Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АЛЕР-G ТАБ.

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АЛЕР-G ТАБ. 10МГ №20 ШТУКА №20

27 000 so'mdan
(3124)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
АТМ ФАРМ
Chiqarilish shakli
ШТ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
CHIQARILISH SHAKLI
TARKIBI
TAʼSIRI
QOʻLLANILISHI
QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
QOʻLLASH USULI VA DOZALARI
NOJOʻYa TAʼSIRLARI
YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH
CHIQARILISH SHAKLI

Tabletkalar 10 mg dan, oʻramda 20 tabletka.

TARKIBI

Bir tabletka Aler-G – 10 mg faol modda – setirizin digidroxloridi saqlaydi.

Yordamchi moddalar: Laktoza, Mikrokristallik sellyuloza, Natriy amilglikolyati, Magniy stearati, Kremniy dioksidi.

TAʼSIRI

Aler–G - antigistamin preparat boʻlib, allergiyaga qarshi taʼsir koʻrsatadi.

N1-gistamin retseptorlarining selektiv antagonisti, ahamiyatli antixolinergik va antiserotonin samara chaqirmaydi. Terapevtik dozalarda amalda sedativ taʼsir koʻrsatmaydi va uyquchanlik chaqirmaydi.

Preparat gistaminga bogʻliq allergik reaksiyaning “erta” bosqichiga va “kechki” xujayra bosqichiga taʼsir qiladi, eozinofillar migratsiyasini kamaytiradi, shuningdek ICAM -1 va VCAM-1 kabi allergik yalligʻlanish markerlari boʻlgan adgeziya molekulalarining ekspressiyasini pasaytiradi. PAF (trombotsitlarni faollashtiruvchi omil) va substansiya R kabi boshqa gistamin sekretsiyasining mediatorlari va induktorlarining taʼsirini bostiradi; yengil kechuvchi bronxial astmada gistamin qoʻzgʻatgan bronxlarning qisqarishini kamaytiradi, teri reaksiyalariga nisbatan yuqori ingibirlovchi xususiyatga ega, gemato-ensefalitik toʻsiq orqali oʻtmaydi, amalda jigarda metabollanmaydi.

Ichga qabul qilinganidan soʻng plazmadagi maksimal konsentratsiyasiga taxminan 1 soatda erishiladi. Qabul qilinganidan soʻng samarasi 2 soat oʻtgach namoyon boʻladi, N1–retseptorlarning blokadasining davomiyligi  24 soat va undan koʻpni tashkil qiladi. Kurslik davolash fonida tolerantlik rivojlanmaydi. Preparatni ovqat bilan qabul qilish uning soʻrilishining miqdoriga taʼsir qilmaydi, ammo soʻrilish tezligi biroz pasayadi.

Bir martalik doza qabul qilinganidan keyin yarimchiqirilish davri kattalarda taxminan 10 soatni; 6-12 yoshli bolalarda – 6 soatni; 2-6 yoshli bolalarda - 5 soatni tashkil qiladi.

QOʻLLANILISHI
  • mavsumiy va surunkali allergik rinit;
  • allergik konyunktivit;.
  • qichishish bilan kechadigan dermatozlar;
  • eshakemi (shu jumladan surunkali idiopatik eshakemi) va Kvinke shishi.
QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR

Oʻta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri.

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Aler–G preparati tavsiya etilgan dozalarda qoʻllanganida alkogolning taʼsirini kuchaytirmaydi (shunga qaramasdan ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi), ruxiy va harakat reaksiyalariga taʼsir koʻrsatmaydi, avtomobilni haydash va yuqori diqqatni talab qiluvchi ish vaqtida qoʻllanishi mumkin (bunday hollarda preparatning dozasi oshirilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim).

Davolanish vaqtida emizishni toʻxtatish lozim.

Aler–G preparatining faol moddasi - setirizin  boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsirga kirishmaydi. Setirizinni makrolidlar va ketokonazol bilan  birga qoʻllash hech qachon EKGda ishonchli oʻzgarishlar chaqirmagan.

QOʻLLASH USULI VA DOZALARI

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan (10 mg) 1-marta ertalab buyuriladi;

6 dan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga – 1 tabletka (10 mg) 1-marta ertalab yoki 1/2 tabletka    (5 mg) ertalab va kechqurun;

2 dan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga – 1/2 tabletka 1 qabulda ertalab yoki 1/4 tabletka ertalab va kechqurun.

Buyraklarning yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarga tavsiya etilgan dozaning yarmi buyuriladi.

Buyraklarning faoliyati meʼyorida boʻlgan keksa yoshli bemorlarda dozani toʻgʻrilash talab etilmaydi.

NOJOʻYa TAʼSIRLARI

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ogʻizni qurishi, kam – dispeptik buzilishlar;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: yaqqol boʻlmagan va tez oʻtib ketadigan uyquchanlik, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, alohida hollarda - qoʻzgʻalish;

Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda - teri koʻrinishlari, angionevrotik shish.

Umuman preparat yaxshi oʻzlashtiriladi. Nojoʻya taʼsirlari kam paydo boʻladi, odatda kuchsiz va oʻtkinchi xarakterga ega.

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH

10-250S haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati – 4 yil. Preparatni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatish mumkin emas.