Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Адонис-бром ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Адонис-бром ТАБЛЕТКА №20

12 000 so'mdan
(4681)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ТАТХИМФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Седативные препараты
Dori tafsilotlari
Farmakoterapevtik guruhi: 
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Farmakoterapevtik guruhi: 

yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa majmuaviy vositalar.

Qo‘llanilishi

Surunkali yurak yetishmovchiligining dastlabki bosqichlarida, jizzakilikda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga 1 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.

Kreatinin klirensining normal ko‘rsatkichlarga nisbatan 50% dan ortiq kamayishi bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligida bir martalik dozani 2 marta kamaytirish yoki preparatni qabul qilishlar orasidagi intervalni 12 soatgacha uzaytirish tavsiya etiladi.

 

Dori shakli:

 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi

faol moddalar: adonisning quyuq ekstrakti – 69,07 mg, kaliy bromidi – 250 mg;

yordamchi moddalar: ishqoriy magniy gidrokarbonati, kartoshka kraxmali, talk, kalsiy stearati, Akvarius Prefed (gipromelloza, kopolividon, polietilenglikol, kapril kaprin trigliseridi, polidekstroza Ye1200, titan dioksidi Ye171, temir (II) oksidi Ye172 saqlaydi).

 

Ta‘rifi: 

och jigarrang-sariq rangli qobiq bilan qoplangan, ikki yuzasi qavariq tabletkalar.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: bradikardiya, aritmiya (bigeminiya turidagi ekstrasistoliya).

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bezovtalik, uyqusizlik, depressiv holatlar, ko‘rishni buzilishi, lohaslik, tormozlanish, xolsizlik, uyquchanlik, nutqni sekinlashishi, og‘ir hollarda – bromizm simptomlari (preparatning dozasi oshirib yuborilganida);

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish (qusish samarasi qisman yurak reseptorlarini qo‘zg‘alishi natijasida paydo bo‘ladigan reflekslarga ma‘lum darajada bog‘liq), gastralgiya (yurak glikozidlarini qusish markazi va xemosezuvchan reseptor zonalariga bevosita ta‘siri, shuningdek me‘da shilliq qavatiga ta‘sirlovchi ta‘siri oqibatida yuz beruvchi reflekslar bilan bog‘liq); katta dozalarda qo‘llanganda ishtahani pasayishi, diareya bo‘lishi mumkin.

Allergik reaksiyalar.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • qizilo‘ngach, me‘da va o‘nikki barmoq ichakning eroziyalari, yaralari;
  • zo‘rayish bosqichidagi gastrit va enterokolitlar;
  • yaqqol bradikardiya, turli darajadagi blokada, Adams-Stoks-Morgani sindromi;
  • stenokardiya (stenokardiyada faqat yurak yetishmovchiligi bo‘lsagina qo‘llash mumkin);
  • miokard infarkti;
  • endokardit;
  • glikozidlar bilan intoksikasiya;
  • yurak qorinchalari taxikardiyasi;
  • giperkalsiemiya, gipokaliemiya;
  • mitral stenozning o‘zida;
  • karotid sinus sindromi;
  • aortaning ko‘krak bo‘limi anevrizmasi;
  • WPW –sindromi;
  • shok;
  • yurak o‘lchamlarining patologik o‘zgarishlari (gipertrofik kardiomiopatiya);
  • bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa yurak glikozidlari (angishvonagul, strofant va marvaridgul preparatlari) bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularning toksik ta‘siri kuchayishi mumkin.

Aritmiyaga qarshi vositalarning IA sinfi (xinidin, prokainamid, dizopiramid), kalsiy preparatlari, surgi vositalari va glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularning samarasini va toksik ta‘sirini kuchaytiradi.

Benzodiazepin hosilalari, tutqanoqqa qarshi va sedativ-gipnotik vositalar, neyroleptitik vositalar va alkogolning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi.

Galotanli anesteziya Adonis-bromni qabul qiluvchi pasientlar organizmida bromid-ionlarining darajasini oshiradi va uning samarasi va toksik ta‘sirini kuchaytiradi.

Tuzli ovqat iste‘mol qilish bromidlarning siydik bilan chiqarilishini oshishiga olib keladi va preparatning samarasini susaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Adonis-brom dori vositasi bilan davolanish davrida kam tuzli parhezga (natriy xloridini iste‘mol qilishni cheklash) rioya qilish kerak. Davolanish vaqtida teri va shilliq qavatlarga bromid-ionlarning nojo‘ya ta‘sirini oldini olish uchun ichakni muntazam bo‘shatish, og‘izni chayish va teri gigienasiga rioya qilish (vanna, dush qabul qilish) tavsiya etiladi.

Preparat ovqatdan keyin buyurilganda dispeptik buzilishlari kamayadi.

Bromidlarni to‘planishi bilan bog‘liq nojo‘ya samaralardan xolis bo‘lish uchun Adonis-bromni buyurilishi 2-3 xaftadan oshmasligi kerak.

Homiladorlik va laktasiya. Bromid – ionlar yo‘ldosh orqali oson kiradi va emizikli ayol sutiga chiqariladi. Homiladorlik davrida Adonis-bromni faqat homila uchun kutilayotgan foyda, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Laktasiya davrida Adonis-bromni buyurishga zarurat bo‘lganida davolashning to‘liq davri va u tugaganidan keyin 1 oy davomida bolani ko‘krakdan ajratish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi. Bolalarda dori vositasini qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ushbu yosh guruhi pasientlarida uni qo‘llash tajribasi cheklangan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Adonis-bromni qabul qilish pasientning avtotransportni boshqarish yoki boshqa operatorlik faoliyati qobiliyatini buzadi, shuning uchun preparatni qabul qilish davrida avtotransportni boshqarish diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi xamda potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: yaqqol bradikardiya, politop ekstarsistoliya, bigeminiya yoki trigeminiya, yurak bo‘lmacha-qorinchasi o‘tkazuvchanligini sekinlashishi; og‘ir hollarda – yurak qorinchalarini titrashi, yurakni to‘xtab qolishi.

Davolash: yurak glikozidlari bilan bog‘liq intoksikasiyalarda dori vositasini qo‘llashda tanaffus qilinadi, zarurat bo‘lganida kaliy preparatlari va artiaritmik preparatlar buyuriladi.

Bromidlarning bilan dozasi oshirib yuborilishidagi simptomlar: yo‘tal, tumov, apatiya, bosh og‘rig‘i, umumiy xolsizlik, sezgi a‘zolarini buzilishi, xotirani susayishi, terida toshma, kon‘yunktivit.

Davolash: bunday holatlarda preparatni qabul qilishni bekor qilish kerak, natriy xloridni (qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar bo‘lmaganda) ko‘p miqdorda sutkada 10 -20 g dozada yuborish kerak (bromni chiqarilishini tezlashtiradi), shu jumladan ko‘p miqdorda (sutkada 3-5 litr) suv ichish kerak.

Yurak glikozidlarining dozasi oshirib yuborilishidagi simptomlar: yaqqol bradikardiya, politop eksrasistoliya, bigeminiya yoki trigeminiya, yurak bo‘lmacha-qorinchasi o‘tkazuvchanligini sekinlashishi; og‘ir xollarda – qorinchalarni lipillashi va yurakni to‘xtab qolishi.

Davolash: yurak glikozidlarining dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq intoksikasiyada preparatni qo‘llashda tanaffus qilish kerak, zarurat bo‘lganda kaliy va antiaritmik vositalari buyuriladi.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda 3 kontur uyali o‘ram ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

 

Saqlash sharoiti

Namlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.