Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Аджисепт (малина)

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Аджисепт (малина) пастилки №24

14 400 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Аджисепт (малина) пастилки №24
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Comb.drug (Amylmetacresol, 2,4-dichlorobenzyl alcohol)
Ishlab chiqaruvchi
(Agio , Индия)
Chiqarilish shakli
пастилки
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarningo‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Chiqarilish shakli

6 pastilkadan stripda; 2 yoki 4 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Tarkibi

Har bil pastilka quyidagilarni saqlaydi

Klassik pastilkalar:

faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg;

yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, Ponso 4R bo‘yovchisi, Karmoizin bo‘yovchisi, anis moyi, qalampir yalpizi moyi, tozalangan suv.

Asal va limonli pastilkalar:

faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg;

yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, karamel, asal ta‘mli qo‘shimcha, limon moyi, tozalangan suv.

Mentol va evkaliptli pastilkalar:

faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg;

yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, indigokarmin, evkalipt moyi, tozalangan suv.

Farmakologik xususiyatlari

Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumda mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy antiseptik preparat. Mikroblarga qarshi ta‘sirga ega. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol.

Tabiiy dorivor qo‘shimcha og‘iz va xalqum shilliq qavatlarida yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Tizimli so‘rilishi pastligi sababli, Adjisept preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar mavjud emas.

Qo‘llanilishi

Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga 1 pastilkadan har 2 soatda buyuriladi.

Maksimal sutkalik doza – 8 pastilka.

5 yoshdan katta bolalarga 1 pastilkadan har 4 soatda buyuriladi.

Pastilkalar to‘liq erib ketgunicha shimiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘rsatmalar bo‘yicha tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida preparatning nojo‘ya ta‘sirlari aniqlanmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarningo‘zaro ta‘siri

Adjisept preparatini boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Adjisept preparati qandli diabeti bo‘lgan bemorlar tomonidan qabul qilinganda, har bir pastilka 1,56 g qand saqlashini hisobga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.