Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Акса-Зол Ф

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Акса-Зол Ф РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 200МГ/100МЛ №1

28 000 so'mdan
(2535)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
AXA PARENTERALS LTD
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Farmakologik ta'sir
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Farmakologik ta'sir
Aksa-zol F – triazol guruhiga mansub zamburug'larga qarshi vosita. Preparatning faol moddasi – flukonazol bo'lib zamburug'larning hujayra membranalarida sterollar sintezining kuchli selektiv ingibitori hisoblanadi. Ta'sir mexanizmi sitoxrom R450 bilan bog'liq bo'lgan ferment lanosterol 14-α-demetilazani blokadasi bilan bog'liq. Flukonazol zamburug' hujayralarining lanosterolini ergosterolga aylanishini bloklaydi; hujayra membranasining o'tkazuvchanligini oshiradi, uning o'sishi va replikatsiyasini buzadi. Zamburug'larning sitoxrom R450 ga yuqori tanlab ta'sir qiladi va odam organizmida bu fermentlarni amalda susaytirmaydi (itrakonazol, klotrimazol, ekonazol va ketokonazol bilan solishtirganda odam jigari mikrosomalarida sitoxrom R450 bog'liq oksidlanish jarayonlarini kamroq darajada bostiradi). Antiandrogen faollikka ega emas. Opportunistik mikozlarda, shu jumladan Candida spp. (shu jumladan immunodepressiya fonidagi kandidozning yoyilgan shakllari), Cryptococcus neoformans va Coccidioides immitis (shu jumladan bosh suyagi ichki infektsiyalari) faoldir.
 
 
Farmakokinetikasi
Qon zardobida flukonazolning cho'qqi qontsentratsiyasiga vena ichiga yuborilganidan keyin darhol erishiladi. Preparatning yarim chiqarilish davri taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Plazmadagi kontsentratsiyasi yuborilgan dozaga nisbatan to'g'ri proportsional bog'liq bo'ladi.
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 11-12%. Flukonazol organizmning barcha biologik suyuqliklari, a'zolari va to'qimalariga yaxshi o'tadi. Preparatning so'lak va balg'amdagi kontsentratsiyasi uning plazmadagi darajalariga o'xshash. Zamburug'li meningiti bo'lgan bemorlarda orqa miya suyuqligidagi flukonazolning miqdori, uning plazmadagi darajasining 80% ga yetadi. Teri shox qavatida, epidermisda, dermada, ter suyuqligidagi kontsentratsiyasi qon zardobdagidan ortiq bo'ladi. Flukonazol teri shox qavatida to'planadi va uzoq muddat saqlanadi.
Flukonazol asosan buyrak orqali chiqariladi; yuborilgan dozaning taxminan 80% o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga proportsional bo'ladi.
 
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahani pasayishi, ko'ngil aynishi, diareya, meteorizm, qorin og'rig'i, kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi (skleralarning sariqligi, sariqlik, giperbilirubinemiya, ALT, AST va IF faolligini oshishi)
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, haddan ziyod charchoqlik, kam hollarda – tirishishlar.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: kam hollarda – leykopeniya, trombotsitopeniya (qon ketishlari, petexiyalar), neytropeniya, agranulotsitoz.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, kam hollarda – ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaktsiyalar.
Boshqalar: kam hollarda – buyrak faoliyatini buzilishlari, alopetsiya, giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliyemiya.
 
 
Maxsus shartlar
Flukonazol bilan davolashni klinik-gematologik remissiya boshlangunicha davom ettirish kerak. Davolashni muddatidan oldin to'xtatish qaytalanishlarga olib keladi.
Davolash davomida qon ko'rsatkichlarini, buyraklar va jigar faoliyatini nazorat qilish kerak.
Flukonazol bilan davolash vaqtida, jigar faoliyatini jiddiyroq shikastlanishi belgilarini aniqlash maqsadida, shu ko'rsatgichlari buziladigan bemorlarni kuzatib borish kerak. Flukonazolning gepatotoksik ta'siri odatda qaytuvchi bo'lib, davolash to'xtatilganidan keyin simptomlari yo'qoladi.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo'lgan patsiyentlarga, yangi tug'ilgan chaqaloqlarga, OITS li bemorlarga (immuniteti susaygan boshqa holatlarda), shuningdek potentsial proaritmik holatlari bo'lgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
 
Qo'llanilishi
orofaringeal kandidoz;
ezofageal kandidoz;
yoyilgan kandidoz, shu jumladan kandidemiya, disseminatsiya qilingan kandidoz va invaziv kandidoz infektsiyasining boshqa shakllari (shu jumladan qorin parda, endokard, ko'zlar, nafas va siydik yo'llarining infektsiyalari);
kriptokokkoz, kriptokokkli meningit va boshqa lokalizatsiyali (masalan, o'pka, teri) infektsiyalar;
xavfli o'smalari yoki suyak ko'migi ko'chirib o'tkazilgan, sitotoksik ximioterapiya yoki nurli terapiya natijasida bunday infektsiyalarning rivojlanishiga moyil bo'lgan bemorlarda zamburug'li infektsiyalarni oldini olishda qo'llanadi.
 
 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
flukonazolga va boshqa azol birikmalariga yuqori sezuvchanlik;
QT intervalini uzaytiruvchi (shu jumladan terfenadin yoki astemizol) preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish;
homiladorlik;
laktatsiya (emizish) davri.
 
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Flukonazol antigistamin vositalarining (astimizol, terfenadin), qisqa ta'sir davriga ega bo'lgan benzodiazepinlar guruxiga kiruvchi anksiolitiklar (midazolam, triazolam); rifabutin, sizaprid, fenitoin, zidovudin, takrolimus, siklosporinning farmakologik ta'sirini kuchaytiradi; teofillinning yarim chiqarilish davrini uzaytiradi va intoksikatsiya rivojlanishi xavfini oshiradi, bu uning dozasiga tuzatish kiritishni talab qiladi.
Gidroxlortiazid plazmada flukonazolning kontsentratsiyasi darajasini oshiradi, rifampitsin bilan bir vaqtda qo'llanganida qon plazmasidan flukonazolning yarim chiqarilish davrini pasayishi kuzatiladi.
Flukonazol sulьfonilmochevina hosilalari (glibenklamid, glipizid, tolbutamid) – peroral gipoglikemik dori preparatlarining qon plazmasidagi kontsentratsiyasi darajasini, shuningdek yarimchiqarilish davrini oshiradi. Bu dori preparatlari bir vaqtda qo'llanganida, gipoglikemiya rivojlanishining oldini olish uchun qondagi qandning darajasini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Flukonazol peroral homiladorlikka qarshi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganida gormonlarning (estradiol, levonorgestrel, noretidron) kontsentratsiyasi darajasi o'zgarib turishi mumkin, bu dori preparatlari bir vaqtda buyurilganida mumkin bo'lgan nojo'ya simptomlarining rivojlanishini oldini olish uchun, patsiyentlarning holatining nazoratini sinchkovlik bilan o'tkazish kerak.
Kumarin antikoagulyantlarining samaradorligini oshiradi, protrombin vaqtini oshishi mumkin, shuning uchun qon ketishi rivojlanishi mumkin (gematomalar, burun va me'da ichak yo'llaridan qon ketishlar, gematuriya, melena).
Flukonazol va amfoteritsin V bir vaqtda buyurilganida ularning ta'sirini antagonistik xarakterga ega ekanligini hisobga olish kerak, lekin amalda o'zaro ta'sirning natijasi qaysi moddani oldin qabul qilinishi va patogen zamburug'ning turi bilan belgilanadi.
 
Dozirovkasi
Flukonazol vena ichiga tomchilab soatiga 200 mg dan ko'p bo'lmagan tezlikda sutkada bir marta qo'llanadi. Flukonazolning sutkalik dozasi infektsiyaning xarakteri va og'irligiga bog'liq. Davolashni muddatidan oldin to'xtatish qaytalanishlarga olib keladi. Kattalar: Orofaringeal kandidoz: preparatning yuklama sutkalik dozasi 200 mg sutkada 1 martani tashkil qiladi, bir maromda ushlab turuvchi dozasi – sutkada 100 mg. Davolash kursi: 7-14 kun. Zarurati bo'lganida immuniteti yaqqol pasaygan bemorlarda davolash davomiyroq bo'lishi mumkin. Ezofagal kandidoz: preparatning yuklama sutkalik dozasi 200 mg sutkada 1 martani tashkil qiladi, bir maromda ushlab turuvchi doza – sutkada 100 mg. Klinik samara yetarli bo'lmaganida doza sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolash kursi kamida uch haftani tashkil qiladi. Yoyilgan kandidoz, kandidemiya, disseminatsiya qilingan kandidoz va shuningdek kandidoz infektsiyasining boshqa shakllari (shu jumladan qorin parda, endokard, ko'zlar, nafas va siydik yo'llarining infektsiyalari): davolashning birinchi kuni 400 mg, so'ngra –sutkada 200 mg dan. Klinik samarasi yetarli bo'lmaganida preparatning dozasi sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi klinik samaradorligiga bog'liq. Kriptokokkoz, kriptokokkli meningit va shuningdek boshqa lokalizatsiyali (masalan, o'pka, teri) infektsiyalarni: birinchi kuni – 400 mg, so'ngra esa – 200-400 mg sutkada 1 marta. Kriptokokk infektsiyalarni davolash davomiyligi klinik va mikologik samarani bo'lishiga bog'liq. Kriptokokkli meningitni davolash kursi: orqa miya suyuqligida kriptokokklarni unib chiqishi to'xtaganidan keyin hech bo'lmaganda 10-12 hafta. Orttirilgan immuntanqisligi sindromi (OITS) li bemorlarda kriptokokkli meningitning qaytalanishlarini oldini olish uchun birlamchi davolash kursi to'liq yakunlanganidan keyin flukonazol bilan davolashni sutkada 200 mg dozada uzoq muddat davom ettirish mumkin. Xavfli o'smalari  yoki suyak ko'migi ko'chirib o'tkazilgan, sitotoksik ximioterapiya yoki nur bilan davolash natijasida bunday infektsiyalarni rivojlanishiga moyil bo'lgan bemorlarda zamburug'li infektsiyalarni oldini olish: yoyilgan infektsiyaning xavfi yuqori bo'lganida, masalan, kutilayotgan yaqqol yoki uzoq muddat saqlanuvchi neytropeniyasi bo'lgan bemorlarda, tavsiya qilinadigan doza sutkada 1 marta 400 mg ni tashkil qiladi. Flukonazol kutilayotgan neytropeniyani paydo bo'lishidan bir necha kun oldin buyuriladi; neytrofillarning soni 1000/mkl dan ko'proq oshganidan keyin davolash yana 7 sutka davomida davom ettiriladi. Bolalar: Preparatni sutkalik dozasi kattalarga buyuriladigan sutkalik dozalardan oshmasligi kerak. Aksa-zol F har kuni sutkada 1 marta qo'llanadi. Pediatriya amaliyotidagi dozalari kattalarning dozalariga quyidagi algoritm bo'yicha ekvivalent: Pediatrik doza Kattalar dozasi 3 mg/kg 100 mg 6 mg/kg 200 mg 12 mg/kg 400 mg Hayotining birinchi haftasidagi bolalarga mo'ljallangan maksimal doza har 72 soatda buyurilib 12 mg/kg ni tashkil qiladi. Hayotining 3 va 4 haftalari orasida bo'lgan bolalar uchun maksimal doza, har 48 soatda buyurilib, 12 mg/kg ni tashkil qiladi. Orofaringeal kandidozda birinchi kuni 6 mg/kg zarb doza buyurilishi mumkin, flukonazolning bir maromda ushlab turuvchi dozasi sutkada 3 mg/kg ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi: 2 haftadan kam bo'lmasligi kerak. Ezofagal kandidoz: preparatning yuklama sutkalik dozasi 6 mg/kg sutkada 1 martani tashkil qiladi, bir maromda ushlab turuvchi dozasi – sutkada 3 mg/kg. Klinik javob yetarli bo'lmaganida doza sutkada 12 mg/kg gacha oshirilishi mumkin. Davolash kursi: uch haftadan kam emas. Yoyilgan kandidozni davolash uchun tavsiya qilingan doza kasallikning og'irligiga qarab sutkada 6-12 mg/kg ni tashkil qiladi. Kriptokokkli meningit va boshqa lokalazatsiyali kriptokokk infektsiyalari: birinchi kuni – o'rtacha 12 mg/kg, so'ngra – 6-12 mg/kg sutkada 1 marta. Kriptokokk infektsiyalarini davolash davomiyligi klinik va mikologik samarani bo'lishiga bog'liq. Kriptokokkli meningitni davolash kursi: orqa miya suyuqligidan kriptokokklarni unib chiqishi to'xtaganidan keyin kamida 10-12 hafta davom ettiriladi. OITSli bemorlarda kriptokokkli meningitning qaytalanishlarini oldini olish uchun birlamchi flukonazol bilan davolash kursi to'liq yakunlanganidan keyin davolashning sutkada 6 mg/kg dozada juda uzoq muddat davomida davom ettirilishi mumkin. Keksa yoshdagi patsiyentlarda buyrak faoliyatini buzilishlari bo'lmaganida Aksa-zol F odatdagi dozalash tartibiga muvofiq qo'llanadi. Flukonazolni buyrak faoliyatini buzilishlarida qo'llash: Preparat bir marta qo'llanganida dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Davolash kursi o'tkazishda birinchi (zarb) doza 50 dan 400 mg gachani tashkil qiladi. So'ngra preparatning dozasi yoki qo'llashning tez-tezligini kreatinin klirensiga qarab o'zgartirish kerak, xususan: Kreatinin klirensi ml/min Flukonazolning sutkalik dozasi >50 100% ≤50 (dializ yo'q) 50% Muntazam dializ 100% har dializdan keyin Aksa-zol F, infuziya uchun eritma quyidagi erituvchilar bilan mutanosib: 20% li glyukoza eritmasi, Ringer eritmasi, Xartman eritmasi, glyukozadagi kaliy xloridi eritmasi, 4,2% li natriy bikarbonati eritmasi, natriy xloridining izotonik eritmasi. Yaqqol nomutanosib bo'lmasligiga qaramasdan, preparatni boshqa infuzion eritmalar bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi. Flakondagi dori preparatining ishlatilmagan qoldiqlarini amaldagi ko'rsatmalarga muvofiq yo'qotish kerak, ularni keyinchalik ishlatish uchun saqlash mumkin emas.
 
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: gallyutsinatsiyalar va paranoidal hatti-harakat bo'lishi mumkin. Doza oshirib yuborilganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash: simptomatik. Flukonazolning chiqarilishini jadallangan diurezni o'tkazish yo'li bilan tezlashtirish mumkin. Uch soatlik gemodializ seansi qon plazmasidagi flukonazolning miqdorini taxminan 50% ga pasaytirish imkoniyatini beradi.
 
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi

Aksa-zol Fni agar potentsial foyda xavfdan oshsagina homiladorlikda preparatni buyurish mumkin.
Flukonazol ko'krak sutida plazmadagidek kontsentratsiyalarda aniqlanadi, shuning uchun laktatsiya davrida uni buyurilganida emizishni to'xtatish kerak.