Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Альбумин РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Альбумин РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 10% 100мл №1

425 000 so'mdan
(3839)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
МИКРОГЕН
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Плазмозамещающее средство
Dori tafsilotlari
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi     
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonadan berish tartibi                                                                                   
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruxi:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Dori shakli:
Qo‘llash usuli va dozalari

Maksimal yuborish vakti – 3 soat. Keksalik yoshida konsentrasiyalangan (20%) eritmalarni ko‘llashdan va 10% li albumin eritmalarini tez yuborishdan saklanish kerak, chunki bu yurak-kon tomir tizimini ortikcha zo‘rikishida olib kelishi mumkin.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Albuminni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, gipervolemiya, GB-III daraja, II- III darajali surunkali yurak yetishmovchiligi, o‘pka shishi, og‘ir anemiya. Buyrak yetishmovchiligi, kon ketishi, tromboz, arterial gipertenziyada extiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.

 

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni ko‘llashdan oldin ko‘zdan kechirish zarur: eritma tiniq, mexanik kiritmalar bo‘lmasligi kerak. Albumin eritmasini  in‘eksiya uchun suv bilan suyultirish mumkin emas. Albumin yuborilganida pasientlarning elektrolit statusini nazorat kilish va elektrolit balansini tutib turish uchun muvofik choralarni ko‘rish, degidratasiyada esa oldindan regidratasion davolashni o‘tkazish kerak.

Albuminni klinik ko‘llash tajribasi xomiladorlikni kechishiga, xomilaga yoki yangi tug‘ilgan chakalokka zarali ta‘sirini kutishga asos bermaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi     

Allergik reaksiyalar (eshakemi, anafilaktik shok), gipertermiya, bel soxasida og‘riq.

 

Chiqarilish shakli

100 ml dan 20% li albumin eritmasi infuzion preparatlar uchun shisha flakonlarda.

 

 

Saqlash sharoiti

+2 dan +10°S gacha, yorug‘likdan ximoyalangan joyda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

 

Dorixonadan berish tartibi                                                                                   

Resept bo‘yicha.

Tarkibi:

1 litr eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: plazma oqsillari (kamida 97% odam albumini) 200 g/l;

yordamchi moddalar: 3,3 g natriy kapril kislotasi; 4,7 g natriy xloridi; 1,0 l gacha in‘eksiya uchun suv

 

Ta‘rifi: 

sariq-och jigarrang rangdan sariq ranggacha bo‘lgan biroz tovlanuvchi tiniq qovushqoq suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruxi:

 Plazma o‘rnini bosuvchi vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Albumin – organizmda plazma o‘rnini bosuvchi qon preparatidir. Uning asosiy vazifasi – qonning kolloidli-onkotik bosimini tutib turishdir. Albumin eritmasi turli genezli gipoalbuminemiyani to‘g‘rilash, kolloidli-onkotik bosimni buzilgan markaziy va periferik gemodinamikasini (to‘qkima suyuqligini qon tomir xavzasiga o‘tishini oshishi hisobiga, arterial bosimini va aylanayotgan plazma xajmini tez oshiradi), suv-elektrolit muvozanatini tiklash yuzasidan samarali vositasidir, dori vositalarini yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi, dezintoksikasion xususiyatlarga ega.

 

 

Qo‘llanilishi

Shok (gipovolemik, gemorragik, tramamatik, operasion, toksik, yiringli-septik) degidratasiya va konni «quyuqlashishida» aylanayotgan qon xajmini oshirish maqsadida, nefritlardagi nefrotik sindrom, glomerulonefrit, og‘ir kuyishlar, o‘tkir jigar yetishmovchiligi (plazmaning onkotik bosimini tutib turish maqsadida ham, va qon plazmasidagi ortiqcha erkin bilirubin miqdorini bog‘lash maqsadida), assitda.

 

 

Dori shakli:

 infuziya uchun eritma