСТВОР ДЛЯ ИНЕКЦИИ 1000мг/4мл №5

115 000 so'mdan
(3055)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
REMEDY GROUP
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИН
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Farmakodinamika
Farmakokinetikasi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta’sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dorilarning o’zaro ta’siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli
Farmakodinamika

MNT ga yuqori ta’sir ko‘rsatuvchi xolinomimetik markaziy ta’sir. Preparat 40,5% metabolik ximoyalangan xolin saqlaydi. Xolina al’fosserat organizmda bosh miya fermentlar ta’sirida gliserofosfatgacha biotrasformatsiyalanuvchi xolin va al’fosseratga parchalanadi. Xolin asetilxolin sintezida ishtirok etib, nerv impulslarini jo‘natilishida ishtirok etadi, gliserofosfat esa fosfatidilxolin membranalar neyronlarini muxim omil bo‘lib, natijada membrananing egiluvchanligi va reseptorlari faoliyati yaxshilanadi.

Preparat miya qon aylanishini yaxshilaydi, bosh miya metabolik jarayonlarni kuchaytirib, bosh miya retikulyar formasiyalarni strukturasini aktivlashtiradi va bosh miya jaroxatlaridagi ongni tiklaydi. Neyronlar membranasining fosfolipid o‘zgarishlari va xolinergik aktivlikni pasayishi kabi involyusion psixoorganik sindrom faktorlariga profilaktik xamda korreksiyallovchi ta’sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Preparat gematoensefalik to‘siq orqali oson o‘tadi, asosan miyada to‘planadi( 45% konsentratsiyasi qon zardobida) shuningdek jigar va o‘pkada. Chiqarish asosan o‘pkada kabonat angidrid (85%) shaklida. Qolgan qismi buyraklar va ichak orqali chiqariladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat mushak ichiga va vena ichiga mo‘ljalangan.

Bemorning axvoli o‘tkir xolatlarda m/i ga sutkada 1 g dozada sutkada yoki v/i – sutkada 1 g dan 3 g gacha.

V/i yuborilishda 4 ml preparatni 50 ml fiziologik eritma bilan suyultiriladi; infuziya tezligi- 60-80 tomchi/daq. Davolash
davomiyligi odatda 10 kunni tashkil qiladi, ammo extiyoj bo‘lsa davolashni ijobiy dinamika paydo bo‘lguncha davom ettirish mumkin.

Nojo‘ya ta’sirlari

Ko‘ngil aynishi(dofaminergik jarayonlar rag‘batlanishi xisobiga), allergik reaksiyalar.

Odatda, preparat uzoq qabul qilishda xam yaxshi o‘zlashtiriladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
  • preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • xomiladorlik va laktasiya.
Dorilarning o’zaro ta’siri

Preparatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro mutanosibligi o‘rganilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Xomiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Xomiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Davolash davrida emizishni to‘xtatish zarur.

Pediatriyada qo‘llanilishi

Bolalarda qo‘llashdagi tajribalar mavjud emas.

Avtotransport vositalari va mexanizmlarni boshqarishga ta’siri

Preparat bemorni avtomobil boshqarish va potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishida dozani kamaytirishdan yoki davolashni to‘xtatilgandan so‘ng o‘tuvchi ko‘ngil aynishi,bezovtalik, uyqusizlik.

Davolash- simptomatik.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resept bo‘yicha beriladi.

Dori shakli

In’eksiya uchun eritma