Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Адипин ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Адипин ТАБЛЕТКА 5мг №30

27 758 so'mdan
(3824)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Amlodipine
Ishlab chiqaruvchi
АТМ ФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Кардиотонические препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: amlodipin – 5 mg yoki 10 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kalsiy gidrofosfati, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati.

 

Ta‘rifi:

 dumaloq, ikki tomoni qavariq, oq rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

gipotenziv vosita (kalsiy kanallarining blokatori)

Farmakologik xususiyatlari

Kalsiy kanallarining blokatori (III avlod). Antigipertenziv va antianginal ta‘sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega. Amlodipin qon tomirlarning silliq mushak xujayralariga va miokardga kalsiy ionlarini membranalar orqali kirishini susaytiradi. Gipotenziv ta‘sirining mexanizmi qon tomirlarning silliq mushaklariga bevosita bo‘shashtiruvchi ta‘siri bilan bog‘liq. Amlodipinning antianginal samarasi periferik arteriolalarni kengaytirish qobiliyati bilan bog‘liq. Bu periferik qon-tomirlarning umumiy qarshiligini kamayishiga olib keladi, bunda reflektor taxikardiya kelib chiqmaydi. Natijada miokardni kislorodga va mushaklarini energiyaga ehtiyojini kamayishi sodir bo‘ladi. Boshqa tomondan amlodipin keng o‘lchamli koronar arteriyalarni va ham intakt, ham miokardning ishemiyalangan sohalaridagi koronar arteriolalarni kengayishini chaqiradi. Bu koronar arteriyalarning spazmlarida miokardga kislorodni kelishini ta‘minlaydi. Amlodipin moddalar almashinuviga va qon plazmasidagi lipidlar tarkibiga nohush ta‘sir ko‘rsatmaydi. Diabetik nefropatiyada mikroalbuminuriyani yaqqolligini oshirmaydi.

Preparatni ichga qabul qilgandan keyin 6-12 soatdan so‘ng qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga erishib, amlodipin tez va to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi – 60-65%. Amlodipinni taxminan 97,5% qonnning plazma oqsillari bilan bog‘langan. Taqsimlanish xajmi – taxminan 21 l/kg. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish amlodipinni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Yarim chiqarilish davri – 35-50 soat, bu ammlodipinni sutkada 1 marta buyurishga imkon beradi. Qon plazmasidagi muvozanat konsentrasiyaga – amlodipinni doimiy ravishda 7-8 kun qabul qilgandan keyin erishiladi. Jigarda faol bo‘lmagan metabolitlarni hosil qilib, biotransformasiyaga uchraydi; 10% o‘zgarmagan holatdagi amlodipin va 60% metabolitlari siydik bilan chiqariladi.

Arterial gipertenziyali bemorlarda yarim chiqarilish davri – 48 s, keksa yoshdagi shaxslarda – 65 s, jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda – 60 s, buyrak faoliyati buzilganda esa – o‘zgarmaydi.

 

Qo‘llanilishi
  • Arterial gipertoniya (shu jumladan majmuaviy davolash tarkibida);
  • Turg‘un stenokardiya;
  • Turg‘un bo‘lmagan stenokardiya (shu jumladan Prinsmetal) stenokardiyasida qo‘llaniladi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan.

Tabletkalarni bir stakan suyuqlik bilan (masalan, bir stakan suv) ichib, ovqat qabul qilishiga bog‘liq bo‘lmagan holatda qo‘llash kerak.

Kattalar

Boshlang‘ich dozasi 5 mg dan kuniga 1 martani tashkil qiladi. Agar 2-4 xafta davomida terapevtik samaraga erishilmasa, pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab, dozani sutkada maksimal ahamiyatli bo‘lgan 10 mgacha (bir qabul qilishda) oshirish mumkin. Amlodipinni monoterapiya sifatida yoki majmuaviy davolash tarkibida qo‘llash mumkin.

Bolalar va o‘smirlar (18 yoshgacha bo‘lganlar)

Bolalar va o‘smirlarda (18 yoshgacha bo‘lgan) amlodipinni xavfsizligi va samarasi haqida yetarli miqdordagi ma‘lumotlarni yo‘qligi sababli qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Keksa yoshdagi pasientlar

 Keksa yoshdagi pasentlar uchun standart dozani qo‘llash tavsiya etiladi; biroq dozani oshirishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Oddiy doza tavsiya etiladi. Amlodipinni dializda bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar faoliyati buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozalash tartibi aniqlanmagan, shuning uchun ularda amlodipinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligini quyidagi eslatmadan foydalanib aniqlangan: juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (> 1/100 – < 1/10), tez-tez emas (> 1/1.000 – < 1/100), kam hollarda (> 1/10.000 – < 1/1.000), juda kam hollarda (< 1/10.000), noma‘lum (ma‘lum ma‘lumotlarga asoslanib aniqlashni iloji yo‘q).

Qon va limfa tizimi tomonidan:

Juda kam hollarda:  leykopeniya, trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan:

Juda kam hollarda: allergik reaksiyalar.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan:

Juda kam hollarda: giperglikemiya, tana vaznini oshishi va kamayishi.

Ruhiy buzilishlar:

Kam hollarda: uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgarishi (shu jumladan havotirlik), depressiya, dezorientasiya.

Nerv tizimi tomonidan:

Tez-tez: uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i (asosan davolashni boshida).

Kam hollarda: tremor, ta‘mni yo‘qolishi, xushdan ketish, gipesteziya, paresteziya.

Juda kam hollarda: gipertonus, periferik neyropatiya.

Sezgi a‘zolari tomonidan:

Kam hollarda: ko‘rishni buzilishi, shu jumladan diplopiya, quloqlarda shovqin.

Yurak tomonidan:

Kam hollarda: yurak urishini his qilish.

Juda kam hollarda: miokard infarkti, aritmiyalar (shu jumladan bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi).

Qon tomirlar tomonidan:

Tez – tez : yuzni giperemiyasi.

Kam hollarda: gipotenziya.

Juda kam hollarda: vaskulit.

Nafas yo‘llari, o‘pka va ko‘krak qafasi tomonidan:

Kam hollarda: xansirash, rinit.

Juda kam hollarda: yo‘tal.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan:

Tez-tez: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi.

Kam hollarda: qusish, dispepsik buzilishlar, ichakni o‘z-o‘zidan bo‘shashini o‘zgarishi (shu jumladan  diareya va qabziyat), og‘izni qurishi.

Juda kam hollarda: pankreatit, gastrit, milklar giperplaziyasi.

Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan:

Kam hollarda: gepatit, sariqlik, transaminazalar faolligini oshishi.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:

Kam hollarda: alopesiya, purpura, teri rangining o‘zgarishi, ko‘p terlash, qichishish, toshma, ekzantema.

Juda kam hollarda: Kvinke shishi, ko‘p shaklli  eritema, eshakemi, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, fotosensibilizasiya.

Suyak-mushak tizimi, biriktiruvchi to‘qima tomonidan:

Tez-tez: tizza-tovon bo‘g‘imini sohasida shish.

Kam hollarda: artralgiyalar, mialgiyalar, mushak spazmlari, belda og‘riq.

Buyrak va siydik chiqarish tomonidan:

Kam hollarda: siydik chiqarishni buzilishi, nikturiya, siydik chiqarish tez-tezligini oshishi.

Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan:

Kam hollarda: potensiya, ginekomastiya.

Umumiy buzilishlar:

Tez-tez: shishlar, charchoqlik.

Kam hollarda: ko‘krak qafasida og‘riq, holsizlik, og‘riq, kuchsizlanish.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

amlodipinga, boshqa digidropiridinlarga yoki preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;

aortal klapanning yaqqol stenozi;

og‘ir yurak yetishmovchiligi;

arterial gipotoniya,

shok, shu jumladan kardiogen shok;

o‘tkir miokard infarktidan keyin keyin gemodinamikani turg‘un bo‘lmasligi (birinchi 28 kun davomida);

turg‘un bo‘lmagan zo‘riqish stenokardiyasida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa tiibiy preparatlarni amlodipinga ta‘siri

Gipotenziv vositalarni (diuretiklar, AAF ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar) asosiy guruhlari, nitratlar va gipoglikemik preparatlar bilan mutanosib. Ingalyasion narkoz uchun vositalar (uglevodlarning hosilalari), amiodaron, xinidin va boshqa kalsiy antagonistlari ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. NYAQV (asosan indometasin) gipotenziv samarani kamaytiradi (buyrakda prostaglandinlar sintezini va natriyurezni tormozlaydi). CYP3A4 kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol, itrakonazol, ritonavir) amlodipinni plazmadagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Amlodipinni CYP3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurilganida gipotenziya simptomlari va periferik shishlarni mavjudligini nazorat qilish zarur.

Hozirgi vaqtda CYP3A4 induktorlarini (masalan, rifampisin, dalachoy, deksametazon, fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, nevirapin va rifabutin) amlodipinga ta‘siri xaqida yetarli ma‘lumotlar yo‘q. Ushbu preparatlar bilan birga qo‘llash plazmada amlodipinni konsentrasiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Amlodipin va CYP3A4 induktorlarini majmuaviy qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Amlodipinni boshqa tibbiy preparatlarga ta‘siri

Amlodipin arterial bosimni pasaytiruvchi boshqa tibbiy preparatlarni (masalan beta-adrenoreseptorlar, AAF ingibitorlari, alfa-1-blokatorlari va diuretiklar) antigipertenziv samarasini kuchaytirishi mumkin. Yuqori xavfli pasientlarda (masalan miokard infarktidan keyin) kalsiy kanallarining blokatorlarini beta-adrenoreseptorlari blokatori  bilan majmuasi yurak yetishmovchiligi, gipotoniya va yangidan miokard infarktiga olib kelishi mumkin.

O‘zaro ta‘siri bo‘yicha klinik tadqiqotlarda Amlodpin atorvastatin, digoksin, varfarin yoki siklosporin parametrlariga ta‘sir ko‘rsatmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Gipertonik kriz vaqtida amlodpinni qo‘llash xavfsizligi va samarasi aniqlanmagan.

Bolalar va o‘smirlarda (18 yoshgacha bo‘lganlar) qo‘llanilishi.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda amlodpinni qo‘llash xavfsizligi va samarasi aniqlanmagan.

Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarni davolashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim.

Og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar ishtirokidagi davomli tadqiqotlar (NYHA bo‘yicha III va IV sinf) amlodipin bilan davolashni qabul qilgan pasientlarda, plasebo guruhiga nisbatan o‘pka shishini kelib chiqishini yuqori tez-tezligini aniqladi. Biroq, bu yurak yetishmovchiligini kechishini yomonlashishini ko‘rsatmaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi

Amlodipin dializ yo‘li bilan chiqarilmaydi. Amlodipinni dializda bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda amlodipinni yakuniy yarim chiqarilish  davri uzaygan; tavsiya etilgan dozalash hozirgi kungacha aniqlanmagan. Ushbu sababga ko‘ra, bunday pasientlarda amlodipinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Amlodipin  avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga kuchsiz ta‘sir qilishi mumkin. Ayrim pasientlarda amlodipinni qabul qilish fonida bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ko‘ngil aynishi rivojlanishi mumkin, bu reaksiya tezligini buzilishi mumkin, ayniqsa davolashni boshida va dozalash tartibi o‘zgarganda kuzatiladi.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik va laktasiya davrlarida amlodipinni qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Shu sababli,  homiladorlik vaqtida amlodipinni qo‘llash faqat boshqa xavfsiz muqobil usullar bo‘lmaganida, kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan xavf esa, ona va homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarardan oshsagina qo‘llash tavsiya etiladi.

Amlodipin bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: reflektor taxikardiya va periferik vazodilatasiyani to‘satdan rivojlanishi bilan birga arterial bosimini yaqqol pasayishi (yaqqol va turg‘un arterial gipotenziyani, shu jumladan shok rivojlanishi va letal holatni kelib chiqishi ehtimoli mavjud).

Davolash: faollashtirilgan ko‘mirni buyurish (ayniqsa dozani oshirib yuborilishidan keyin birinchi 2 soatda), me‘dani yuvish, oyoq-qo‘llarga ko‘tarilgan holatda qo‘yish, yurak-qon tomir tizimi faoliyatlarini faol tutib turish, yurak va o‘pka ishini ko‘rsatkichlarini monitoringi, aylanib yuruvchi qon xajmini va diurezni nazorat qilish. Tomirlar va arterial bosimni tonusini tiklash uchun agar qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud bo‘lmasa, tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni qo‘llash mumkin. Kalsiy glyukonatini v/i yuborish mumkin. Amlodipin qonning zardobli oqsillari bilan kam miqdorda bog‘lanishi tufayli – gemodializ samarasiz.

 

Chiqarilish shakli

5 mg yoki 10 mg dan qobiq bilan qoplangan tabletkalar, o‘ramida 30 tabletka.

 

 

Saqlash sharoiti

10-250S haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha