Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Аллокин-альфа ЛИОФИЛИЗАТ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Аллокин-альфа ЛИОФИЛИЗАТ ДЛЯ ИНЪЕКЦИЙ 1мг №3

805 100 so'mdan
(1556)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ФГУП
Chiqarilish shakli
ЛИОФ Д/ИНф
Farma. Guruh
Иммуномодуляторы
Dori tafsilotlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik hususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalar
Nojoʻya tasirlari
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va emizish davri (bu vaqtda davolanish toʻxtatiladi), yaqqol namoyon boʻlgan autoimmun kasalliklar. Bolalarda qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Surunkali retsidiv genital gerpesni davolashda atsiklovir va uning xosilalari bilan majmuada buyurilishi mumkin (preparatlar turli taʼsir mexanizmiga ega va ular virus infeksiyasini davolashda bir birini toʻldiradi). Oʻtkir V gepatitida preparat umum qabul qilgan olingan asosiy davolash fonida buyuriladi. Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan.

 

 

Dori shakli: 

teri ostiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

 

Tarkibi:

1 ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1,0 mg alloferon [gistidil-glitsil-valil-seril-glitsil-gistidil-glitsil-glutaminil-gistidil-glitsil-valil-gistidil-glitsin].

 

 

Taʼrifi:

 oq rangli liofilizatsiya qilingan kukun yoki gʻovakli modda. Gigroskopik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

viruslarga qarshi va immunomodulyator vosita

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamika

Alloferon oligopeptid hisoblanadi. Farmakologik taʼsiri boʻyicha alfa interferonga oʻxshash. Alloferon endogen interferonlar sintezining samarali induktori va tabiiy killerlar tizimini faollashtiruvchisi xisoblanadi, sitotoksik limfotsitlar bilan nuqsonli xujayralarni aniqlash va ularning lizisini qoʻzgʻatuvchi qobiliyatga ega. Eksperimentlarda A va V grippi, V va S gepatiti, 1 va 2 turdagi gerpes va odam papillomasi (onkogen turlari) viruslari tomonidan chaqirilgan infeksiyalarga nisbatan yuqori samaradorligi namoyish etilgan. Alloferon umumiy toksiklikka, allergen hususiyatlarga, mutagen va kanserogen taʼsirga ega emas, embriotoksik taʼsir koʻrsatmaydi va reproduktiv funksiyaga taʼsir qilmaydi.

Farmakokinetika

Qonga tez oʻtadi, u yerda immunokompetent xujayralar bilan oʻzaro taʼsirlanadi, soʻng qon zardobi oqsillari bilan uning metabolitlarini yaqin strukturali oʻxshashligi tufayli Alloferon konsentratsiyasini aniqlash qiyin. Preparat yuborilganidan keyin 2 soat oʻtgach interferon konsentratsiyasini oshishi kuzatilgan va sutka soʻngida dastlabki miqdorga erishish bilan u yuqori darajada 6-8 soat davomida (odatdagidan 2-2,5 marta koʻproq) saqlangan. Tabiiy killerlarning funksional faolligi preparat yuborilganidan keyin 7 kun davomida kuzatilgan.

 

 

Qoʻllanilishi

Odam papillomasi onkogen viruslari bilan chaqirilgan surunkali papillomavirus infeksiyasi, surunkali qaytalanuvchi gerpes 1 va 2 tiplari, oʻtkir V gepatitining oʻrtacha ogʻir (sariq) shaklining majmuaviy davolash tarkibida qoʻllaniladi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalar

Preparat teri ostiga yuboriladi.

Odam papillomasi onkogen viruslari tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash standart kursi kunora 1 mg dan preparat inyeksiyalarini oʻz ichiga oladi, bir kurs uchun jami 6 inyeksiya. Gerpes qaytalanishini davolashning standart kursi kunora 1 mg dan preparat inyeksiyalarini oʻz ichiga oladi, bir kurs uchun jami 3 inyeksiya.

Oʻtkir V gepatiti oʻrtacha ogʻir (sariq) shaklida preparatni aniq tashxis aniqlanganidan keyin 1 mg dozada xaftada 3 marta, 3 xafta davomida buyuriladi (jami 9 ta inyeksiya).

Inyeksiya uchun eritmani tayyorlash uchun erituvchi sifatida 1 mg 0,9% li natriy xlorid eritmasini qoʻllash lozim.

 

Nojoʻya tasirlari

Ayrim xolatlarda xolsizlik, bosh aylanishi, toshmalarning shakllari paydo boʻlishi mumkin (gerpetik infeksiyada).

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Allokin-alfa onkogen turi virusi tomonidan chaqirilgan papillomavirus infeksiyasini davolash uchun monoterapiyada, bachadon boʻyni va anogenital soxani klinik va subklinik shikastlanishlari boʻlmaganida tavsiya etiladi.

Onkogen turi viruslari tomonidan chaqirilgan qoʻzgʻatgan, bachadon boʻyni va anogenital soxani  klinik va subklinik shikastlanish shakllarini papillomavirus infeksiyasini majmuaviy davolashda tavsiya etiladi. 1 va 2 turdagi retsidiv surunkali gerpesni davolashni, kasallikni ilk belgilari paydo boʻlishi bilan boshlash tavsiya etiladi.

V gepatitida – sariqlik paydo boʻlganidan keyin 7 kundan kechiktirmay davolashni boshlash kerak.

Avtomobilni boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Bosh aylanishi paydo boʻlganda, avtomobilni boshqarish va texnika bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Xozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborish xolatlari kuzatilmagan.

 

Chiqarilish shakli

Teri ostiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 1,0 mg.

Rangsiz shisha ampulada 1,0 mg. 1, 2, 3, 5 yoki 10 ampula kontur uyali oʻramga joylangan. boʻlinmalarga boʻlingan oʻramga solinadi. 1 yoki 2 kontur uyali oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 2 dan 8°S gacha haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.