Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Афил ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Афил ТАБЛЕТКА 20мг №4

33 000 so'mdan
(2679)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
НОБЕЛЬ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qoʻllash usuli va dozalari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmokologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat tabletka koʻrinishida ichga qabul qilinadi.

Oʻrta yoshdagi erkaklarda qoʻllanishi

Davolash boshida tavsiya qilingan doza 10 mg ni tashkil qiladi, keyinchalik, patsiyentning reaksiyasiga qarab 20 mg yoki 5 mg li dozaga oʻtkaziladi. Taxmin qilinayotgan jinsiy faollikdan oldin, ovqatlanishga bogʻliq boʻlmaganda qabul qilinadi. Preparatning taʼsiri tabletka qabul qilinganidan 16 minutdan keyin boshlanadi.

Patsiyentlar preparat qabul qilinganda optimal javob vaqtini belgilashlari uchun, preparat qabul qilinganidan keyin 36 soat ichida jinsiy aloqaga kirishishlari mumkin.

Qabul qilishning tavsiya etilgan maksimal tez-tezligi sutkasiga bir martani tashkil qiladi.

Keksa yoshdagi erkaklarda qoʻllanishi:

Keksa yoshdagi patsiyentlarga dozaning maxsus tanlanishi talab qilinmaydi.

Buyrak va jigar funksisini buzilishi boʻlgan erkaklarda qoʻllanishi:

Buyrak (kreatinin klirensi minutiga 30 l) va jigar funksiyasini buzilishi boʻlgan  patsiyentlar uchun dozaning maxsus tanlanishi talab etilmaydi.

Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi yoki prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi va erektil disfunksiya bilan birga boʻlganda davolash uchun tavsiya qilingan doza – kuniga 5 mg dan 4 haftadan 26 haftagacha buyuriladi. Prostata bezi adenomasini xavfsiz giperplaziyasi 5 mg li finasterid va 5 mg li tadalafil bilan birga davolash 26 haftagacha davomida tavsiya etiladi.

Oʻpka gipertenziyasini davolash uchun tavsiya etilgan doza 40 mg (2 ta tabletka) ni tashkil qiladi. Bir kunli dozani ikkiga  boʻlib qabul qilish tavsiya etilmaydi.

 

Dori shakli: 

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: tadalafil 2,5 mg, 5 mg, 10 mg yoki 20 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, laktopress, quyi almashilgan gidroksipropilsellyuloza, gidroksipropilsellyuloza EF, natriy kroskarmelloza, natriy lauril sulfati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati;

qobiq: Opadry OY-S 32924 (gipromelloza, titan dioksidi, gidroksipropilsellyuloza, polisorbat, sariq xinolin, sorbin kislotasi, vanilin, propilenglikol).

 

Taʼrifi: 

oval (tuxumsimon) shaklli, ikki tomoni qavariq, bir tomonida dozasiga bogʻliq ravishda raqamlari va boshqa tomonida “AFIL” gravirovkasi boʻlgan, sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Erektil disfunksiyani davolash uchun vosita.

 

 

Farmokologik xususiyatlari

Tadalafil siklik guanozin monofosfati (sGMF) ning 5 turidagi spetsifik fosfodiesterazaning samarali (FDE5), qaytuvchan selektiv ingibitori hisoblanadi. Jinsiy qoʻzgʻalish mahalliy azot oksidini ajralib chiqishini chaqirganda, tadalafil tomonidan  FDE5 ni ingibitsiya qilishi jinsiy olatdagi kavernoz tanasida sGMF darajasi oshishiga olib keladi. Buning natijasida, arteriyalarning silliq mushaklari boʻshashishi va jinsiy olatning toʻqimalariga qonni oqib kelishi kuzatiladi, va bu ereksiyani chaqiradi. Jinsiy ragʻbatlantirish boʻlmaganida Tadalafil samarali taʼsir koʻrsatmaydi.

Tadalafil FDE5 ning selektiv ingibitori hisoblanadi. FDE5 gʻovak tananing silliq mushaklarida, ichki aʼzolarning qon tomirlaridagi silliq mushaklarda, skelet mushaklarda, trombotsitlarda, buyraklarda, oʻpkada va miyachada aniqlangan ferment hisoblanadi. Tadalafilni FDE5 ga taʼsiri boshqa fosfodiesterazlarga nisbatan faolroq hisoblanadi. Tadalafilning FDE5 ga nisbatan faolligi, yurak, bosh miya, qon tomirlar, jigar va boshqa aʼzolarda joylashgan  FDE1, FDE2 va FDE4 larga nisbatan  10 000 marta yuqori hisoblanadi. Tadalafil FDE5 ni, yurak va qon tomirlarda aniqlanadigan FDE3 fermentga nisbatan 10 000 marta faolroq susaytiradi. FDE5 ning FDE3 ga nisbatan bu kabi selektivligi muhim ahamiyat kasb etadi, chunki, FDE3 yurak mushagining qisqarishida ishtirok etuvchi ferment hisoblanadi. Bundan tashqari, tadalafil FDE5 ga nisbatan faolligi, koʻzning toʻr pardasida aniqlanadigan va fotooʻtqazuvichishi uchun masʼul boʻlgan FDE6 ga qaraganda 700 marta yuqoriroq. Shuningdek, tadalafil FDE5 ga nisbatan taʼsiri, uning FDE7 – FDE10 ga boʻlgan taʼsiridan 10 000 marta kuchliroq.

Tadalafil ereksiyani yaxshilaydi va jinsiy aloqani samarali oʻtish ehtimolini yaxshilaydi. Preparat 36 soat davomida taʼsir koʻrsatdi. Preparatning samarasi jinsiy qoʻzgʻalish boʻlganida preparat qabul qilinganidan keyin 16 minutdan keyin namoyon boʻladi.

Tadalafil sogʻlom odamlarda sistolik va diastolik bosimni yotgan holatda (AB oʻrtacha maksimal  pasayishi muvofiq ravishda 1,6/0,8 mm sim.ust.ni tashkil qiladi)  va turgan holatda (AB oʻrtacha maksimal  pasayishi muvofiq ravishda 0,2/4,6 mm sim.ust.ni tashkil qiladi) platseboga nisbatan ishonchli oʻzgarishini chaqirmaydi. Tadalafil yurak qisqarishlari sonini ishonchli oʻzgarishini chaqirmaydi.

Tadalafil rang ajratish (zangori/yashil) qobiliyatini chiqarmaydi, bu uni FDE6 nisbatan yaqinligini pastligi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, tadalafilni koʻrish oʻtkirligi,  elektroretinogramma, koʻz ichki bosimi va qorachiqni oʻlchamiga taʼsiri kuzatilmaydi.

Oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, sutkasiga 10 mg (N=204) yoki 20 mg (N=217) dozada tadalafilni olti oy davomida har kuni qabul qilinganda odamlar spermaning hajmiga, spermodozoidlar soniga, harakatchanligiga va morofologiyasiga klinik ahamiyatli taʼsiri aniqlanmagan. Bundan tashqari, tadalafil testosteron, LG va FSG larning zardobdagi darajasiga taʼsir koʻrsatmagan.

Tadalafil 5 mg.

FDE5 ni ingibitsiya qilinishining gʻovak tanalarda sGMF konsentratsiyasiga samarasi, shuningdek prostata bezi, qovuqning silliq mushaklarida ham kuzatilib, ularning qon bilan taʼminlanishini oshishiga olib keladi. Qon tomir kengayishi natijasida olingan samara qon perfuziyasini oshiradi, u navbatida, prostata bezining xafvsiz  giperplaziyasi simptomlarini kamaytiradigan mexanizmi sifatida ishlatishi mumkin. Bu qon tomir samaralari qovuqning afferent innervatsiyasi nerv faolligini ingibitsiya qilish va prostata bezining va qovuqning silliq mushaklarini boʻshashtirish orqali toʻldirilishi mumkin.

 

Farmakokinetikasi

Tadalafil ichga qabul qilingandan keyin tez soʻriladi. Plazmadagi oʻrtacha maksimal konsentratsiyaga (Smax) ichga qabul qilinganidan oʻrtacha 2 soatdan keyin erishiladi.

Tadalafil soʻrilish tezligi va darajasi ovqatlanishga bogʻliq emas, shuning uchun preparatni ovqatlanishdan qatʼiy nazar qabul qilish mumkin. Qabul qilish vaqti (ertalab yoki kechqurun) soʻrilish tezligi va darajasiga klinik ahamiyatli taʼsir koʻrsatmaydi.

Sogʻlom odamlarda tadalafilning farmakokinetikasi vaqt va dozaga nisbatan proporsionaldir chiziqlidir. 2,5 mg dan 20 mg gacha boʻlgan dozalar diapazonida “konsentratsiya-vaqt” egri chizigʻi (AUC) ostidagi maydoni dozaga nisbatan proporsional ravishda ortib boradi. Plazmadagi barqaror konsentratsiyalarga preparat sutkada bir marta qabul qilinganida 5 kun davomida erishiladi.

Erektil funksiyasi buzilgan patsiyentlarda tadalafilning farmakokinetikasi erektil funksiyasi buzilmagan shaxslar farmakokinetikasi bilan bir xil boʻladi.

Taqsimlanishning oʻrtacha hajmi 63 l ni tashkil qiladi, bu koʻrsatkich tadalafil organizm toʻqimalarida taqsimlanishidan dalolat beradi. Terapevtik konsentratsiyalarda tadalafilni 94% plazmadagi oqsillar bilan bogʻlanadi. Oqsillar bilan bogʻlanishi buyrak funksiyasi buzilganida oʻzgarmaydi.

Sogʻlom odamlar spermasining tarkibida yuborilgan dozaning 0,0005% kamroq aniqlanadi.

Tadalafil asosan sitoxrom R450 (CYP)3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. Asosiy qonda aylanuvchi metaboliti – metilkatexolglyukuronid hisoblanadi. Ushbu metabolit FDE5 ga nisbatan faolligi tadalafilga qaraganda 13 000 marta past. Demak, ushbu metabolit kuzatilayotgan konsentratsiyalarda uchun klinik ahamiyatli hisoblanmaydi.

Sogʻlom shaxslarda tadalafilning oʻrtacha klirensi soatiga 2,5 l ni, oʻrtacha yarim chiqarilish davri esa 17,5 soatni tashkil qiladi. Tadalafil organizmdan asosan nofaol metabolitlar koʻrinishida, asosan axlat bilan (dozaning taxminan 61%) va kamroq darajada siydik bilan (dozaning taxminan 36%) chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Barcha dozalar uchun: erektil disfunksiyada (ereksiyaning buzilishlari, impotensiya) qoʻllanadi.

5 mg li doza uchun: prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi (PBXG, prostata bezi adenomasi) simptomlarini davolash, shuningdek PBXG va erektil disfunksiyaning birgalikda aniqlangan hollarda qoʻllanadi.

40 mg doza uchun (20 mg li 2 ta tabletka): erkak va ayollarda oʻpka arteriyasini giperteniziyasini davolash uchun qoʻllanadi.

                                                                                            

 

Nojoʻya taʼsirlari

Bosh ogʻrigʻi va dispepsiya eng koʻp kuzatiladigan nojoʻya taʼsirlar hisoblanadi. Tadalafil dozasi oshirib yuborilishi nojoʻya taʼsirlar koʻpayishiga olib keladi. Tadalafil qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan noxush hodisalar odatda yaqqolligi boʻyicha ahamiyatsiz yoki oʻrtacha darajada, tranzitor boʻlib, preparatni qoʻllashni davom ettirilganda kamayib boradi.

JSST maʼlumotiga koʻra, nojoʻya taʼsirlar quyida keltirilgan rivojlanish tez-tezligi boʻyicha quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); nomaʼlum – mavjud boʻlgan maʼlumotlarga koʻra tez-tezligini aniqlash imkoniyati yoʻq.

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi; kam hollarda – Kvinke shishi.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh ogʻrigʻi; tez-tez emas – bosh aylanishi; kam hollarda – insult (shu jumladan gemorragik insult), hushdan ketish, tranzitor ishemik xurujlar, migren, tirishishlar, vaqtinchalik amneziya.

Koʻrish aʼzolari tomonidan: tez-tez emas – koʻrish noaniqligi, koʻzlardagi ogʻriqni his qilish; kam hollarda – koʻrish maydonining buzilishi, qovoqlarning shishi, konʼyuktiva giperemiyasi, koʻrish nervining oldi noartritik ishemik nevropatiyasi, koʻz pardasi qon tomirlari okklyuziyasi.

Eshitish aʼzolari va muvozanat tomonidan: tez-tez emas – quloqlarni shangʻillashi; kam hollarda – eshitishni toʻsatdan yuqolishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – yuzning qizarishi; tez-tez emas – taxikardiya, arterial gipertenziya, gipotoniya; kam hollarda – miokard infarkti, nostabil stenokardiya, yurak qorinchalari aritmiyasi.

Nafas tizimi, koʻkrak qafasi va koʻks oraligʻi tomonidan: tez-tez – burunni bitishi;  tez-tez emas – hansirash, burundan  qon ketishi.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: tez-tez –  dispepsiya; tez-tez emas – qorinda ogʻriq, qusish, koʻngil aynishi, gastroezofageal reflyuks.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan: tez-tez emas – toshma; kam hollarda – eshakemi, Stivenson-Djonson sindromi, eksfoliativ dermatit, gipergidroz (koʻp terlash).

Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tez-tez –  belda ogʻriq, mialgiya, qoʻl-oyoqda ogʻriq.

Buyrak va siydik chiqarish yoʻlllari tomonidan: tez-tez emas – gematuriya.

Jinsiy aʼzolar va sut bezlari tomonidan: tez-tez emas – uzoq muddatli ereksiya; kam hollarda – priapizm, jinsiy olatga qon quyilishi, gematospermiya.

Umumiy buzilishlar: tez-tez emas – koʻkrakda ogʻriq, periferik shishlar, charchoqlik; kam hollarda – yuz shishi, toʻsatdan koronar oʻlim.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

– tadalafil yoki preparat tarkibiga kiruvchi har qanday moddaga yuqori sezuvchanlik;

– har qanday organik nitratlar saqlovchi preparatlarni qabul qilish;

– 18 yoshgacha boʻlgan shaxslarda qoʻllash;

– klinik sinovlarda qatnashmagan yurak-qon tomir kasalliklari boʻlgan patsiyentlar guruhi, shu sababli tadalafil bunday bemorlarga buyurilmaydi;

– soʻnggi 90 kun davomida miokard infarkti boʻlgan patsiyentlar;

– nostabil  stenokardiya yoki jinsiy aloqa vaqtida paydo boʻladigan stenokardiya;

– soʻnggi 6 oy davomida Nyu-York Kardiologiya assotsiatsiyasi tasnifiga muvofiq “2-sinfga” mansub yoki ogʻirroq yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar;

– nazorat qilinmaydigan aritmiya, gipotenziya (<90/50 mm sim.ust.) yoki nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya boʻlgan patsiyentlar;

– soʻnggi 6 oy davomida insult boʻlgan patsiyentlarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Maʼlumki, tadalafil nitratlarning gipotenziv taʼsirini kuchaytiradi. Bu holat nitratlar va tadalafilning azot oksidi va sGMF ning metabolizmga additiv taʼsiri natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun preparatni nitratlar qoʻllash fonida ishlatish mumkin emas.

Metabolizmi sitoxrom R450 izofermenti ishtirokida boʻladigan dori vositalar klirensiga klinik ahamiyatga ega taʼsir koʻrsatmaydi. Tadqiqotlar Tadalafil CYP3A4, CYP1A2, CYP2D6, CYP2E1 va CYP2C9 izofermentlarini ingibitsiya va induksiya qilmasligini tasdiqlaydi.

Tadalafil S-varfarin yoki R-varfarin farmakokinetikasiga klinik ahamiyatga ega taʼsir koʻrsatmaydi. Tadalafil varfarinning protrombin vaqtiga nisbatan taʼsir qilmaydi.

Tadalafil atsetilsalitsil kislotasining taʼsiri sababli yuzaga kelgan qon ketish davomiyligini uzaytirmaydi.

Tadalafilning asosiy antigipertenziv dori vositalarning, shu jumladan kalsiy kanallarining blokatorlari (amplodipin), angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitori (enalapril), beta-adrenergik retseptorlarning blokatorlari (metoprolol), alfa-blokatorlar, tiazid diuretiklari (bendoflyuazid) va monoterapiya yoki majmuadalarda past dozalarda qoʻllanilgan angiotenzin II retseptorlari blokatorlari bilan oʻzaro taʼsiri klinik ahamiyatga ega emas. Tadalafilni antigipertenziv preparatlar bilan yoki ularsiz qabul qilgan patsiyentlarda nojoʻya taʼsirlar orasidagi farqlar kuzatilmagan.

Tadalafilni bir marta qabul qilinganda qondagi alkogol konsentratsiyasiga, alkogolning kognitiv funksiyasiga va arterial bosimga taʼsiri kuzatilmagan. Bundan tashqari, alkogol bilan birga qabul qilingan tadalafilning konsentratsiyasi 3 soatdan keyin oʻzgarishi kuzatilmagan.

Tadalafil asosan CYP3A4 fermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. CYP3A4 selektiv ingibitori ketokonazol AUC ni 107% ga oshiradi, rifampitsin esa 88% ga oshiradi.

Oʻziga xos oʻzaro taʼsirlar oʻrganilmagan boʻlsa ham, ritonavir va sakvinavir kabi proteaz ingibitorlar, shuningdek eritromitsin va itrakonazol kabi CYP3A4 ingibitorlari tadalafil faolligini oshiradi deb taxmin qilish mumkin.

Antatsid (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) va tadalafil bir vaqtda qabul qilinganda AUC oʻzgarmagan holda tadalafinning soʻrilish tezligi kamayadi.

5-alfa-reduktaza (ARI) ingibitorlari. PBXG simptomlarini bartaraf qilish uchun 5 mg finasterid bilan 5 mg tadalafil qoʻllanganda 5 mg finasteridni solishtirish boʻyicha oʻtkazilgan klinik sinovlarda nomaʼlum platsebo plyus har qanday yangi nojoʻya reaksiyalar kuzatilmagan. Shunday boʻlsada, tadalafilni 5-alfa-reduktaza ingibitorlari bilan birga qoʻllashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

CYP1A2 substratlar (masalan, p. teofillin). Tadalafil teofillinni farmakokinetikasi yoki farmakodinamikasiga klinik ahamiyatga ega taʼsir koʻrsatmaydi.

10 mg tadalafilning klinik farmakologik tadqiqotlarida teofillin bilan birga yuborilganda hech qanday oʻzaro farmakokinetik taʼsir kuzatilmagan. Bu yerda yagona farmakodinamik samarani qayd etish mumkin – bu yurak qisqarishlari tez-tezligini biroz oshishi (minutiga 3,5 marta qisqarish). Bu samara ahamiyatsiz boʻlsa ham, ushbu tadqiqotda klinik ahamiyatga ega boʻlmagan, bu dori vositalar majmuada qoʻllanganda eʼtiborga olish kerak.

Etinilestradiol va terbutalin. Tadalafil qoʻllanganda etinilestradiolning peroral biokiraolishligi oshishi mumkin. Terbutalinni peroral tarzda qabul qilishda ham ushbu samara kuzatilishi mumkin.

Asetilsalitsil kislotasi. Tadalafil atsetilsalitsil kislotasi chaqirgan qon ketishining davomiyligiga taʼsir qilmaydi.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Jinsiy faollik yurak-qon tomir kasalliklari boʻlgan patsiyentlarga potensial xavfli hisoblanadi. Shuning uchun, jinsiy faollik tavsiya etilmagan bunday kasalliklari boʻlgan erektil disfunksiyasini davolashni, shu jumladan preparatni qoʻllash bilan oʻtkazish mumkin emas.   

Yurak-qon tomir kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda jinsiy faollikda asoratlarni potensial xavfni hisobga olish kerak:

– soʻnggi 90 kun davomidagi miokard infarkti;

– nostabil stenokardiya yoki jinsiy aloqa vaqtidagi stenokardiya;

– soʻnggi olti oyda rivojlangan NYHA boʻyicha 2-sinfi va undan yuqoriroq sinfi boʻlgan yurak yetishmovchiligi;

– yurak ritmini nazorat qilib boʻlmaydigan buzilishlar, gipotoniya (AB <90/50 mm sim.ust.) yoki nazorat qilib boʻlmaydigan arterial gipertenziya;

– soʻnggi olti oy ichida oʻtkazilgan insult.

Priapizmga (masalan, oʻroqsimon-hujayrali anemiya, koʻp miqdordagi miyeloma yoki leykemiyada) moyilligi yoki jinsiy olatning anatomik deformatsiyalari (masalan, qiyshaygan, kavernoz fibrioz yoki Peyroni kasalligi) boʻlgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Tadalafil qoʻllanganda priapizm boʻlgan toʻgʻrisida xabar berilmagan.

Tadalafilni erektil disfunksiyani davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Erektil disfunksiyani tashxisini aniqlash uchun, medikamentoz davolashni boshlashdan oldin, potensial birlamchi sabablarni aniqlash kerak.

4 soat va undan koʻproq vaqt davom etgan ereksiya darhol tibbiy yordamga murojaat qilish lozimligi patsiyentlarga tushuntirilishi lozim. Priapizmning kechiktirib davolash jinsiy olatning toʻqimalari shikastlanishiga olib keladi, natijasida, potensiya uzoq vaqtgacha tiklanmay qolishi mumkin.

Oʻrtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 31-50 ml) boʻlgan patsiyentlarda tadalafil bilan davolash fonida yengil darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 51-80 ml) yoki sogʻlom shaxslar bilan solishtirilganda bel sohasidagi ogʻriq kabi nojoʻya koʻrinishlar koʻproq kuzatiladi. Ogʻir darajadagi buyrak funksiyasini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml) boʻlgan bemorlarda tadalafil oʻrganilmagan. Kreatinin klirensi minutiga 50 ml boʻlgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Aholining maxsus guruhlari uchun qoʻshimcha maʼlumotlar:

Tadalafil pediatriyada qoʻllash tavsiya etilmaydi. 18 yoshgacha boʻlganlar uchun tadalafilning xavfsizligi va samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlanmagan.

Homiladorlik va emizish davri

Hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar homilaga salbiy taʼsir koʻrsatish xavfi aniqlanmadi, homilador ayollarda tegishli tadqiqotlar oʻtkazilmagan.

Homilador ayollarda tadalafil qoʻllash toʻgʻrisida maʼlumotlar cheklangan.

Homiladorlik, embrional/fetal rivojlanish, tugʻruq yoki tugʻruqdan keyin davrida  homilani rivojlanishiga bevosita yoki bilvosita salbiy taʼsiri aniqlanmagan.

Emizish davrida ayollarga tadalafilni qoʻllash tavsiya qilinmaydi. Tadalafil koʻkrak sutiga oʻtishi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.

Avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri – maxsus koʻrsatmalar yoʻq.

Tadalafil 5 mg – prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi boʻlgan patsiyentlar davolashdan oldin prostata bezi rakini inkor qilish uchun tekshiruv oʻtkazilishi zarur.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: sogʻlom odamlarga bir marta 500 mg gacha va erektil disfunksiya boʻlgan patsiyentlarga koʻp marta sutkada 100 mg buyurilganda, noxush samaralar pastroq dozalar qoʻllanganda kabi koʻrinishga ega.

Davolash: gemodializ tadalafilni chiqarilishiga deyarli yordam bermaydi.

 

Chiqarilish shakli

“Afil 2,5” qobiq bilan qoplangan 2,5 mg tabletkalar, №1, №2, №4 va №8.

“Afil 5” qobiq bilan qoplangan 5 mg tabletkalar, №14, №28.

“Afil 10” qobiq bilan qoplangan 10 mg tabletkalar, №1, №2, №4 va №8.

“Afil 20” qobiq bilan qoplangan 20 mg tabletkalar, №1, №2, №4 va №8.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.