Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АЛЕТОРИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АЛЕТОРИН ТАБЛЕТКА 5МГ №20

17 500 so'mdan
(3027)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Cetirizine
Ishlab chiqaruvchi
КОДЕФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Антигистаминные препараты
Dori tafsilotlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, og‘ir nefropatiya, homiladorlik, emizish davri, preparatga yuqori sezuvchanlik.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Alkogol yoki markaziy nerv tizimining depressantlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida ularning susaytiruvchi ta‘siri sezilarli kuchayadi.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolanish vaqtida yuqori diqqat va tezkor reaksiyalarni talab qiladigan ishlarni (shu jumladan transport vositalarini haydash) bajarish, spirtli va sedativ (tinchlantiruvchi) vositalarni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroklilik muddati o‘tgach ishlatmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: og‘iz qurishi, uyquchanlik, tormozlanish, holsizlik, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, siyishni  qiyinlashishi , qabziyat, xavotirlik, ta‘sirchanlik.

Davolash: simptomatik. Maxsus antidoti yo‘q. Me‘dani yuvish. Gemodializ samarali emas.

 

 

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg va 10 mg dan blisterlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25º S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Dori shakli:

 qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

Ta‘rifi:

 5 mg li tabletkalar: oq rangdan och sariq ranggacha bo‘lgan, dumaloq, ikki yoqlama qavariq tabletkalar;

10 mg li tabletkalar: oval shaklli, ikkiyoqlama qavariq, ikki tomonida bo‘lish chiziqli, oq rangdan och sariq ranggacha bo‘lgan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 antiallergik vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Gistamin N1-reseptorlarining selektiv antagonisti. Allergik reaksiyaning “erta” bosqichida ta‘sir qiladi, eozinofillarning migrasiyasini kamaytiradi, shuningdek allergik reaksiyaning “kechki” bosqichida mediatorlarning ajralib chiqishini cheklaydi. Astmasi bo‘lgan bemorlarda setirizin gistamin chaqiradigan bronxospazmni sezilarli darajada pasaytiradi. Bundan tashqari, u spesifik allergenlarning ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan allergik reaksiyani bartaraf qiladi. Bu samaralar sedativ ta‘sir bilan kechmaydi. Amalda antixolinergik va antiserotonin ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin preparat ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyaga (Smax) 1 soat oralig‘ida erishiladi. Preparatning 93% qon plazmasi oqsillari bilan mustahkam bog‘lanadi. Organizmning to‘qimalarida yaxshi taqsimlanadi, ko‘krak sutiga o‘tadi, lekin gematoenselik to‘siq orqali o‘tmaydi. Preparatning ahamiyatsiz miqdori jigarda metabolizmga uchraydi, asosiy qismi o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Yarimchiqarilish davri (T1/2 kattalarda 7-10 soatni, keksalarda esa 12 soatni tashkil qiladi. Buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarda T1/2 19 soatdan 21 soatgacha uzayishi mumkin.

 

Qo‘llanilishi

Surunkali va mavsumiy allergik rinit, allergik kon‘yunktivit, qichishuvchi dermatozlar, eshakemi, Kvinke antionevrotik shishi (majmuaviy davolash tarkibida).

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga ovqatdan so‘ng 10 mg dozada bir qabulda buyuriladi (kechqurun, uyqudan oldin avzalroq). Kattalar uchun tavsiya qilinadigan sutkalik maksimal doza, ikki qabulda (eratalab va kechqurun) 20 mg. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar preparatning yarim dozasini qabul qilishlari kerak. Buyraklarning faoliyati me‘yorda bo‘lgan keksa bemorlarda dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Preparatni shifokor tavsiyasisiz 7 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat odatda juda yaxshi o‘zlashtiriladi. Uyquchanlik, juda kam hollarda og‘iz, burun, xalqum shilliq qavatining qurishi, yo‘tal, tomoqda og‘riq, dispeptik ko‘rinishlar: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinning dam bo‘lish hissi, qabziyat yoki diareya, ishtahaning kuchayishi, charchoqlik, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin,  dezorientasiya, diplopiya, asabiylik, bosh og‘rig‘i, terlash, siydikni tutilishi. Juda kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari: teri toshmalari, angionevrotik Kvinke shishi.