Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Альбумин-Биофарма РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Альбумин-Биофарма РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 10% 100мл №1

125 000 so'mdan
(3022)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
БИОФАРМА
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Плазмозамещающее средство
Dori tafsilotlari
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Farmakologik xususiyatlari

Odam qon plazmasini fraksiyalash yoʻli orqali olinadigan plazma oʻrnini bosuvchi vosita.

Immunologik va biologik xususiyatlari.

Albumin – odam qon plazmasining oqsil fraksiyasi. Retsipiyentga vena ichiga yuborilganida albumin aylanib yuruvchi qonda osmotik bosimni saqlab turadi, arterial bosimni oshiradi, toʻqima suyuqligini qon havzasiga tushishiga va uni saqlanishiga yordam beradi, toʻqimalar va qon orasidagi almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi, organizmning oqsil ozuqasi manbai hisoblanadi.

 

Qoʻllanilishi

Preparatni travmatik va operatsion shoklarda, degidratatsiyasi va qonning konsentratsiyalanishi bilan birga kechuvchi kuyishlarda, turli kelib chiqishga ega boʻlgan gipoproteinemiya va gipoalbuminemiyada (nefrotik sindrom, jigar sirrozi, davomli septik va yiringli jarayonlar va boshqalar) buyuriladi. Albumin eritmasi, shuningdek meʼda-ichak yoʻllarining kasalliklarida (yara kasalligi, oʻsmalar, meʼda-ichak anastomozining oʻtkazuvchanligini kamayishi), oʻtkir pankreatitda, ekstrakorporal qon aylanishi bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga tomchilab yuboriladi, shok holatlarida esa arterial bosimni tez oshirish maqsadida – 250 ml dan 500 ml gacha hajmlarda oqim bilan yuboriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Baʼzida haroratni qisqa muddatli oshishi, kamdan-kam hollarda – belda ogʻriqlar, eshakemi kuzatiladi. Allergik yoki anafilaktik reaksiyalarga qandaydir gumon boʻlsa preparatni darhol yuborishni toʻxtatish kerak. Shok rivojlangan holda standart shokka qarshi davolash oʻtkazilishi lozim.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Trombozlar, arterial gipertoniya, ichki qon ketishlar, qonning oqsil preparatlariga yuqori sezuvchanlik. Agar gipervolemiya va uning oqibatlari yoki gemodilyutsiya alohida xavf tugʻdirishi mumkin boʻlsa preparatni ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi. Dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, vena varikoz kengayishi, oʻpka shishi, gemorragik diatez, ogʻir darajali anemiya, buyrak yoki postrenal yetishmovchiligi ushbu hollarda misol boʻlishi mumkin.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Albumin AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qoʻllanganida arterial gipotenziyani rivojlanish xavfi oshadi.

 

Dori shakli: 

infuziya uchun eritma 10%.

 

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: odam qon plazmasinig albumin fraksiyasi – 100 mg;

yordamchi moddalar: natriy kaprilati – 3 mg, inyeksiya uchun suv – 1 ml gacha.

 

Taʼrifi: 

sariqdan och-jigarrang rangligacha boʻlgan tiniq yopishqoq suyuqlik, yashilsimon tusga yoʻl qoʻyiladi.

 

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 plazma oʻrnini bosuvchilar.

Maxsus koʻrsatmalar

Albumin preparati faqat statsionar sharoitlarda aseptik qoidalariga rioya qilib qoʻllanadi. Preparatni yuborish uchun alohida tomchilagich qoʻllash zarur. Yaroqlilik muddati tugagandan keyin preparatni ishlatish mumkin emas. Ahamiyatlari qon yoʻqotishlarida albuminni qon quyish bilan birga qoʻllash mumkin. Degidratatsiyada preparatni faqat regidratatsiyadan keyin (peroral va parenteral yoʻli bilan) qoʻllash mumkin. Preparatni dozasi har bir patsiyentga alohida belgilanadi. U klinik manzarasiga, qoʻllanilishiga va bemorning yoshiga bogʻliq. Preparat yuborilganda oʻpka shishini oldini olish uchun gemodinamik koʻrsatkichlarini, nafas olish tizimi koʻrsatkichlarini nazorat qilish lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi.

Homiladorlikda albuminni faqat oʻta zarur hollarda qoʻllash mumkin.

Preparatni laktatsiya davrida qoʻllashning xavfsizligi boʻyicha maʼlumotlar yoʻq.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Oʻrganilmagan.

 

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun 10% li eritma. 10 ml, 20 ml dan preparat flakonlarda.

1 yoki 5 flakondan karton qutida. 10 ml, 20 ml, 50 ml, 100 ml, 200 ml va 400 ml dan butilkalarda. 1 butilkadan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan  haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.