Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Аджисепт (мёд

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Аджисепт (мёд и лимон) пастилки №100

24 900 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Аджисепт (мёд и лимон) пастилки №100
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Comb.drug (Amylmetacresol, 2,4-dichlorobenzyl alcohol)
Ishlab chiqaruvchi
(Agio , Индия)
Chiqarilish shakli
пастилки
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dori shakli: 
Tarkibi:
Chiqarilish shakli
Ta‘rifi:
Saqlash sharoiti
Farmakoterapevtik guruhi:
Yaroqlilik muddati
Farmakologik xususiyatlari
Dorixonalardan berish tartibi
Qo‘llanilishi
Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘rsatmalar bo‘yicha tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida preparatning nojo‘ya ta‘sirlari aniqlanmagan.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga 1 pastilkadan har 2 soatda buyuriladi.

Maksimal sutkalik doza – 8 pastilka.

5 yoshdan katta bolalarga 1 pastilkadan har 4 soatda buyuriladi.

Pastilkalar to‘liq erib ketgunicha shimiladi.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Adjisept preparatini boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Adjisept preparati qandli diabeti bo‘lgan bemorlar tomonidan qabul qilinganda, har bir pastilka 1,56 g qand saqlashini hisobga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin

 

 

Dori shakli: 

shimish uchun klassik; asal va limonli, mentol va evkaliptli pastilkalar

 

Tarkibi:

Har bil pastilka quyidagilarni saqlaydi

Klassik pastilkalar:

faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg;

yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, Ponso 4R bo‘yovchisi, Karmoizin bo‘yovchisi, anis moyi, qalampir yalpizi moyi, tozalangan suv.

Asal va limonli pastilkalar:

faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg;

yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, karamel, asal ta‘mli qo‘shimcha, limon moyi, tozalangan suv.

Mentol va evkaliptli pastilkalar:

faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg;

yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, indigokarmin, evkalipt moyi, tozalangan suv.

 

Chiqarilish shakli

6 pastilkadan stripda; 2 yoki 4 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

 

Ta‘rifi:

Klassik shimish uchun pastilkalar: Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, qizg‘ish-qizil rangli anis va yalpiz hidli pastilkalar; bir xil bo‘yalmaslikka, karamel massasida havo pufakchalari borligiga sezilarsiz darajada chetlari notekisligiga yo‘l qo‘yiladi.

Asal va limonli pastilkalar: Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, och sariq rangli, limon hidli pastilkalar; bir xil bo‘yalmaslikka, karamel massasida havo pufakchalari borligiga, sezilarsiz darajada chetlari notekisligiga yo‘l qo‘yiladi.

Mentol va evkaliptli pastilkalar: Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, moviy rangli, mentol va evkalipt hidli pastilkalar; bir xil bo‘yalmaslikka, karamel massasida havo pufakchalari borligiga, sezilarsiz darajada chetlari notekisligiga yo‘l qo‘yiladi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 antiseptiklar.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Farmakologik xususiyatlari

Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumda mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy antiseptik preparat. Mikroblarga qarshi ta‘sirga ega. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol.

Tabiiy dorivor qo‘shimcha og‘iz va xalqum shilliq qavatlarida yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Tizimli so‘rilishi pastligi sababli, Adjisept preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar mavjud emas.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Qo‘llanilishi

Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llaniladi.