Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АЛЛОПУРИНОЛ ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АЛЛОПУРИНОЛ ТАБЛЕТКА 100МГ №50

18 000 so'mdan
(3116)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
ALLOPURINOL
Ishlab chiqaruvchi
ОЗОН
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

tabletkalar

 

Farmakodinamikasi

Allopurinol – organizmda siydik kislotasi va uning tuzlarini sintezini susaytiruvchi, podagraga qarshi preparatdir. Preparat gipoksantinni ksantinga va ksantinni siydik kislotasiga aylanishida ishtirok etuvchi ksantinoksidaza fermentini spesifik ingibisiya qilish xususiyatiga ega. Buning natijasida qon zardobida uratlar miqdori pasayadi, bu ularni to‘qima va buyrakda to‘planishini oldini oladi. Allopurinol organizmda oksipurinol (alloksantin) ga aylanadi, u ham shuningdek siydik kislotasini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, lekin oksipurinilning faolligi allopurinolga nisbatan pastroq.

Farmakokinetikasi

Allopurinol ichga qabul qilinganidan keyin tez va to‘liq so‘riladi. Me‘dada deyarli so‘rilmaydi, so‘rilishi o‘n ikki barmoq ichak va ingichka ichakning yuqori qismida amalga oshadi. Metabolizmi natijasida asosiy farmakologik faol metaboliti – oksipurinol hosil bo‘ladi. Oksipurinolning maksimal darajasiga 3-4 soatdan keyin erishiladi, hosil bo‘lish tezligi individual tizim oldi metabolizmining darajasi va tezligiga bog‘liq. Allopurinol va oksipurinol qon plazmasi oqsillari bilan deyarli bog‘lanmaydi. Allopurinolning plazmadan yarim chiqarilish davri 40 minutni, oksipurinolning – 17-21 soatni tashkil qiladi. Allopurinol va oksipurinolning 80% buyrak orqali, 20% – ichak orqali chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida oksipurinolning yarim chiqarilish davri uzayadi.

Qo‘llanilishi

Kattalar uchun:

  • giperurikemiya (qon zardobida siydik kislotasining miqdori 500 mkmol/l
    (8,5 mg/100 ml) va parhez bilan nazorat qilib bo‘lmaydigan undan yuqori miqdori);
  • qonda siydik kislotasining miqdori oshishi chaqirgan kasalliklar, ayniqsa podagra, uratli nefropatiya va urat siydik-tosh kasalligida;
  • turli etiologiyali ikkilamchi giperurikemiya, shu jumladan psoriazda;
  • turli gemoblastozlarda (o‘tkir leykoz, surunkali mieloleykoz, limfosarkoma) birlamchi va ikkilamchi giperurikemiya;
  • neoplastik va mieloproliferativ kasalliklarni sitotoksik davolashda qo‘llaniladi.

Bolalar uchun:

  • leykemiyani davolash natijasidagi uratli nefropatiya;
  • turli etiologiyali ikkilamchi giperurikemiya;
  • tug‘ma fermentativ yetishmovchilik, shu jumladan Lesha-Niena sindromi (gipoksantin-guanin-fosforiboziltransferazani qisman yoki to‘liq tanqisligi) va adenin-fosforiboziltransferazani tug‘ma tanqisligida qo‘llaniladi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqatdan keyin, chaynamasdan, ko‘p miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik dozani qon zardobidagi siydik kislotasining miqdoriga bog‘liq holda individual ravishda aniqlanadi. Odatda sutkalik doza sutkada 100-300 mg ni tashkil qiladi. Nojo‘ya reaksiyalar xavfini kamaytirish uchun davolashni 100 mg allopurinolni sutkada bir marta qabul qilishdan boshlash kerak.

Zarurati bo‘lganida boshlang‘ich dozani maksimal samaraga erishilgunigacha har 1-3 haftada 100 mg ga asta-sekin oshiriladi. Samarani bir maromda tutib turuvchi doza odatda sutkada 200-600 mg ni tashkil qiladi. Ayrim hollarda preparatning dozasini sutkada 600-800 mg gacha oshirish mumkin.

Agar sutkalik doza 300 mg dan oshsa, uni 2-4 teng qabullarga bo‘lish kerak.

Dozani oshirishda qon zardobida oksipurinolning miqdorini nazorat qilish kerak, u
15 mkg/ml (100 mkmol/l) dan oshmasligi kerak.

Maksimal bir martalik doza 300 mg ni, maksimal sutkalik doza – 800 mg ni tashkil qiladi.

3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tana vazniga 5 mg/kg sutkalik dozadan buyuriladi,
6 yoshdan 10 yoshgacha – tana vazniga 10 mg/kg buyuriladi. Qabul qilishlar soni sutkada 3 martani, maksimal sutkalik doza – 400 mg ni tashkil qiladi.

Buyrak yetishmovchiligi

Davolashni 100 mg sutkalik dozadan boshlash kerak, uni faqat preparatning samarasi yetarli bo‘lmaganida oshiriladi. Dozani tanlashda kreatinin klirensining ko‘rsatkichlariga asoslanish kerak:

 

Kreatinin klirensi Allopurinolning sutkalik dozasi
minutiga 20 ml dan ortiq Standart doza 100-300 mg
minutiga 10-20 ml 100-200 mg
minutiga 10 ml dan kam 100 mg va yuqoriroq dozalarni qabul qilishlar orasidagi katta intervallar bilan (pasientning holati va buyrakning funksional xususiyatiga bog‘liq holda 1-2 va undan ko‘proq kundan keyin)

Gemodializda bo‘lgan pasientlarga gemodializning har bir seansidan keyin (haftasiga 2-3 marta) 300-400 mg Allopurinolni qo‘llash kerak.

Neoplastik va mieloproliferativ kasalliklarni sitotoksik davolashda giperurikemiyani oldini olish uchun Allopurinol sutkada 400 mg dan buyuriladi. Preparatni antiblastom davolashni boshlashdan 2-3 kun oldin yoki bir vaqtda qabul qilish kerak va spesifik davolash tugaganidan keyin bir necha kun davomida qabul qilishni davom ettirish kerak.

Optimal diurez va siydikda uratlarni eruvchanligini oshirish uchun siydikni ishqoriy muhitini tutib turish uchun adekvat gidratasiyani ta‘minlash muhimdir.

Davolash davomiyligi asosiy kasallikni kechishiga bog‘liq.

Keksa yoshdagi pasientlar

Aniq ma‘lumotlar yo‘qligida minimal samarali dozalarni qo‘llash kerak.

Jigar funksiyasini buzilishida dozani minimal samarali dozagacha pasaytirish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allopurinolning eng ko‘p tarqalgan nojo‘ya reaksiyalari teri toshmalari hisoblanadi. Nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi buyrak va/yoki jigar tomonidan buzilishlarda ortadi.

Nojo‘ya reaksiyalar kasallik, qabul qilingan doza, shuningdek boshqa dori vositalari bilan birga buyurilganligiga bog‘liq holda farqlanishi mumkin.

Allopurinol bilan davolash boshida podagrik tugunlar boshqa depolardan siydik kislotasini mobilizasiyasi sababli podagraning reaktiv xurujlari paydo bo‘lishi mumkin.

Immun tizimi

Tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan teri reaksiyalari;

Juda kam hollarda – limfadenopatiya, shu jumladan angioimmunblast limfadenopatiya (preparatni bekor qilinganda odatda qaytuvchan); anafilaksiya, shu jumladan anafilaktik shok;

Tez-tezligi noma‘lum – artralgiya.

Eksfoliasiya, isitma, limfadenopatiya, artralgiya va/yoki eozinofiliya bilan assosiasiyalangan jiddiy tarqalgan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan teri reaksiyalari (“Teri va teri osti kletchatkasi”ga qarang) kamroq yuz beradi. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bilan assosiasiyalangan vaskulitlar va to‘qimalarning reaksiyalari turli ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin, shu jumladan gepatitlar, buyrakni shikastlanishi (interstisial nefrit) va juda kam hollarda tirishishlar kuzatiladi. Bu reaksiyalar davolashning har qanday muddatida paydo bo‘lishi mumkin, ular paydo bo‘lganida allopurinolni qabul qilish darhol bekor qilinishi kerak.

Teri va teri osti kletchatkasi

Tez-tez– qichishish; toshma, shu jumladan kepaklanuvchi, purpursimon, makulopapulyoz toshma;

Kam hollarda – eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz;

Juda kam hollarda – alopesiya, angioedema, sochlarni rangsizlanishi, fiksasiyalangan dori eritemasi;

Tez-tezligi noma‘lum – eozinofiliya, eshakemi bilan assosiasiyalangan teri reaksiyalari.

Teri reaksiyalari ko‘proq tarqalgan reaksiyalar hisoblanadi va davolashning har qanday davrida paydo bo‘lishi mumkin, ular paydo bo‘lganida allopurinolni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak. Simptomlar kamayganidan keyin preparatni past dozalarda (masalan, sutkada 50 mg), zarurati bo‘lganida asta-sekin oshirish bilan buyurish mumkin. Teri toshmalari takroran paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni butunlay to‘xtatish kerak, chunki o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir darajali tarqalgan reaksiyalari paydo bo‘lishi mumkin.

Infeksiyalar va invaziyalar

Juda kam hollarda – furunkulez.

Qon tizimi va limfatik tizimi (ayniqsa buyrak va/yoki jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda)

Juda kam hollarda – suyak ko‘migini og‘ir darajali shikastlanishi (trombositopeniya, agranulositoz, aplastik anemiya);

Tez-tezligi noma‘lum – leykopeniya, leykositoz, eozinofiliya, gemolitik anemiya, qon ivishini buzilishi. Allopurinol bilan davolash bilan bog‘liq o‘tkir toza eritrositar aplaziya holati haqida xabar berilgan.

 

Metabolik buzilishlar

Juda kam hollarda – qandli diabet, giperlipidemiya;

Tez-tezligi noma‘lum – davolashning boshida podagraning reaktiv xurujlari bo‘lishi mumkin.

Ruhiy buzilishlar

Juda kam hollarda –depressiya.

Nerv tizimi

Juda kam hollarda – ataksiya, koma, bosh og‘rig‘i, neytropatiyalar, tirishishlar, periferik nevritlar, paresteziyalar, falajlar, uyquchanlik, ta‘m bilishni o‘zgarishi;

Tez-tezligi noma‘lum – bosh aylanishi.

Ko‘rish a‘zolari

Juda kam hollarda – katarakta (ayniqsa keksa yoshli pasientlarda, yuqori dozalarni uzoq muddat qo‘llanganda), makulyar o‘zgarishlar, ko‘rishni o‘zgarishi.

Eshitish a‘zolari va vestibulyar apparat

Juda kam hollarda – vertigo.

Yurak-qon tomir tizimi

Juda kam hollarda – stenokardiya, bradikardiya, arterial gipertenziya;

Tez-tezligi noma‘lum – vaskulitlar.

Ovqat hazm qilish yo‘llari

Tez-tez emas –ko‘ngil aynishi, qusish (allopurinolni ovqatdan keyin qabul qilib saqlanish mumkin);

Juda kam hollarda –defekasiya ritmini o‘zgarishi, stomatit, steatoreya, gematomezis;

Tez-tezligi noma‘lum – diareya, abdominal og‘riq.

Gepatobiliar tizimi

Tez emas – jigar sinamalarining darajasini simptomsiz oshishi;

Kam hollarda – gepatit (shu jumladan gepatonekroz va granulematoz gepatit), o‘tkir xolangit. Jigar disfunksiyasi (preparatni bekor qilishda odatda qaytuvchan) o‘ta yuqori sezuvchanlikning tarqalgan reaksiyalarini aniq belgilarisiz paydo bo‘lishi mumkin.

Siydik chiqarish tizimi

Juda kam hollarda – interstisial nefrit, gematuriya, uremiya;

Tez-tezligi noma‘lum – nefrolitiaz.

Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda – ginekomastiya, impotensiya, erkaklar bepushtligi;

Tez-tezligi noma‘lum – tungi pollyusiya.

Umumiy buzilishlar

Juda kam hollarda – asteniya, isitma, lohaslik hissi, shishlar, miopatiya/mialgiya, to‘qimalarda, shu jumladan mushaklarda ksantinli cho‘kmalar.

Isitma o‘ta yuqori sezuvchanlikning tarqalgan reaksiyalari bilan va usiz paydo bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • Allopurinol yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • jigar yoki buyrak funksiyasini og‘ir darajali buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 2 ml dan kam);
  • podagraning o‘tkir xuruji;
  • galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, glyukozo-galaktoz malabsorbsiyasi sindromida qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kumarin turidagi antikoagulyantlar – varfarin va boshqa kumarinlarning samarasi kuchayadi, shuning uchun koagulyasiya ko‘rsatkichlarini yanada tez-tez nazorat qilib turish talab qilinadi, shuningdek antikoagulyantlar dozasini kamaytirish talab qilinishi mumkin.

Azatioprin, merkaptopurin – allopurinol ksantinoksidazani ingibisiya qilishi sababli, purinning bu hosilalarini metabolizmi sekinlashadi, samarasi uzayadi, toksikligi ortadi, shuning uchun ularning odatdagi dozasini 50-75% (odatdagi dozaning ¼ gacha) ga pasaytirish kerak.

Vidarabin (adenin arabinozidi) – vidarabinning toksiklik xavfi oshishi bilan birga uning yarim chiqarilish davri uzayadi. Ushbu majmuani ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Salisilatlar (katta dozalar), urikozurik preparatlar (masalan, sulfinpirazon, probenesid, benzbromaron) – uning asosiy metaboliti oksipurinolni chiqarilishini tezlashishi sababli, allopurinolning samaradorligi pasayishi mumkin. Shuningdek probenisidni chiqarilishini sekinlashtiradi. Allopurinolning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Xlorpropamid – buyrak funksiyasini buzilishida uzoq muddatli gipoglikemiya xavfi ortadi, bu xlorpropamidning dozasini kamaytirishni talab qilish mumkin.

Fenitoin – jigarda fenitoinning metabolizmi buzilish mumkin; buning klinik ahamiyati noma‘lum.

Teofillin, kofein – allopurinol yuqori dozalarda teofillin, kofeinning metabolizmini susaytiradi va plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi. Allopurinol bilan davolashning boshida yoki uning dozasini oshirishda qon plazmasida teofillinning miqdorini nazorat qilish kerak.

Ampisillin, amoksisillin – allergik reaksiyalar, shu jumladan teri toshmalari paydo bo‘lishi xavfi ortadi, shuning uchun allopurinol qabul qilayotgan pasientlar boshqa antibiotiklarni qabul qilishlari kerak.

Siklosporin – qon plazmasida siklosporinning konsentrasiyasi va muvofiq ravishda, nojo‘ya reaksiyalari, ayniqsa nefrotoksikligini rivojlanish xavfi ortishi mumkin.

Sitostatiklar (masalan, siklofosfamid, doksorubisin, bleomisin, prokarbazin, mexloretamin) – ushbu dori vositalarini alohida qo‘llashga nisbatan, neoplastik kasalliklari (leykemiyadan tashqari) bo‘lgan pasientlarda suyak ko‘migining supressiyasi xavfi yuqori, shuning uchun qon ko‘rsatkichlarini qisqa vaqt intervallari orasida nazorat qilish kerak.

Didanozin – allopurinol dadanozinning qon plazmasida didanozinning konsentrasiyasini oshirib, toksiklik xavfini oshiradi, ularni birga qo‘llashdan saqlanish kerak.

Kapesitabin – kapesitabinni ishlab chiqaruvchilarga, uni allopurinol bilan birga qo‘llashdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Diuretiklar, shu jumladan tiazid va u bilan bog‘liq preparatlar – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini, ayniqsa buyrak funksiyasi buzilgan pasientlarda rivojlanish xavfi ortadi.

AAF ingibitorlari, shu jumladan kaptopril – leykopeniya kabi gematotoksik reaksiyalar va o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini rivojlanishini xavfi, ayniqsa buyrak funksiyasini buzilishlarida yuqori bo‘ladi.

Antasidlar – allopurinolni alyuminiy gidroksidini qabul qilishdan 3 soat oldin qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Parhez bo‘yicha tavsiyalarga amal qilinganda va buyrakning og‘ir darajali shikastlanishlari yo‘qligida, siydik kislotasining miqdori 500 mkmol/l (8,5 mg/100 ml muvofiq keladi) dan past bo‘lganida preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Purinlarni ko‘p saqlovchi mahsulotlarni (masalan, submahsulotlar: buyrak, miya, jigar, yurak va til; go‘shtli qaynatmalar va alkogol, ayniqsa pivo) iste‘mol qilish mumkin emas.

Allopurinol bilan davolashda diurezni kamida sutkada 2 l darajada tutib turish kerak, bunda siydikning reaksiyasi neytral yoki kuchsiz ishqoriy bo‘lishi kerak, chunki bu uratlar presipitasiyasi, konkrementlar hosil bo‘lishini oldini oladi. Shu maqsadda allopurinolni siydikni ishqoriylashtiruvchi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.

Teri toshmasini birinchi ko‘rinishlarida yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa har qanday belgilarida, o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa jiddiyroq reaksiyalarini (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) oldini olish uchun preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak.

Allopurinolni:

  • buyrak va jigar funksiyasini buzilishlarida – shifokorning doimiy nazorati zarur, muvofiq tavsiyalarni e‘tiborga olib, allopurinolning dozasini pasaytirish kerak;
  • gemopoezning ilgari aniqlangan buzilishlarida;
  • buyrak funksiyasini yondosh buzilishi bo‘lishi mumkinligi sababli, AAF ingibitorlari va/yoki diuretiklarni qabul qilayotgan, arterial gipertenziya yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Simptomsiz giperurikemiya odatda, allopurinolni qo‘llash uchun ko‘rsatma hisoblanmaydi, chunki muvofiq parhezga rioya qilish va adekvat suyuqlik ichish tartibiga rioya qilish yetarlidir.

Podagraning o‘tkir huruji: xuruj to‘liq bartaraf qilinmagunigacha allopurinol bilan davolashni boshlash mumkin emas, chunki keyingi xurujlar qo‘zg‘atilishi mumkin.

Boshqa urikozurik preparatlar kabi, allopurinol bilan davolashni boshida ko‘p miqdorda siydik kislotasini mobilizasiyasi sababli podagraning o‘tkir xuruji bo‘lishi mumkin. Shuning uchun birinchi 4 hafta davomida profilaktika maqsadida nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (aspirin yoki salisilatlardan tashqari) yoki kolxisinni bir vaqtda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Agar podagraning o‘tkir xuruji allopurinolni qabul qilayotgan pasientlarda paydo bo‘lsa, davolashni xuddi shu dozada davom ettirish, o‘tkir xurujni esa muvofiq yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan davolash kerak.

Adekvat davolashda buyrakda yirik urat toshlarini erishi, ularni siydik chiqaruvchi yo‘llariga tushishi va ularni tiqilishi (buyrak sanchig‘i) kuzatilishi mumkin.

Neoplastik kasalliklar, Lesh-Nien sindromi bo‘lgan pasientlarda giperurikemiyani oldini olish uchun allopurinolni radioterapiya yoki kimyoterapiyani boshlashdan oldin buyurish kerak. Bunday hollarda minimal samarali dozalarni qo‘llash kerak. Siydik chiqaruvchi yo‘llarda ksantin cho‘kmalari paydo bo‘lishi xavfini kamaytirish uchun optimal diurez, siydikni ishqoriylashtirishni tutib turish uchun adekvat gidratasiya zarur.

Allopurinol tabletkalari laktoza saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-gaklaktoz malbabsorbsiya kabi kam uchraydigan irsiy muammolari bo‘lgan pasientlar preparatni qabul qilishlari mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.

Allopurinolni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.

Preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Bolalar. Allopurinol tabletkalari 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.

Preparatga individual reaksiyani aniqlaguncha bosh aylanishi va uyquchanlikni paydo bo‘lishi sababli, transport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, abdominal og‘riq. Ayrim hollarda – buyrak yetishmovchiligi, gepatit.

Davolash: simptomatik, tutib turuvchi choralar qo‘llaniladi. Optimal diurezni tutib turish uchun adekvat gidratasiya allopurinol va uning metabolitlarini chiqarishga yordam beradi. Zarurati bo‘lganida – gemodializ o‘tkaziladi. Spesifik antidoti noma‘lum.

 

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.