Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Алитро ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Алитро ТАБЛЕТКА 250мг №6

18 000 so'mdan
(3625)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
АЛИША & ИША ФАРМА
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Антибиотики
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: azitromitsin digidrati (azitromitsinga qayta hisoblanganda) – 250 mg yoki 500 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy laurilsulfati, kraxmal, povidon -30, talk, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza, natriy kraxmalglikolyati.

Qobigʻi: titan dioksidi, povidon -30, izopropilspirti, metilenxlorid.

 

Taʼrifi:

250 mg li doza: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida sindirish chizigʻi boʻlgan, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

500 mg li doza: uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida sindirish chizigʻi boʻlgan, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

antibiotik, azalid.

 

Farmakologik xususiyatlari

Keng taʼsir doirasiga ega antibiotikdir. Makrolid antibiotiklarining kichik guruhi – azalidlarning vakili hisoblanadi. Yalligʻlanish oʻchogʻida yuqori konsentratsiyalarga erishganda bakteritsid taʼsir koʻrsatadi.

Azitromitsinga grammusbat kokklar: Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, S, F va G guruhi streptokokklari, Staphylococcus aureus, Staphylococcus viridans; grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B.parapertussis, Legionella pneumophila, Haemophilus ducreyi, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis; ayrim anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Clostridium perfringens, Peptostreptococcus spp; shuningdek Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdorferi sezgir. Azitromitsin eritromitsinga chidamli grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol emas.

Farmakokinetikasi

Azitromitsin meʼda-ichak yoʻllaridan tez soʻriladi, bu uning kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bogʻliq. 500 mg ichga qabul qilingandan keyin azitromitsinning qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasiga 2,5-2,96 soatdan keyin erishiladi va 0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 37% ni tashkil qiladi.

Azitromitsin nafas yoʻllari, urogenital yoʻllari aʼzolari va toʻqimalariga (xususan prostata beziga), teri va yumshoq toʻqimalarga yaxshi kiradi. Toʻqimalardagi yuqori konsentratsiyasi (qon plazmasidagidan 10-50 marta yuqori) va davomli yarim chiqarilish davri azitromitsinni qon plazmasidagi oqsillar bilan past darajada bogʻlanishi, shuningdek uni eukariotik xujayralarga kirishi va lizosomalar atrofidagi rN past boʻlgan muhitda toʻplanishi bilan bogʻliq. Bu oʻz navbatida yuqori taxminiy taqsimlanish hajmi (31,1 l/kg) va plazmadagi yuqori klirensini taʼminlaydi. Azitromitsinni asosan lizosomalarda toʻplanish qobiliyati ayniqsa xujayra ichidagi qoʻzgʻatuvchilarni eliminatsiyasida juda muhim. Fagotsitlar azitromitsinni infeksiya oʻchogʻiga yetkazishi, u yerda u fagotsitoz jarayonida ajralib chiqishi isbotlangan. Infeksiya oʻchogʻidagi azitromitsinning konsentratsiyasi sogʻlom toʻqimalardagi konsentratsiyasidan ishonchli ravishda yuqori (oʻrtacha 24-34%) va yalligʻlanish shishi bilan toʻgʻri proporsional. Fagotsitlardagi yuqori konsentratsiyasiga qaramay azitromitsin ularning faoliyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatmaydi. Azitromitsin oxirgi doza qabul qilingandan keyin 5-7 kun davomida yalligʻlanish oʻchogʻida yuqori bakteritsid konsentratsiyalarda saqlanadi, bu qisqa (3 kunlik va 5 kunlik) davolash kurslarini ishlab chiqish imkonini berdi.

Jigarda demetilizatsiyaga uchraydi, hosil boʻlgan metabolitlar faol emas.

Azitromitsinni plazmadan chiqarilishi 2 bosqichda amalga oshadi: preparat qabul qilingandan keyin 8 soatdan 24 soatgacha intervalda yarim chiqarilish davri 14-20 soatni va 24 soatdan 72 soatgacha intervalda 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qabul qilish imkonini beradi.

 

Qoʻllanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infeksion-yalligʻlanish kasalliklarda:

Yuqori nafas yoʻllarining va LOR-aʼzolarining infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, faringit, oʻrta otit);

Skarlatina;

Quyi nafas yoʻllarining infeksiyalari (shu jumladan atipik qoʻzgʻatuvchilar chaqirgan);

Teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar);

Urogenital yoʻllarining infeksiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsit);

Laym kasalligi (borrelioz), boshlangʻich davrini davolash uchun (erythema migrans);

Helicobacter Pylori bilan assotsiatsiyalangan meʼda va oʻn ikki barmoq ichak kasalliklarida (majmuaviy davolash tarkibida) qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soatdan keyin sutkada 1 marta ichga buyuriladi.

Yuqori va quyi nafas yoʻllarining infeksiyalarida kattalarga – sutkada 500 mg dan 3 kun davomida (kurs dozasi – 1500 mg) buyuriladi.

Teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalarida – birinchi kuni sutkada 1000 mg, keyinchalik 2 kundan 5 kungacha sutkada 500 mg dan (kurs dozasi – 3000 mg) buyuriladi.

Siydik-tanosil aʼzolarining oʻtkir infeksiyalarida (asoratlanmagan uretrit yoki servitsit) – bir marta 1000 mg.

Laym kasalligida (borrelioz) I bosqichni (erythema migrans) davolash uchun – birinchi kuni 1000 mg va 2 kundan 5 kungacha sutkada 500 mg dan (kurs dozasi – 3000 mg) buyuriladi.

Helicobacter Pylori bilan assotsiatsiyalangan meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligida – majmuaviy antixelikobakter davolash tarkibida sutkada 1000 mg dan 3 kun davomida buyuriladi.

12 yoshdan oshgan (tana vazni 45 kg dan yuqori) bolalarga yuqori va quyi nafas yoʻllarining infeksiyalari, teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalarida – sutkada 500 mg dan 3 kun davomida buyuriladi.

Erythema migrans ni davolaganda – 1-chi kuni 1000 mg, 2 kundan 5 kungacha sutkada 1 marta 500 mg dan buyuriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya (5%), koʻngil aynishi (3%), abdominal ogʻriqlar (3%); 1% va undan kamroq  – dispepsiya, meteorizm, qusish, melena, xolestatik sariqlik, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi; bolalarda – qabziyat, anoreksiya, gastrit, taʼm bilishni oʻzgarishi, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatini kandidamikozi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urib ketishi, koʻkrak qafasida ogʻriq (1% va kamroq).

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik; bolalarda – bosh ogʻrigʻi (oʻrta otitni davolaganda), giperkineziya, xavotirlik, nevroz, uyquni buzilishi (1% va kamroq).

Siydik-tanosil tizimi tomonidan: vaginal kandidoz, nefrit (1% va kamroq).

Allergik reaksiyalar: toshma, Kvinke shishi, qichishish, eshakemi. Bolalarda – konʼyunktivit, qichishish, eshakemi.

Boshqalar: kuchli toliqish.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

yetishmovchiligi; laktatsiya davri;

12 yoshdan kichik bolalarda (tana vazni 45 kg dan kam) qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan – aritmiyalar.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Antatsidlar (alyumin va magniy saqlovchi), etanol va ovqat soʻrilishni sekinlashtiradi va pasaytiradi.

Varfarin va azitromitsin (odatdagi dozada) birga buyurilganda protrombin vaqtini oʻzgarishi aniqlanmagan, lekin makrolidlar va varfarinning oʻzaro taʼsiri natijasida antikoagulyatsion samara kuchayishi mumkinligini eʼtiborga olib, patsiyentlarda protrombin vaqtini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

Digoksin: digoksinning konsentratsiyasi oshadi.

Ergotamin va digidroergotamin: toksik taʼsiri (vazospazm, disesteziya) kuchayadi.

Triazolam: triazolamning klirensi pasayadi va farmakologik taʼsiri oshadi.

Sikloserin, bilvosita antikoagulyantlar, metilprednizolon, felodipin, shuningdek mikrosomal oksidlanishga uchraydigan dori vositalari (karbamazepin, terfenadin, siklosporin, geksobarbital, dalachoy alkaloidlari, valproat kislotasi, dizopiramid, bromokriptin, fenitoin, peroral gipoglikemik vositalar, teofillin va ksantinning boshqa hosilalari) – azitromitsinni gepatotsitlarda mikrosomal oksidlanishni ingibitsiya qilishi tufayli chiqarilishini sekinlashtiradi va plazmada konsentratsiyasi va toksikligi oshiradi.

Linkozaminlar samaradorligini susaytiradi, tetratsiklin va xloramfenikol – kuchaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Dozani qabul qilish oʻtkazib yuborilganda uni iloji boricha tezroq qabul qilish kerak, keyingilari esa – 24 soatli interval bilan qabul qilinadi.

Antatsidlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda 2 soatli intervalga rioya qilish kerak.

Davolash bekor qilingandan keyin ayrim patsiyentlarda oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari saqlanib qolishi mumkin, bu shifokor kuzatuvi ostida spetsifik davolashni talab etadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi:

Qoʻllashdan foyda homiladorlik vaqtida har qanday preparatni qoʻllaganda mavjud boʻlgan xavfdan ahamiyatli darajada yuqori boʻlgan hollarda qoʻllash mumkin.

Laktatsiya davrida buyurish zarurati boʻlganida emizishni toʻxtatish masalasini hal qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: kuchli koʻngil aynishi, eshitishni vaqtincha yoʻqolishi, qusish, diareya.

Davolash: meʼdani yuvish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

250 mg li doza:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 6 tabletka Al/PVX, Al/Al blisterda, 1 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

500 mg li doza:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 3 tabletka Al/PVX, Al/Al blisterda, 1 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

10 karton qutilar karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.