Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АЛБЕНДАЗОЛ ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АЛБЕНДАЗОЛ ТАБЛЕТКА 200МГ №4

2 620 so'mdan
(3428)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ТОРИМЕД ФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Противоглистные препараты
Dori tafsilotlari
Saqlash sharoitlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Saqlash sharoitlari

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dori shakli

 tabletka

Farmakologik xususiyatlari

Preparat gelmintlarga qarshi faollikka ega. Albendazol β–tubulin polimerizasiyasiga ta‘sir qiladi, uni to‘xtatadi. Natijada, gelmintlar ichagida mikronaychalar hosil bo‘lish jarayoni buziladi, qurtlarning glyukozani hazm qilish qobiliyati bostiriladi, organellalarning hujayra ichidagi normal migrasiyasi, ularning mushak to‘qimalarida ATF sintezi bloklanadi. Albendazolning terapevtik konsentrasiyasi gelmintlarni halok qiladi.

Preparat jinsiy yetilgan va lichinka bosqichidagi gelmintlarga nisbatan faol. Albendazol nematodlarni (Necatoramericanus, Strongyloidesstercoralis, Enterobiusvermicularis, Trichuristrichiura, Ascarislumbricoides, Cutaneous Larva Migrans, Ancylostomaduodenale), sestodlarni (cho‘chqa, ho‘kiz sepenlari va mitti sepenlar), trematodlar (Clonorchissinensis, Opisthorchisviverrini), sodda jonivorlar (lyambliyalar) ni halok bo‘lishiga olib keladi.

Qo‘llanilishi

Albendazol  quyidagi holatlarda buyuriladi:

– neyrosistiserkoz;
– qorin, jigar, o‘pka exinokokkozi;
– sistli exinakokkoz holatida operasiya qilinishiga moneliklar bo‘lganda;
– sistli exinakokkoz holatida sistlar miqdorini kamaytirish uchun jarrohlik aralashuvi zarur bo‘lganida;
– araxnoidal, me‘da ichidagi, rasemoz sistlar;
– askaridoz;
– trixonelez;
– enterobioz;

 

– ankilostomidoz;
– opistorxoz;
– lyamblioz;
– mikrosporidoz;
– toksokaroz;
– gnatostomoz;

– trixinoz;
– kapillyaroz;
– aralash gelmintozlar holatida buyuriladi..

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan keyin. Tabletkalar suv bilan ichiladi. Dozasi patologiyaga qarab belgilanadi. Albendazol qabul qilingandan so‘ng surgi vositasi kerak bo‘lmaydi.

 

Patologiya Dozalash sutkada Kunlar soni
Odatiy  gelmintozlar 400 mg (bolalar – 60 mg/ 10 kg) Bir marta
Bosh miya sistiserkozi 800 mg (bolalar – 15 mg/kg) 8-30 sutka
Strongiloidoz va sestodoz 400 mg (200 mg) 3 sutka, 3 haftadan keyin takrorlanadi
Askaridoz 400 mg (200 mg) Bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi
Enterobioz 400 mg (200 mg) Bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi
Ankilostomidoz 400 mg (200 mg) Bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi
Lyamblioz 400 mg (200 mg) 3 sutka, 3 haftadan keyin takrorlanadi
Nojo‘ya ta‘sirlari

Albendazol qabul qilinganda quyidagi noxush  samaralar kuzatilishi mumkin:
– leykopeniya;
– pansitopeniya;
– bosh og‘rig‘i;
– trombositopeniya;
– agranulositoz;
– dispepsiya;
– jigar transaminazalari faolligini oshishi;
– qorin og‘rig‘i;
– bosh aylanishi;
– meningial simptomatika;
– terini qichishishi;
– gipertermiya;
– eshakem;
– alopesiya (qaytuvchan);
– gipertenziya;
– buyrak funksiyasi buzilishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Albendazol quyidagi hollarda buyurilmaydi:
– 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi gelmintozlar;
– albendazolga o‘ta sezuvchanlik;
– homiladorlik;
– laktasiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi:

– sistiserkoz fonidagi ko‘z to‘r pardasi patologiyalarida;

– jigar sirrozida;

– ko‘mikda qon yaratilish susaygan holatda.

Homiladorlik: homilador, homilador deb gumon qilingan ayollarga Albendazolni buyurish mutlaq mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Prazikvantel, deksametazon, simetidin albendazolning qondagi konsentrasiyasini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.