Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АЕВИТ КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АЕВИТ КАПСУЛА №20

5 800 so'mdan
(2149)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
RETINOLI PALMITATIS, TOCOPHEROLI ACETAS
Ishlab chiqaruvchi
ЗДОРОВЬЕ
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi. 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

kapsulala

 

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: retinol palmitatining 55% li moyli eritmasi – 0,1 ml (100000 XB)

(A vitamini), Alfa-Tokoferol atsetati (Ye vitamini) – 0,1 g;

yordamchi moddalar: makkajoʻxori moyi.

 

Taʼrifi. 

Sferik shaklli, toʻq-sariqdan to och-jigarrang rangligacha boʻlgan, silliq yuzali, shikastlanishlari va koʻrinadigan havoli kiritmalari boʻlmagan jelatin kapsulalar. Och-sariqdan to toʻq-sariq rangligacha boʻlgan, achigan xidsiz moyli suyuqlik bilan toʻldirilgan.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

vitaminlar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat, taʼsiri uning tarkibiga kiruvchi A va Ye vitaminlarining xususiyatlari bilan belgilanadi. Retinol (A vitamini) normal oqshomgi va rangli koʻrish uchun kerak boʻlgan koʻruv pigmentlarini shakllanishida ishtirok etadi; epitelial toʻqimalarning butunligini taʼminlaydi, suyaklarni oʻsishini boshqaradi. Tokoferol (Ye vitamini) antioksidant xususiyatlarga ega, membranalardagi toʻyinmagan yogʻ kislotalarini lipoperoksidatsiyadan himoyasini taʼminlaydi; xujayralararo moddaning, biriktiruvchi toʻqimaning kollagen va elastik tolalarining, tomirlarning silliq mushaklarini shakllanishida ishtirok qiladi. AYEVIT buzilgan kapillyar qon aylanishini tiklaydi, kapillyar va toʻqimaning oʻtkazuvchanligini normallashtiradi, toʻqimalarning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi.

 

Qoʻllanilishi

A, Ye avitaminozi.

Majmuaviy davolashda:

– toʻqimalarning trofikasini buzilishi bilan birga kechuvchi terini shikastlanishlari va kasalliklari (psoriaz, ekzemaning ayrim shakllari, ixtioz, seboreyali dermatit);

– obliteratsiyalovchi endarteriitda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Faqat shifokorning tavsiyasi boʻyicha qoʻllanadi.

Ichga buyuriladi. Kuniga 1 kapsuladan, ovqat qabul qilishdan qatʼiy nazar. Davolash kursi – 30-40 kun. Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin takroriy davolash kursini oʻtkazish mumkin.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar (teri toshmasi), kam hollarda– epigastral sohasida diskomfort his qilish, koʻngil aynishi, diareya. Davomli qabul qilishda oʻt-tosh kasalligi va surunkali pankreatit zoʻrayishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A va/yoki Ye gipervitaminozi, 18 yoshgacha boʻlgan bolalar, homiladorlik, laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: tireotoksikoz, surunkali glomerulonefrit, surunkali yurak yetishmovchiligi, xoletsistit, surunkali pankreatit.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Ye vitamini glyukokortikosteroid preparatlarning, nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalarning samarasini kuchaytiradi, A, D vitaminlari, yurak glikozidlarining samaradorligini oshiradi va toksikligini kamaytiradi.

Tutqanogʻi boʻlgan bemorlarda tutqanoqqa qarshi vositalarning samaradorligini oshiradi (ularda qonda lipidlarning perekisli oksidlanishining mahsulotlarini miqdori oshgan).

Tetratsiklin qatori antibiotiklari bilan nomutanosib. Salitsilatlar va glyukokortikosteroidlar Aevitning nojoʻya samaralarini rivojlanishi xavfini kamaytiradi.

Tarkibiga mineral moyi va kolestiramin kiruvchi surgi vositalari A va Ye vitaminlarini oʻzlashtirilishini pasaytiradi.

Peroral kontratseptivlar qon plazmasida A vitaminining konsentratsiyasini oshiradi.

Ye vitaminini sutkada 400 TB dan koʻproq dozada antikoagulyantlar (kumarin va indandion hosilalari) bilan bir vaqtda qoʻllash gipoprotrombinemiya rivojlanishi xavfini oshiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Oʻtkir dozani oshirib yuborilishining simptomlari (qabul qilinganidan keyin 6 soat oʻtgach rivojlanadi): A gipervitaminozi: uyquchanlik, lanjlik, koʻzlarda ikkilanish, bosh aylanishi, kuchli bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, toʻxtovsiz qusish, diareya, taʼsirchanlik, milklarning qonashi, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining quruqligi va yaralanishi, lablar, terini (ayniqsa kaftlarni) poʻst tashlashi, ongni chalkashishi, bosh miya ichki bosimini oshishi (emizikli bolalarda – gidrotsefaliya, liqildoqni boʻrtishi).

Surunkali intoksikatsiyaning simptomlari: ishtahani yoʻqolishi, suyaklarda ogʻriq, terini yorilishi va quruqligi, ogʻiz boʻshligʻi va lablarning shilliq qavatining quruqligi, gastralgiya, qusish, gipertermiya, asteniya, haddan tashqari charchoqlik, bosh ogʻrigʻi, fotosezuvchanlik, pollakiuriya, nikturiya, poliuriya, taʼsirchanlik, sochlarni toʻkilishi, oyoq-qoʻl kaftlarida, burun-lab uchburchagi soxasida sariq-toʻq sariq dogʻlar, gepatotoksik koʻrinishlari, koʻz ichki gipertenziyasi, oligomenoreya, portal gipertenziya, gemolitik anemiya, suyaklarning rentgenogrammalarida oʻzgarishlar, tirishishlar.

Davolash: preparatni bekor qilish; simptomatik davolash.

Ye vitaminining dozasini oshirib yuborilishining simptomlari: sutkada 400-800 TB dozalarda uzoq muddat davomida qabul qilinganida – koʻrishning noaniqligi, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, diareya, gastralgiya, asteniya; sutkada 800 XB dan koʻproq dozada uzoq muddat davomida qabul qilinganida – K gipovitaminozi boʻlgan bemorlarda qon ketishlari xavfini oshishi, tireoid gormonlarining metabolizmini buzilishi, jinsiy faoliyatni buzilishlari, tromboflebit, nekrotik kolit, sepsis, gepatomegaliya, gemorragik insult, assit.

Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.

 

 

Chiqarilish shakli

Kapsulalar.

10 kapsuladan kontur uyali oʻramlarda. 1, 2, 3, 4 yoki 5 kontur uyali oʻramlar qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

50-150 kontur uyali oʻramdan teng miqdordagi qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalari bilan birga guruh oʻramiga joylanadi (statsionarlar uchun).

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.