Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Аллохол ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Аллохол ТАБЛЕТКА №50

1 500 so'mdan
(2979)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ВИФИТЕХ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Желчегонные препараты
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Chiqarilish shakli: 

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: qoramolning quruq safrosi – 80 mg, quritilgan sarimsoqpiyoz – 40 mg; faollashtirilgan ko‘mir – 25 mg; gazanda barglari – 5 mg;

yordamchi moddalar (yadro): magniy oksidi – 11 mg, kartoshka kraxmali – 43 mg, talk –        3 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 1 mg, kalsiy stearati – 2 mg.

yordamchi moddalar (qobig‘i): saxaroza (qand) – 164 mg, magniy gidrokarbonati (magniy karbonat asosi) – 35 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 2 mg, titan dioksidi –     3 mg, povidon (polivinilpirolidon) – 2 mg, talk – 3 mg, tropeolin O bo‘yovchisi – 0,04 mg, asalari mumi – 0,2 mg.

 

Ta‘rifi: 

dumaloq, ikki tomoni qavariq, och-sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida uch qavat: yadrosi – kulrang-qora rangli dog‘li, o‘rta qavati – oq rangli, va tashqi – och sariq rangli ko‘rinadi.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 safro haydovchi vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Safro haydovchi (xolekinetik va xoleretik) vosita bo‘lib, ichakda chirish va achish jarayonlarini pasaytiradi. Jigar hujayralarining sekretor funksiyasini kuchaytiradi, me‘da-ichak yo‘llarining (MIY) a‘zolarining sekretor va harakat faolligini reflektor oshiradi. Safro va o‘t kislotalarini hosil bo‘lishini kuchaytiradi.

Safroning ta‘siri jigar parenximasini sekretor funksiyasiga reflektor ta‘siri bilan ifodalanadi. Safro shuningdek MIY sekretor va harakat funksiyasini kuchaytiradi.

Sarimsoqpiyozning tarkibidagi moddalar MIY sekretor va motor funksiyasini kuchaytiradi, safroning sekresiyasini rag‘batlantiradi.

Gazandaning barglari safro haydovchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.

Faollashtirilgan ko‘mir MIY da toksik moddalarni bog‘lab oluvchi adsorbent hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

Alloxol MIY da yaxshi so‘riladi. Alloxolning tarkibidagi holat va xenodezoksixolat kislotalari jigarda metabolizmga uchraydi: aminokislotalar bilan kon‘yugasiyaga uchraydi, safroga sekresiyalanadi, u yerdan yana ichakka chiqariladi, so‘ngra qisman qayta so‘riladi; qolgan qismi ichak orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Surunkali reaktiv gepatit, xolangit, toshsiz (kalkulyoz bo‘lmagan) xolesistitda, o‘t chiqarish yo‘llarining gipokinetik tur bo‘yicha diskeneziyasi, atonik qabziyat, postxolesistektomik sindromida majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan keyin, 1-2 tabletkadan sutkada 3-4 marta 3-4 hafta davomida buyuriladi.

12 yoshdan oshgan bolalarga – 1 tabletkadan kuniga 3 marta (ovqatdan keyin) 3-4 hafta davomida buyuriladi.

Takroriy davolash kurslari 3 oylik interval bilan o‘tkaziladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Diareya, allergik reaksiyalar, qon zardobida “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, kalkulyoz xolesistit, obturasion sariqlik, o‘tkir gepatit, jigarning o‘tkir va nimo‘tkir distrofiyasi, me‘da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida), o‘tkir pankreatit, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, saxaroza/izomaltoza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbsiya sindromida (chunki tarkibida saxaroza bor) qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Qandli diabet (preparatning tarkibida saxaroza bor).

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Alyumin gidroksid saqlovchi preparatlar, kolestiramin, kolestipol preparatning so‘rilishi va samarasini kamaytiradi. Bir vaqtda qabul qilish maqsadga muvofiq emas.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni ona uchun foyda, homila yoki bola uchun xavfdan yuqori bo‘lganida, shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.

Alohida diqqat va reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga preparatning ta‘siri

Preparat avtomobilni boshqarish qobiliyatiga va alohida diqqatni va reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Diareya, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, terini qichishishi kuzatilishi mumkin. Davolash simptomatik.

 

 

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

50 tabletkadan polimer bankalarda.

10, 20, 24, 50 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.

10 tabletkadan 2, 3, 4 yoki 5 kontur uyali o‘ram yoki 1 polimer banka tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

10, 20, 24 va 50 tabletkadan kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga yoki karton qutilar guruh o‘ramiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.