Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Адонис-бром ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Адонис-бром ТАБЛЕТКА №20

11 500 so'mdan
(3216)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
БОРИСОВСКИЙ ЗМП
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Седативные препараты
Dori tafsilotlari
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Taʼrifi:

 och jigarrang-sariq rangli qobiq bilan qoplangan, ikki yuzasi qavariq tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa majmuaviy vositalar.

 

 

Qoʻllanilishi

Surunkali yurak yetishmovchiligining dastlabki bosqichlarida, jizzakilikda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

 

Ichga 1 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.

Kreatinin klirensining normal koʻrsatkichlarga nisbatan 50% dan ortiq kamayishi bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligida bir martalik dozani 2 marta kamaytirish yoki preparatni qabul qilishlar orasidagi intervalni 12 soatgacha uzaytirish tavsiya etiladi.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan kontur uyali oʻramda 3 kontur uyali oʻram ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

 

Saqlash sharoiti

Namlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli: 

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi

faol moddalar: adonisning quyuq ekstrakti – 69,07 mg, kaliy bromidi – 250 mg;

yordamchi moddalar: ishqoriy magniy gidrokarbonati, kartoshka kraxmali, talk, kalsiy stearati, Akvarius Prefed (gipromelloza, kopolividon, polietilenglikol, kapril kaprin triglitseridi, polidekstroza Ye1200, titan dioksidi Ye171, temir (II) oksidi Ye172 saqlaydi).

 

Nojoʻya taʼsirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: bradikardiya, aritmiya (bigeminiya turidagi ekstrasistoliya).

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bezovtalik, uyqusizlik, depressiv holatlar, koʻrishni buzilishi, lohaslik, tormozlanish, xolsizlik, uyquchanlik, nutqni sekinlashishi, ogʻir hollarda – bromizm simptomlari (preparatning dozasi oshirib yuborilganida);

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: koʻngil aynishi, qusish (qusish samarasi qisman yurak retseptorlarini qoʻzgʻalishi natijasida paydo boʻladigan reflekslarga maʼlum darajada bogʻliq), gastralgiya (yurak glikozidlarini qusish markazi va xemosezuvchan retseptor zonalariga bevosita taʼsiri, shuningdek meʼda shilliq qavatiga taʼsirlovchi taʼsiri oqibatida yuz beruvchi reflekslar bilan bogʻliq); katta dozalarda qoʻllanganda ishtahani pasayishi, diareya boʻlishi mumkin.

Allergik reaksiyalar.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • qiziloʻngach, meʼda va oʻnikki barmoq ichakning eroziyalari, yaralari;
  • zoʻrayish bosqichidagi gastrit va enterokolitlar;
  • yaqqol bradikardiya, turli darajadagi blokada, Adams-Stoks-Morgani sindromi;
  • stenokardiya (stenokardiyada faqat yurak yetishmovchiligi boʻlsagina qoʻllash mumkin);
  • miokard infarkti;
  • endokardit;
  • glikozidlar bilan intoksikatsiya;
  • yurak qorinchalari taxikardiyasi;
  • giperkalsiyemiya, gipokaliyemiya;
  • mitral stenozning oʻzida;
  • karotid sinus sindromi;
  • aortaning koʻkrak boʻlimi anevrizmasi;
  • WPW –sindromi;
  • shok;
  • yurak oʻlchamlarining patologik oʻzgarishlari (gipertrofik kardiomiopatiya);
  • bolalarda qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Boshqa yurak glikozidlari (angishvonagul, strofant va marvaridgul preparatlari) bilan bir vaqtda qoʻllanganida ularning toksik taʼsiri kuchayishi mumkin.

Aritmiyaga qarshi vositalarning IA sinfi (xinidin, prokainamid, dizopiramid), kalsiy preparatlari, surgi vositalari va glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida ularning samarasini va toksik taʼsirini kuchaytiradi.

Benzodiazepin hosilalari, tutqanoqqa qarshi va sedativ-gipnotik vositalar, neyroleptitik vositalar va alkogolning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi taʼsirini kuchaytiradi.

Galotanli anesteziya Adonis-bromni qabul qiluvchi patsiyentlar organizmida bromid-ionlarining darajasini oshiradi va uning samarasi va toksik taʼsirini kuchaytiradi.

Tuzli ovqat isteʼmol qilish bromidlarning siydik bilan chiqarilishini oshishiga olib keladi va preparatning samarasini susaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Adonis-brom dori vositasi bilan davolanish davrida kam tuzli parhezga (natriy xloridini isteʼmol qilishni cheklash) rioya qilish kerak. Davolanish vaqtida teri va shilliq qavatlarga bromid-ionlarning nojoʻya taʼsirini oldini olish uchun ichakni muntazam boʻshatish, ogʻizni chayish va teri gigiyenasiga rioya qilish (vanna, dush qabul qilish) tavsiya etiladi.

Preparat ovqatdan keyin buyurilganda dispeptik buzilishlari kamayadi.

Bromidlarni toʻplanishi bilan bogʻliq nojoʻya samaralardan xolis boʻlish uchun Adonis-bromni buyurilishi 2-3 xaftadan oshmasligi kerak.

Homiladorlik va laktatsiya. Bromid – ionlar yoʻldosh orqali oson kiradi va emizikli ayol sutiga chiqariladi. Homiladorlik davrida Adonis-bromni faqat homila uchun kutilayotgan foyda, boʻlishi mumkin boʻlgan xavfdan ustun boʻlgan hollardagina qoʻllash mumkin. Laktatsiya davrida Adonis-bromni buyurishga zarurat boʻlganida davolashning toʻliq davri va u tugaganidan keyin 1 oy davomida bolani koʻkrakdan ajratish kerak.

Pediatriyada qoʻllanishi. Bolalarda dori vositasini qoʻllash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ushbu yosh guruhi patsiyentlarida uni qoʻllash tajribasi cheklangan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri. Adonis-bromni qabul qilish patsiyentning avtotransportni boshqarish yoki boshqa operatorlik faoliyati qobiliyatini buzadi, shuning uchun preparatni qabul qilish davrida avtotransportni boshqarish diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi xamda potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: yaqqol bradikardiya, politop ekstarsistoliya, bigeminiya yoki trigeminiya, yurak boʻlmacha-qorinchasi oʻtkazuvchanligini sekinlashishi; ogʻir hollarda – yurak qorinchalarini titrashi, yurakni toʻxtab qolishi.

Davolash: yurak glikozidlari bilan bogʻliq intoksikatsiyalarda dori vositasini qoʻllashda tanaffus qilinadi, zarurat boʻlganida kaliy preparatlari va artiaritmik preparatlar buyuriladi.

Bromidlarning bilan dozasi oshirib yuborilishidagi simptomlar: yoʻtal, tumov, apatiya, bosh ogʻrigʻi, umumiy xolsizlik, sezgi aʼzolarini buzilishi, xotirani susayishi, terida toshma, konʼyunktivit.

Davolash: bunday holatlarda preparatni qabul qilishni bekor qilish kerak, natriy xloridni (qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar boʻlmaganda) koʻp miqdorda sutkada 10 -20 g dozada yuborish kerak (bromni chiqarilishini tezlashtiradi), shu jumladan koʻp miqdorda (sutkada 3-5 litr) suv ichish kerak.

Yurak glikozidlarining dozasi oshirib yuborilishidagi simptomlar: yaqqol bradikardiya, politop eksrasistoliya, bigeminiya yoki trigeminiya, yurak boʻlmacha-qorinchasi oʻtkazuvchanligini sekinlashishi; ogʻir xollarda – qorinchalarni lipillashi va yurakni toʻxtab qolishi.

Davolash: yurak glikozidlarining dozasini oshirib yuborilishi bilan bogʻliq intoksikatsiyada preparatni qoʻllashda tanaffus qilish kerak, zarurat boʻlganda kaliy va antiaritmik vositalari buyuriladi.