Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АЛФЛУТОП 10МГ/МЛ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АЛФЛУТОП 10МГ/МЛ 1МЛ №10 ШТУКА №1

296 000 so'mdan
(4540)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
БИОТЕХНОС
Chiqarilish shakli
ШТ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli:
Farmakologik xususiyatlari

Alflutop – xondroprotektor, mayda dengiz baliqlaridan olingan biofaol konsentrat uning faol komponentidir. Konsentrat mukopolisaxaridlar (xondroitin sulfati), aminokislotalar, peptidlar, natriy, kaliy, kalsiy, magniy, temir, mis va rux ionlarini saqlaydi.

Alflutop normal to‘qimalarning makromolekulyar tuzilishining buzilishini oldini oladi, interstisial to‘qimalarda va bo‘g‘im tog‘ayining to‘qimasida tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiradi, bu uning og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirini tushuntiradi.

Yallig‘lanishga qarshi ta‘siri va to‘qimalarning regenerasiyasi gialuronidazaning faolligini susayishi va gialuron kislotasining biosintezining me‘yorlashishiga asoslangan.

Bu ikki samara sinergik va to‘qimalardagi tiklanish jarayonlarini faollashishini (xususan, tog‘ayning tuzilishini tiklanishini) belgilaydi.

Qo‘llanilishi

Alflutop kattalarda turli joylashgan birlamchi va ikkilamchi osteoartrozda (koksartrozda, gonartrozda, mayda bo‘g‘imlarning artrozida), osteoxondrozda va spondilezda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Poliosteoartrozda va osteoxondrozda preparat mushak ichiga chuqur qilib kuniga 1 ml dan yuboriladi. Davolash kursi 20 in‘eksiyani tashkil qiladi (kuniga 1 in‘eksiyadan 20 kun davomida).

Asosan yirik bo‘g‘imlarning shikastlanishida preparat bo‘g‘im ichiga 1-2 ml dan har bir bo‘g‘imga 3-4 kun oraliq bilan yuboriladi. Hammasi bo‘lib kurs uchun har bir bo‘g‘imga 5-6 in‘eksiya.

Bo‘g‘im ichiga va mushak ichiga yuborish usullarini birga qo‘llash mumkin.

Davolash kursini 6 oy o‘tgach shifokorning maslahatidan keyin takrorlash maqsadga muvofiqdir.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda qichishuvchi dermatit, terini qizarishi va preparat yuborilgan joyda achishish hissi, qisqa muddatli mialgiyalar kuzatilishi mumkin. Alohida hollarda bo‘g‘im ichki in‘eksiyalarida o‘tkinchi og‘riq sindromini kuchayishi mumkin.

Juda kam hollarda anafilaktik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktasiya davri. Bolalar.

Ehtiyotkorlik

Preparatni o‘smirlarda, bu toifa pasientlarda ilmiy klinik ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli, buyurish tavsiya qilinmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Dengiz mahsulotlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik hollarida (dengiz balig‘i) allergik reaksiyalarni rivojlanish xavfi oshadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida moyil pasientlarda allergik reaksiyalar (ba‘zida og‘ir) rivojlanishi mumkin.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-250S haroratda.

 

Dori shakli:

n‘eksiya uchun eritma.