Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Аква Д3

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Аква Д3 Плюс КАПЛИ 10мл №1

19 000 so'mdan
(4404)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Аква Д3 Плюс КАПЛИ 10мл №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Qoʻllash usuli va dozalari
Dori shakli: 
Tarkibi
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllash usuli va dozalari

Peroral.

Buyurilgan tomchi bir choy qoshiq suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.

Izoh: 1 tomchi 580 XB A vitamini va 290 XB D3 vitamini saqlaydi.

Preparatning dozasi individual ravishda tanlanadi.

Oldini olish:

  • Hayotining 4 haftaligidan 12 oylikkacha boʻlgan bolalar – sutkada 2 tomchidan;
  • 12 oylikdan va undan oshgan bolalar – sutkada 3 tomchidan.
  • Kattalar – sutkada 3 tomchidan 2 marta.

 

Dori shakli: 

ichga qabul qilish uchun tomchilar

 

Tarkibi

1 ml eritma (taxminan 34 tomchi) quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

Retinol palmitati (A vitamini)           20 000 XB

Xolekalsiferol (D3 vitamini)  10 000 XB

yordamchi moddalar: polisorbat 80, benzil spirti (0,015 g), glitserol, propilenglikol (0,1 g), limon kislotasi monogidrati, natriy dodekagidrat gidrofosfati, anis xushboʻyi, tozalangan suv.

 

Taʼrifi: 

tiniq, sariq rangli, anis hidili qovushqoq suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Vitaminlar. A va D vitaminlari majmuasi.

 

Farmakologik xususiyatlari

A va D3  vitaminlarini birga qoʻshilishi tufayli D3  vitaminini ichakda soʻrilishi tezlashadi. A va D3  vitaminlari sinergik – oʻzining taʼsirini kuchaytirib taʼsir koʻrsatadi. A vitamini D3 vitaminining soʻrilishini osonlashtiradi, shuningdek uning taʼsirini tezlashtiradi. A vitaminining yetishmovchiligi D3 vitaminining dozasini oshirib yuborilish belgilariga olib kelishi mumkin.

A va D3 vitaminlarini birga qoʻshilishi A yoki D3 vitaminining dozasini oshirib yuborilishi bilan bogʻliq metabolik buzilishlarning ehtimolini qoʻshimcha kamaytirish imkonini beradi. D3 vitamini A vitamini chaqirgan lizosomal membranalarining shikastlanishidan himoya qiladi. Bu lizosomal membranalarning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini shikastlanishi yoki oʻzgarishidan keyin yuz beruvchi gidrolitik enzimlarni ozod boʻlishini oldini oladi.

A vitamini gʻira-shirada koʻzni moslashishiga yordam beruvchi rodopsin pigmentining hosil boʻlish jarayonida muhim rol oʻynaydi. Organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi. Epitelial xujayralari va shilliq qavatining normal regeneratsiya jarayonlari uchun kerak, kerakli suyak strukturasi va oʻsuvchi togʻaylarning hosil boʻlish jarayonlarida muhim rol oʻynaydi. Skeletning toʻgʻri shakllanishi uchun organizmda retinoldan hosil boʻladigan retinol kislotasining metabolitlari javobgardir.

A vitamini yosh organizmning oʻsish jarayonlarini toʻgʻri kechishi uchun zarur.

D3 vitamini raxitga qarshi faol omil hisoblanadi. D vitaminining eng asosiy faoliyati boʻlib kalsiy va fosfatlarning metabolizmini boshqarish hisoblanadi, bu skeletning toʻgʻri mineralizatsiyasi va oʻsishiga yordam beradi.

D3 vitamini D vitaminining tabiiy shakli hisoblanadi, u odamda terida quyosh nurlari taʼsirida hosil boʻladi. D2 vitamini bilan solishtirganda 25% yuqoriroq faolligi bilan xarakterlanadi. Xolekalsiferol kalsiy va fosfatlarning ichakdan soʻrilishida, mineral tuzlarni tashilishida va suyaklarning kalsifikatsiyasida muhim rol oʻynaydi, shuningdek kalsiy va fosfatlarni buyraklardan chiqarilishini boshqaradi. Kalsiy ionlarining qondagi konsentratsiyasi skelet mushaklarining tonusini tutib turilishi, miokardning faoliyati bilan bogʻliq, nerv qoʻzgʻalishini oʻtkazilishiga yordam beradi, qonning ivish jarayonini boshqaradi. D3 vitamini qalqonsimon bezi oldi bezlarning meʼyoriy faoliyati uchun zarur, shuningdek limfokinlarning ishlab chiqarilishiga taʼsir qilib, immun tizimining faoliyatida ishtirok qiladi.

Ovqatda D vitaminining yetishmovchiligi, uning soʻrilishini buzilishi, kalsiyning tanqisligi, shuningdek quyosh yorugʻida yetarli darajada boʻlmaslik, bolani tez oʻsishi davrida raxitga olib keladi; kattalarda osteomalyatsiyaga, homilador ayollarda tetaniya, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda suyaklarning ohaklanish jarayonlarining buzilishini belgilari paydo boʻlishi mumkin. D vitaminiga yuqori talab ayollarda menopauza davrida paydo boʻladi, chunki ularda koʻpincha gormonal buzilishlar sababli osteoparoz rivojlanadi.

A vitamini soʻrilganidan keyin gidrolizga uchraydi va retinol shaklida enterotsitlarda toʻplanadi, u yerda esterifikatsiyadan keyin limfatik va qon tomirlarga oʻtkaziladi. A vitamini jigarda toʻplanadi. A va D vitaminlarining tashuvchilari, oqsillar, asosan albuminlar hisoblanadi.

D vitamini peroral qoʻllanganidan keyin ingichka ichakda soʻriladi. Jigar va buyraklarda metabolizmga uchraydi. D vitaminining qondan yarimchiqarilish davri bir necha kunni tashkil qiladi va buyrak yetishmovchiligi hollarida uzayishi mumkin.

A va D vitaminlari yoʻldosh toʻsigʻi orqali va koʻkrak sutiga oʻtadi.

Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqariladi.

A va D vitaminlari ichakda, yogʻli bilan solishtirganida suvli eritmalardan yaxshi soʻriladi.

 

Qoʻllanilishi
  • Hayotining birinchi oylarida raxitni oldini olish.
  • Emizikli bolalar va katta yoshli bolalarda jismoniy rivojlanishning yetarli boʻlmasligini oldini olish, A va D vitaminlarining tanqisligi holatlari.
  • Teri va shilliq qavatlarining kasalliklari (masalan, psoriaz, ixtioz, dermatozlar).

 

Nojoʻya taʼsirlari

Tavsiya qilingan dozalarda qoʻllanganida odatda namoyon boʻlmaydi.

Kam hollarda A va/yoki D vitaminiga yuqori sezuvchanlikda yoki yuqori dozalarda uzoq muddat qoʻllanganida A va D gipervitaminozi deb ataluvchi zaharlanishgacha yetib borishi mumkin.

Gipervitaminoz simptomlari: ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar (koʻngil aynishi, qusish, qabziyat), ishtahani yoʻqolishi, ogʻizni qurishi, poliuriya, bosh aylanishi va bosh ogʻrigʻi, suyak va boʻgʻim ogʻriqlarini oʻz ichiga oladi. Qonda va/yoki siydikda kalsiyning konsentratsiyasini oshishi, siydik-tosh kasalligi va toʻqimalarning kalsifikatsiyasi, sochlarning toʻkilishi kuzatilishi mumkin. Preparatni uzoq qabul qilish, A vitaminining miqdorini hisobga olib, jigar faoliyatining buzilishiga sabab boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A va/yoki D gipervitaminozi, buyrak yetishmovchiligi, kuchsiz soʻrilish holatlar.

A, D vitaminlarini saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish hollarida vitaminlarning dozasini oshirib yuborilishini oldini olish maqsadida yigʻindi dozalarini eʼtiborga olish kerak.

Boshqa A va/yoki D vitaminlarini saqlovchi preparatlar bilan birga qoʻllanmasin.

Hayotining 4 haftasigacha boʻlgan bolalarda benzil spirtiga yuqori sezuvchanlik paydo boʻlishi ehtimoli sababli qoʻllanmasin.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Tutqanoqqa qarshi vositalar, rifampitsin, neomitsin, xolestiramin, suyuq parafin – A va D3 vitaminlarining qayta soʻrilishini kamaytiradi. Tiazidlar bilan bir vaqtda qoʻllash giperkalsiyemiyaning xavfini oshiradi. Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qoʻllash ularning zaharli taʼsirini kuchaytirishi mumkin. A vitamini yuqori dozalarda peroral qonni ivishiga qarshi vositalarning taʼsirini kuchaytirishi mumkin. Etretinat preparat taʼsirini oshiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Dozani oshirib yuborishdan saqlaning.

Buyrak-tosh kasalligi boʻlgan shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Preparatni qoʻllashda A vitaminiga boy ovqatlarni koʻp miqdorda qabul qilish mumkin emas (masalan, jigarni).

Homiladorlik va laktatsiya davri

Qoʻllashdan oldin shifokorni homiladorlik yoki shubhalanayotgan homiladorlik toʻgʻrisida xabardor qilish kerak, dorini homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash boʻyicha nisbatan shifokorning maslahati zarur.

A vitaminini sutkada 4000 XB dozadan (preparatning 6 tomchisi) oshirmaslik kerak.

Transport vositalarini haydash va mexanik moslamalarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilganida (gipervitaminozda) quyidagi simptomlar paydo boʻlishi mumkin: holsizlik, ishtahani yoʻqolishi, koʻngil aynishi, qusish, qabziyat, bezovtalik, chanqoqlik, ogʻizni qurishi, poliuriya, meʼda shirasining yuqori kislotaliligi, ich ketishi, ichak sanchigʻi, epidermisni koʻchishi, toshma, suyak va boʻgʻim ogʻriqlari. Tez-tez uchraydigan simptomlari: bosh ogʻrigʻi, depressiya, psixotik buzilishlar, ataksiya, stupor va tana vaznini yoʻqotish. Albuminuriyali, eritrotsituriyali va poliuriyali buyraklar faoliyatini buzilishi, oʻrtacha darajali gipertoniya rivojlanadi. Jigar va buyraklar faoliyatini buzilishigacha, siydik-tosh kasalligi va toʻqimalarning kalsifikatsiyasi, sochni toʻkilishigacha yetishi mumkin. Kam xolestatik sariqlik rivojlanadi.

Doza oshirib yuborilganidan keyin davolash:

Preparatni qoʻllash toʻxtatiladi. Koʻp miqdorda suyuqlik qabul qilinadi. Shifokorga murojaat qilish kerak. Statsionar davolashning zarurati boʻlishi mumkin.

Chiqarilish shakli

10 ml dan polietilen tiqin-tomchilagich va “birinchi ochish” kafolatili halqasi boʻlgan buraladigan polietilen qopqoqli toʻq shisha flakonlarda.

1 flakon ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Sovutgichda saqlanmasin, muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Ochilgan flakonni 4 oy davomida ishlatish kerak.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz beriladi.