Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АДЕЛЬФАН-СР ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АДЕЛЬФАН-СР ТАБЛЕТКА №10

4 000 so'mdan
(3143)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
RESERPINE,DIHYDRALAZINE,HYDROCHLOROTHIAZIDE
Ishlab chiqaruvchi
ИНДИЯ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi:

faol moddalar: 10 mg gidratlangan digidralazin sulfati, 0,1 mg rezerpin va 10 mg gidroxlortiazid;

yordamchi moddalar: mannitol (Ye 421), makkajoʻxori kraxmali, magniy stearati, talk, dinatriy edetati.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 antigipertenziv vosita (rezerpin boshqa preparatlar bilan majmuada)

 

Farmakologik xususiyatlari

 bu –oʻz taʼsirini har xil nuqtalarda namoyon etuvchi va bir-birining antigipertenziv samarasini oʻzaro toʻldiruvchi uchta antigipertenziv komponentlarning majmuasidir.

Rezerpin markaziy nerv tizimi va postganglionar simpatik nerv oxirlarida katexolaminlarning deposini juda kamayib ketishini chaqiradi. Buning natijasida katexolaminlarni toʻplanish xususiyati ancha uzoq muddatga buziladi. Katexolaminlarning zahiralarini keskin kamayib ketishi simpatik nerv oxiralarida impulslar oʻtkazilishining buzilishiga olib keladi, bu esa, oʻz navbatida, simpatik nerv tizimining tonusini pasayishiga olib keladi (bunda parasimpatik nerv tizimining faolligi oʻzgarmaydi). Shunday qilib, rezerpin oshgan arterial bosimni (AB) va yurak qisqarishlar sonini (YUQS) pasaytiradi. Bundan tashqari, rezerpin sedativ samarani chaqiradi.

Rezerpin markaziy va periferik neyronlardagi boshqa neyromediatorlar, masalan, serotonin, dofamin, neyropeptidlar va adrenalinning zaxiralarini kamayishini ham chaqiradi. Rezerpinning bu samaralari uning farmakologik samaralari va antigipertenziv taʼsirini amalga oshishida rol oʻynashi mumkin.

Rezerpin ichga qabul qilinganidan keyin uning antigipertenziv taʼsiri sekin rivojlanadi; taʼsirining maksimumiga faqat 2-3 haftadan soʻng erishiladi va uzoq muddat davomida saqlanib turadi.

Digidralazin sulfati arterial tomirlarning (asosan arteriolalar) silliq mushaklari tonusini pasaytiradi va periferik tomirlarning qarshiligini kamaytiradi. Bu taʼsirining xujayra darajasidagi mexanizmi noaniqligicha qolmoqda. Tomirlarning qarshiligi koʻproq darajada yurak, bosh miya, buyrak va boshqa ichki aʼzolarning tomirlarida va kamroq darajada – teri va skelet mushaklarining tomirlarida pasayadi. Agarda AB ni pasayishi unchalik yaqqol xarakterga ega boʻlmasa, kengaygan qon havzasidagi qon oqimi umuman olganda kuchayadi. Venulalar emas, balki koʻproq arteriolalarning kengayishi, ortostatik gipotoniyaning yaqqolligini kamaytiradi va yurakdan otilib chiqishini oshishiga yordam beradi.

Arterial bosimni (sistolikka nisbatdan koʻproq darajada diastolik bosim) pasayishiga olib keluvchi tomirlarni kengayishi YUQS, zarb hajm va yurakdan otilib chiqishini reflektor kuchayishi bilan kechadi. YUQS va yurakdan otilib chiqishini reflektor kuchayishi digidralazin va simpatik nerv tizimini susaytiradigan rezerpinning majmuasi hisobiga meʼyorlanishi mumkin.

Digidralazinni qoʻllash organizmda natriy va suvni tutilishiga, va oqibatda diurezni kamayishi va shishni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu noxush holatlarni diuretik, masalan, gidroxlortiazidni bir vaqtda qoʻllash bilan bartaraf qilish mumkin.

Gidroxlortiazid – tiazid diuretik – Genle xalqasining kortikal segmentida va buyrak naychalarning distal boʻlimlarida taʼsir koʻrsatadi. Preparat xlor va natriy ionlarining reabsorbsiyasini (Na+Cl transport fermenti bilan antagonistik oʻzaro taʼsiri hisobiga) tormozlaydi va kalsiy ionlarining reabsorbsiyasini kuchaytiradi (mexanizmi nomaʼlum). Yigʻuvchi naychalarining kortikal segmentiga natriy ionlari va suvning miqdori va/yoki tushish tezligini oshishi kaliy va vodorod ionlarining sekretsiyasi va chiqarilishini oshishiga olib keladi.

Buyraklar faoliyati normal boʻlgan bemorlarda diurezni kuchayishi 12,5 mg gidroxlortiazid qoʻllanganidan keyin qayd etiladi. Natriy va xlorni siydik bilan ekskretsiyasini kuchayishi va kaliyurezni biroz kamroq kuchayishi gidroxlortiazidning dozasiga bogʻliq. Preparat ichga qabul qilinganidan soʻng diuretik va natriyuretik samaralari 1-2 soatdan keyin boshlanadi; maksimumiga 4-6 soatdan keyin yetadi, 10-12 soat davomida davom etadi.

Tiazidlar tomonidan chaqirilgan diurez, avval aylanayotgan plazma hajmini , tizimli AB va yurakdan qon otilib chiqishini kamayishiga olib keladi. Renin-angiotenzin-aldosteron tizimi faollashishi mumkin. Gidroxlortiazid uzoq vaqt qoʻllanganida, gipotenziv taʼsirni tutib turilishi, ehtimol, periferik tomirlarning qarshiligini kamayishi hisobiga taʼminlanadi. Yurakdan qon otilib chiqishi dastlabki koʻrsatkichlariga qaytadi, plazma hajmini biroz kamayishi va plazmadagi reninning faolligini oshishi saqlanib qoladi.

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi va plazmadagi konsentratsiyasi.

Rezerpin ichga qabul qilinganidan keyin tez soʻriladi. 30 minutdan keyinoq plazmada rezerpinning konsentratsiyasi oʻlchasa boʻladigan koʻrsatkichlarga yetadi. Tizimli biokiraolishligi 50% ni tashkil qiladi.

Digidralazin ichga qabul qilinganidan keyin tez soʻriladi. Plazmada preparat asosan oʻzgarmagan digidralazin va asosiy moddaning metabolizmi natijasida hosil boʻluvchi gidrazon moddalar shaklida boʻladi. Preparatning taxminan 10% plazmada gidralazin shaklida boʻladi.

Gidroxlortiazid ichga qabul qilinganidan soʻng 60-80% ga soʻriladi. Plazmadagi maksimal konsentratsiyasiga erishish vaqti – 1,5-3 soat. Soʻrilishining ovqat qabul qilish taʼsiridagi oʻzgarilishlari klinik axamiyatga ega emas. Terapevtik dozalar diapozonida gidroxlortiazidniing tizimli biokirishaolishligi dozaning kattaligiga proporsionaldir. Preparat tez-tez buyurilganida uning farmakinetikasi oʻzgarmaydi.

Taqsimlanishi.

Rezerpinning nisbiy taqsimlanish hajmi oʻrtacha 9,1 l/kg (6,4 dan 11,8 l/kg gacha tebranish) ni tashkil qiladi. Plazma oksillari (albuminlar va lipoproteinlar) bilan bogʻlanishi  96% dan koʻproqni tashkil qiladi.

Gidroxlortiazid eritrotsitlarda toʻplanadi. Chiqarilish bosqichida uning eritrotsitlardagi konsentratsiyasi plazmadagiga nisbatdan 3-9 marta ortiq. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – 40-70%. Chiqarilishining terminal bosqichida taqsimlanish hajmi 3-6 l/kg ni tashkil qiladi (bu tana vazni 70 kg boʻlganda 210-420 l ga toʻgʻri keladi).

Metabolizmi.

Rezerpin jigar va ichakda metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolitlari metilrezerpat va trimetoksibenzoy kislotasidir.

Digidralazin ahamiyatli darajada oksidlanish, gidrazonlarni hosil boʻlishi va atsetillanish kabi jarayonlar ishtirokida metabolizmga uchraydi. Patsiyentning atsetillanish reaksiyalariga qobiliyati digidralazinning farmakokinetikasiga jiddiy taʼsir qilmaydi.

Gidroxlortiazid juda past darajada metabolizmga uchraydi. Uning yagona juda kam miqdorda aniqlangan metaboliti 2-amino-4-xloro-M-benzendisulfonamiddir.

Chiqarilishi.

Rezerpin va uning metabolitlarining plazmadan chiqarilishi ikki bosqichda kechadi: I bosqichning yarimchiqarilish davri 4,5 soatni; II bosqichning – 271 soatni tashkil qiladi. Oʻzgarmagan moddaning yarimchiqarilish davrining oʻrtacha davomligi 33 soatni tashkil qiladi. Preparatning umumiy klirensi oʻrtacha minutiga 245 ml ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganidan soʻng birinchi 96 soat davomida dozaning 8% siydik bilan, asosan metabolitlari koʻrinishida, va 62% – ahlat bilan, asosan oʻzgarmagan holda chiqariladi.

Oʻzgarmagan digidralazinning yarimchiqarilish davri oʻrtacha 4 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi oʻrtacha 1450 ml/min ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganidan soʻng qabul qilingan dozaning taxminan 46% 24 soat davomida, asosan metabolitlari koʻrinishida ahlat bilan chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 0,5% oʻzgarmagan modda koʻrinishida siydikda aniqlanadi.

Gidroxlortiazidning plazmadan chiqarilishi ham ikki bosqichli: boshlangʻich bosqichining yarimchiqarilish davri 2 soatni tashkil qiladi, yakuniy bosqichining (qabul qilinganidan soʻng 10-12 soatdan keyin) – taxminan 10 soatni tashkil qiladi. Buyraklar faoliyati normal boʻlgan patsiyentlarda chiqarilishi deyarli asosan buyraklar orqali amalga oshiriladi. Umuman olganda, qabul qilingan dozaning 50-75% oʻzgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.

Alohida guruh patsiyentlaridagi farmakokinetikasi.

Keksa yoshli patsiyentlar, buyraklar faoliyatini buzilishi.

Keksa yoshli bemorlarda va buyraklar faoliyatini buzilishi boʻlgan bemorlarda gidroxlortiazidning klirensi ahamiyatli pasayadi, bu qon plazmasida uning konsentratsiyasini ahamiyatli oshishiga olib keladi. Keksa yoshli bemorlarda kuzatiladigan klirensning pasayishi, ehtimol, buyraklar faoliyatining susayishi bilan bogʻliqdir.

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar sirrozi boʻlgan bemorlarda gidroxlortiazidning farmakokinetikasini oʻzgarishlari aniqlanmaydi.

Keksa yoshli bemorlarda va buyraklar faoliyatini buzilishi boʻlgan bemorlarda ning oʻrtacha terapevtik dozalari, buyraklar faoliyati normal boʻlgan yosh bemorlarga nisbatan pastroq boʻlishi mumkin.

Buyraklar va/yoki jigar faoliyatini buzilishi boʻlgan bemorlarda digidralazinni toʻplanishi kuzatilishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda rezerpinning chiqarilishini sekinlashishi aniqlanadi, biroq bu, uni ahlat bilan faol chiqarilishini oshishi bilan kompensatsiyalanadi. Bunday hollarda organizmda preparatni toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, ning bir martalik dozasini toʻgʻrilash yoki AB dinamikasi va oʻzlashtirilishini hisobga olib, dozalar orasidagi intervalni uzaytirish talab qilinadi.

 

Qoʻllanilishi

Arterial gipertenziya.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparatning dozasini shaxsiy tanlash kerak. Davolash minimal dozani buyurishdan boshlanadi, uni bemorning davolashga boʻlgan javobiga qarab, asta-sekin (koʻpi bilan har 2-3 haftadan soʻng) oshirish mumkin. Sutkalik doza odatda 1-3 tabletkani tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletka. Preparatni qabul qilishlar soni – sutkada 2-3 marta.

Agarda arterial bosimni adekvat nazoratiga erishish imkoni boʻlmasa, davolashni qayta koʻrib chiqish va mumkin boʻlsa, boshqa farmakologik guruh preparatlariga (beta-adrenoblokator, kalsiy kanallarining blokatorlari, AAF ingibitori) oʻtish kerak.

Preparatni ovqat vaqtida suyuqlik bilan qabul qilish kerak.

Buyraklar, jigar faoliyatini buzilishlari boʻlgan bemorlarda, shuningdek keksa yoshli bemorlarni davolash uchun qoʻllanishi.

Yuqorida koʻrsatilgan dozalar buyraklar faoliyati normal boʻlgan bemorlarga tavsiya qilingan. Keksa yoshli bemorlarda, shuningdek jigar faoliyatini buzilishi va/yoki buyraklar faoliyatini kuchsiz buzilishlari boʻlgan bemorlarda preparatning bir martalik dozasini yoki buyurishlar orasidagi intervalni, davolashga talab etiladigan javobni va oʻzlashtiraolinishini hisobga olib, ehtiyotkorlik bilan belgilash lozim. Buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari (kreatinin klirensi 30 ml/min va undan kam) boʻlgan bemorlarda, diuretik vositalarni qoʻllash talab etilganida, “halqali” diuretiklarga afzallikni berish kerak.

Majmuaviy tarkibga ega boʻlgan ushbu preparatni bolalarda qoʻllash mumkin emas.

 

Nojoʻya taʼsirlari

ning komponentlari, arterial gipertoniyani davolash uchun alohida buyuriladigan xuddi oʻsha preparatlarning dozalari bilan solishtirganda, unda ancha pastroq dozalarda mavjuddir. Shunga qaramasdan, preparatning alohida  komponentlari uchun xarakterli boʻlgan quyidagi  nojoʻya taʼsirlari kuzatilishi mumkin.

Nojoʻya taʼsirlarining uchrashi tez-tezligini quyidagi baholash mezonlari ishlatildi: “tez-tez” tushunchasi agarda nojoʻya taʼsirlar 10% dan ortiq patsiyentlarda aniqlanganda ishlatiladi, “baʼzida” tushunchasi – 1-10% da,  “kam” tushunchasi – 0,001-1% da, “alohida hollarda” – 0,001% dan kam patsiyentlarda uchraganda qoʻllanadi.

Rezerpin.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: baʼzida – diareya, ogʻizni qurishi, meʼda shirasi sekretsiyasini oshishi, soʻlak ajralishini kuchayishi;  kam – koʻngil aynishi, qusish, ishtahani oshishi, yara hosil boʻlishi; ayrim hollarda – meʼda-ichakdan qon ketishi.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: baʼzida – sinusli bradikardiya, shishlar; kam – aritmiyalar, stenokardiyani taxmin qilishga imkon beruvchi tush suyagi ortidagi ogʻriqlar; ortostatik gipotenziya; yuzga qon oqib kelishi; ayrim hollarda – xushdan ketish, yurak yetishmovchiligi, serebrovaskulyar oʻzgarishlar.

Nafas aʼzolari tomonidan: baʼzida – burun shilliq qavatini shishi; hansirash; ayrim hollarda – burundan qon ketishi.

MNT tomonidan: baʼzida – bosh aylanishi, depressiya, asabiylik, dahshatli tush koʻrishlar, kuchli toliqish; kam – ekstrapiramidal buzilishlar (shu jumladan parkinsonizm), bosh ogʻrigʻi, xavotirlik holati, diqqatni jamlashni buzilishi, stupor, oriyentatsiyani buzilishi; ayrim hollarda – bosh miyani shishi.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: kam – potensiya va eyakulyatsiyani buzilishi; ayrim hollarda – dizuriya, glomerulonefrit.

Endokrin tizimi va modda almashinuvi tomonidan: baʼzida – tana vaznini oshishi; kam – prolaktin sekretsiyasini oshishi, galaktoreya, ginekomastiya; ayrim hollarda – sut bezlarini shishi, libidoni pasayishi.

Sezgi aʼzolari tomonidan: baʼzida – koʻrishni xiralashishi, konʼyuktivaning giperemiyasi, koʻzni yoshlanishi; ayrim hollarda – eshitishning buzilishi.

Boshqalar: kam – ekzema, qichishish; alohida hollarda – purpura, kamqonlik va trombotsitopeniya.

Digidralazin.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: tez-tez – taxikardiya, yurak urishini his qilish; baʼzida – yuzga qonni oqib kelishlari, arterial gipotenziya, stenokardiya; kam – shishlar, yurak yetishmovchiligi.

Ovqat hazm qilish yoʻllari tomonidan: baʼzida – dispeptik holatlar, koʻngil aynishi, qusish, diareya.

Gepatobiliartizimi tomonidan: kam – sariqlik, jigar faoliyatini buzilishi, gepatit.

MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh ogʻrigʻi; baʼzida – bosh aylanishi; kam – qoʻzgʻaluvchanlik, anoreksiya, asabiylik, bezovtalik holati, xavotirlik, periferik nevrit, paresteziyalar (bu nojoʻya taʼsirlari piridoksin buyurilganida yoʻqoladi); ayrim hollarda – kayfiyatni susayishi.

Qon tizimi tomonidan: kam – anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya.

Allergik va immunopatologik reaksiyalar: kam – yugiriksimon sindrom.

Boshqalar: baʼzida – artralgiya; kam – tana vaznini kamayishi, isitma, holsizlik, teri toshmalari, qichishish.

Gidroxlortiazid.  

Suv-elektrolit balansi va modda almashinuvi tomonidan: tez-tez – asosan, yuqori dozalari qoʻllanganida), gipokaliyemiya, qonda lipidlar miqdorini oshishi; baʼzida – giponatriyemiya, giperurikemiya; kam – giperkalsiyemiya, giperglikemiya, glyukozuriya, qandli diabetda metabolik buzilishlarni kuchayishi; ayrim hollarda – gipoxloremik alkaloz.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: baʼzida – eshakemi, boshqa teri toshmalari; kam – fotosensibilizatsiya; ayrim hollarda – nekrotik vaskulit, toksik epidermal nekroliz, yugiriksimon sindromga oʻxshash teri reaksiyalari, qizil yugirikning teri koʻrinishlarini zoʻrayishi.

Ovqat hazm qilish yoʻllari, gepatobiliar tizimi tomonidan: baʼzida – ishtahani yoʻqolishi, oʻrtacha ifodalangan koʻngil aynishi va qusish; kam – diskomfort, qabziyat, diareya, jigar ichki xolestazi, sariqlik; alohida hollarda – pankreatit.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: baʼzida – ortostatik gipotenziya (u alkogol, anestetiklar va sedativ vositalarini qoʻllash bilan chuqurlashishi mumkin); kam – aritmiyalar.

MNT va sezgi aʼzolari tomonidan: kam – bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi yoki xushdan ketish oldi holati, uyquni buzilishi, depressiya, paresteziyalar; koʻrishni buzilishi (ayniqsa, davolanishning birinchi haftalarida).

Qon yaratish tizimi tomonidan: kam – trombotsitopeniya, baʼzida purpura bilan; ayrim hollarda – leykopeniya, agranulotsitoz, suyak koʻmigini susayishi, gemolitik anemiya.

Boshqalar: baʼzida – impotensiya; ayrim hollarda – yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, nafas aʼzolari tomonidan buzilishlar, shu jumladan pnevmonit va oʻpkalar shishi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Rezerpin va unga oʻxshash moddalarga, digidralazin yoki boshqa gidrazinoftalazinlarga, gidroxlortiazid yoki boshqa sulfonamid hosilalariga yuqori sezuvchanlik.

Depressiya (hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi), Parkinson kasalligi, tutkanoq, elektr tirishish yordamida davolash.

Meʼda va oʻnikki barmoq ichak yarasi kasalligining zoʻrayish bosqichi, yarali kolit; feoxromatsitoma, MAO ingibitorlari bilan yoʻldosh yoki yaqin oradagi davolanish.

Tizimli qizil yugirik (idiopatik). Yurakdan kuchli qon otilib chiqishi (masalan, tireotoksikozda) fonidagi yaqqol taxikardiya va yurak yetishmovchiligi. Mexanik toʻsiq (masalan, aortal yoki mitral stenoz yoki konstriktiv perikardit) oqibatidagi yurak yetishmovchiligi  Oʻpka gipertenziyasi (“oʻpka-yurak”) oqibatidagi alohida oʻng qorincha yetishmovchiligi.

Anuriya, ogʻir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam).

Jigar yetishmovchiligi. Refrakter gipokaliyemiya, giponatriyemiya, giperkalsiyemiya. Giperurikemiya klinik koʻrinishlari bilan.

Homiladorlik davridagi arterial gipertoniya.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

ning gipotenziv samarasi boshqa antigipertenziv preparatlar: guanetidin, alfa-metildopa, beta-adrenoblokatorlar, vazodilatatorlar, kalsiy kanallarning blokatorlari, AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda kuchayadi. Shuningdek preparatning alohida komponentlari bilan bogʻliq qator oʻzaro taʼsirlar boʻlishi mumkin.

Rezerpin. Rezerpin bilan davolashni boshlashdan hech boʻlmaganda 14 kun oldin MAO ingibitorlarini bekor qilish lozim. Agarda rezerpin qabul qilgan patsiyentga MAO ingibitorlarni buyurish rejalashtirilayotgan boʻlsa, rezerpin bekor qilinganidan keyin xuddi shunday kamida 14 kun oʻtishi lozim. Aks xolda rezerpin va MAO ingibitorlarning oʻzaro taʼsirini giperreaktivlik va gipertonik kriz kabi ogʻir koʻrinishlari rivojlanishi mumkin.

Rezerpin alkogol, narkoz vositalari, ayrim antigistamin preparatlar, barbituratlar va tritsiklik antidepressanlarning MNT ga susaytiruvchi taʼsirini kuchaytiradi. Rezerpin levodopaning taʼsirini susaytiradi. Rezerpin va tritsiklik antidepressantlarni bir vaqtda qoʻllash rezerpinning gipotenziv taʼsirini susaytirishi mumkin.

Narkoz vaqtida arterial bosimni xaddan tashqari pasayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, rejali operatsiyadan bir necha kun oldin rezerpinni bekor qilish lozim. Rezerpinni antiaritmik preparatlar yoki angishvonagul preparatlari bilan birga buyurish, sinus bradikardiyasini paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Rezerpin adrenalin va boshqa simpatomimetik moddalarining taʼsirini kuchaytirishi mumkin (yoʻtalga qarshi vositalar, burunga va koʻzga tomiziladigan tomchilar bilan bir vaqtda qoʻllashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak).

Rezerpinni qoʻllash siydikda 17-ketosteroidlar va 17-gidroksikortikosteroidlarni kolorimetrik usuli bilan aniqlash natijalariga taʼsir qilib, bu natijalarni pasayishiga olib kelishi mumkin.

Digidralazin. Tritsiklik antidepressantlar, neyroleptik vositalar, shuningdek etanol saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qoʻllash digidralazinning gipotenziv taʼsirini kuchaytirishi mumkin. Digidralazinni diazoksidni buyurishdan biroz oldin yoki undan keyin tez orada buyurish, arterial bosimni yaqqol pasayishini chaqirishi mumkin. Digidralazin qabul qilayotgan bemorlarga MAO ingibitorlarni buyurishda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Gidroxlortiazid

Gidroxlortiazid va litiy preparatlari bir vaqtda qoʻllanganida qonda litiyning konsentratsiyasi oshishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda qonda litiyning darajasini muntazam nazorat qilish lozim. Litiy preparatlari poliuriya chaqirgan hollarda, gidroxlortiazid paradoksal antidiuretik samarani chaqirishi mumkin. Gidroxlortiazid qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlarning taʼsirini kuchaytirishi mumkin.

Diuretiklar chaqirgan gipokaliyemik taʼsir, GKS, AKTG, amfoteritsin, karbenoksolon bir vaqtda qoʻllanganida kuchayishi mumkin.

Gipokaliyemiya va gipomagniyemiya (tiazid diuretiklarning noxush taʼsirlari) yurak glikozidlarini olgan bemorlarda, yurak ritmini buzilishlarini rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

Qandli diabeti boʻlgan bemorlarda gidroxlortiazid qoʻllanganida insulin va peroral qandni pasaytiruvchi preparatlarning dozasini toʻgʻrilash talab qilishi mumkin.

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlarni (masalan, indometatsin) bir vaqtda buyurish gidroxlortiazidning diuretik, natriyuretik va antigipertenziv samaralarini susaytirishi mumkin. Moyil bemorlarda buyraklar faoliyatini yomonlashishi toʻgʻrisida alohida xabarlar mavjud.

Gidroxlortiazidning soʻrilishi anion almashinuvchi smolalar ishtirokida buziladi. Gidroxlortiazidni meʼda-ichak yoʻllaridan soʻrilishi, kolestiramin va kolestipolning bir martalik dozalari bir vaqtda buyurilganda, bu birikmalar bilan bogʻlanishi sababli,  muvofiq ravishda  85% va 43% ga kamayadi.

Tiazid diuretiklarni, shu jumladan gidroxlortiazidni bir vaqtda qoʻllash, allopurinolga yuqori sezuvchanlik reaksiyalarni paydo boʻlishi xavfini oshirishi, amantadinning nojoʻya taʼsiri xavfini oshirishi, diazoksidning gipoglikemik taʼsirini kuchaytirishi, sitotoksik vositalarni (masalan, siklofosfamid, metotreksat) buyrak orqali chiqarilishini pasaytirishi va ularning miyelosupressiv taʼsirini kuchaytirishi mumkin.

Antixolinergik preparatlar (masalan, atropin, biperiden) gidroxlortiazidning biokiraolishligini oshirishi mumkin, bu MIY ning harakat faolligini pasayishi va meʼdani boʻshash tezligini pasayishi bilan bogʻliq.

Gidroxlortiazidni D-vitamini yoki kalsiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish, qonda kalsiyning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Siklosporinni bir vaqtda qabul qilish giperurikemiya va podagraning xavfini oshirishi mumkin.

Gidroxlortiazid va metildopa preparatlari bir vaqtda qabul qilinganida gemolitik anemiyani rivojlanishi toʻgʻrisida xabarlar mavjud.

Karbamazepin bilan bir vaqtda gidroxlortiazidni qabul qilayotgan patsiyentlarda giponatriyemiya rivojlanishi mumkin. Bunday patsiyentlarni giponatriyemik reaksiyani rivojlanishi mumkinligi xususida ogohlantirish va tegishli monitoringni amalga oshirishni tavsiya etish lozim.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Depressiya belgilari paydo boʻlganida preparatni darhol bekor qilish kerak, chunki suitsidal harakatlarning xavfi mavjud. Rezerpin tomonidan qoʻzgʻatilgan depressiya (ayniqsa, ning yuqori dozalari qoʻllangan hollarda), suitsidal harakatlarni qoʻzgʻatish uchun yetarli darajada ogʻir boʻlishi mumkin. U preparat bekor qilingandan keyin bir necha oy davomida saqlanishi mumkin.

Miokard infarktini oʻtkazgan bemorlarga, oʻtkazilgan infarktdan keyin barqarorlik davri tugamagunicha digidralazinni buyurish mumkin emas.

Digidralazinning jigar tomonidan kam uchraydigan, ammo jiddiy nojoʻya taʼsirlarini paydo boʻlishini hisobga olib, jigar faoliyatini buzilishlari boʻlgan bemorlarning holatini muntazam nazorat qilish lozim. Shuningdek, tiazid diuretiklar tomonidan chaqirilgan, xattoki ahamiyatli boʻlmagan suv-elektrolit buzilishlari, ayniqsa jigar sirrozi boʻlgan bemorlarda jigar komasiga olib kelishi mumkinligini xam hisobga olish kerak.

Bugungi kunda digidralazinni qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan yugiriksimon sindromni paydo boʻlishi hollari toʻgʻrisida oz miqdordagi xabarlar bor. Bu sindromning yengil shakllari baʼzida isitma va teri toshmalari bilan birga kechuvchi artralgiyalar bilan namoyon boʻladi; preparat bekor qilinganidan soʻng bu simptomlar mustaqil oʻtib ketadi. Ogʻirroq hollarda klinik manzara tizimli qizil yugirik koʻrinishlari bilan oʻxshash; simptomlarning toʻliq yoʻqolishiga faqat glyukokortikoidlar bilan uzoq muddatli davolash bilan erishish mumkin. Bu sindromning paydo boʻlish tez-tezligi dozaning kattaligi va davolashning davomliligi bilan bevosita bogʻliq. Shuning munosabati bilan, uzoq muddatli tutib turuvchi davolashni oʻtkazish uchun minimal samarali dozalarni qoʻllash tavsiya qilinadi.

Digidralazin bilan davolanish vaqtida har 6 oyda qon plazmasida antinuklear omilni aniqlash maqsadga muvofiqdir. Antinuklear omil aniqlangan holda, uning titrlarini muntazam oʻlchab turish kerak. Agarda yugiriksimon sindromning klinik koʻrinishlari rivojlansa, preparatni darhol bekor qilish kerak. Tiazid diuretiklar qoʻllanganida tizimli qizil yugirikni zoʻrayishi mumkinligi toʻgʻrisida xabarlar bor.

Kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam boʻlgan bemorlarda tiazid diuretiklar oʻzining diuretik samarasini yoʻqotadi. Ular bu bemorlarda azotemiyaning rivojlanishini qoʻzgʻatishlari mumkin. Takroriy buyurishlarda kumulyatsiya yuz berishi mumkin.

Har qanday kuchli gipotenziv samaraga ega boʻlgan antigipertenziv preparatlar buyurilgan holdagi kabi,  serebral va koronar aterosklerozi boʻlgan bemorlarga buyurganida maxsus ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Bunday hollarda AB ni keskin pasayishiga yoʻl qoʻymaslik lozim, chunki bu qon oqimini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Quyida bayon etilgan ehtiyotkorlik choralari nafaqat alohida har bir komponentga, balki  preparatining oʻzi uchun ham taaluqlidir.

Rezerpin.

Rezerpin MIY ning motorikasi va sekretsiyasini kuchaytirishi tufayli, yara kasalligi toʻgʻrisidagi anamnestik maʼlumotlari boʻlgan bemorlarda, shuningdek eroziv gastriti va oʻt-tosh kasalligi boʻlgan bemorlarda uni qoʻllashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Yurak yetishmovchiligi, sinusli bradikardiya, oʻtkazuvchanlikni buzilishi boʻlgan bemorlarda, shuningdek yaqinda miokard infarktini oʻtkazgan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Elektr tirishish terapiyasini oʻtkazishdan kamida 7 kun oldin Rezerpinni bekor qilish kerak.

Rezerpinni operatsiyadan oldin bekor qilish, operatsiya davomida gemodinamikaning beqarorligi paydo boʻlmasligiga kafolat bermaydi. Anesteziolog, bemor rezerpin qabul qilayotganini bilishi va bemorni davolayotganda buni hisobga olishi muhimdir. Rauvolfiya preparatlarini olgan bemorlarda gipotenziyani paydo boʻlish hollari maʼlum. Qon aylanish tizimi tomonidan kelib chiqqan nohush taʼsirlarni davolash uchun antixolinergik va adrenergik preparatlarni (masalan, metaraminol, noradrenalin) qoʻllash tajribasi bor.

Digidralazin.

Buyraklar va/yoki jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari boʻlgan bemorlarda, oʻzgarmagan faol moddani toʻplanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, AB dinamikasini hisobga olib, bir martalik dozani yoki yuborishlar orasidagi intervalni toʻgʻrilash lozim.

Digidralazin olgan bemorlarda jarrohlik aralashuvi vaqtida AB ni tushishi kuzatilishi mumkin. Digidralazin tomonidan chaqirilgan miokardning ishini kuchayishi stenokardiya xuruji va miokard ishemiyasidan dalolat beruvchi EKG da oʻzgarishlarni paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Ayrim hollarda miokard infarktini digidralazinni qabul qilish bilan bogʻliqligi inkor etilmagan. Shuning uchun yurak ishemik kasalliklariga gumon qilingan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Gidroxlortiazid.

Tiazid diuretiklar bilan davolash gipokaliyemiya, giponatriyemiya va gipoxloremik alkalozni rivojlanishi bilan kechishi toʻgʻrisida xabarlar bor. Gipokaliyemiya miokardning sezgirligini oshirishi yoki angishvonagul preparatlarining toksik taʼsiriga javob reaksiyasini kuchaytirishi mumkin. Gipokaliyemiyaning rivojlanish xavfi jigar sirrozida, tez rivojlanayotgan diurezda, kaliyni ovqat bilan noadekvat tushishida, glyukokortikoidlar, beta1-adrenoretseptorlarning ragʻbatlantiruvchilari yoki AKTG bilan yoʻldosh davolashda yuqori. Elektrolit balansining mumkin boʻlgan buzilishlarini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida, davolashning boshida va davolash jarayonida maʼlum bir intervallardan soʻng plazmada elektrolitlarning miqdorini aniqlash lozim. Elektrolit balansini buzilishlarini qator hollarda kuzatiladigan nospetsifik koʻrinishlari ogʻizni qurishi, chanqoqlik, holsizlik, uyquchanlik, bezovtalik, mushak ogʻriqlari va tirishishlari, mushak kuchsizligi, arterial gipotoniya, oliguriya, taxikardiya va koʻngil aynishi boʻlgan.

Angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlarini kabul kilayotgan patsiyentlarga ni (ayniqsa u kaliy preparatlari va kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga qoʻllanganida) buyurishga yoʻl qoʻymaslik lozim.

Tiazid diuretiklar kalsiy ekskretsiyasining kamayishini chaqiradi. Tiazid diuretiklarni uzoq vaqt davomida qabul qilgan bir nechta bemorlarda giperkalsiyemiya va gipofosfatemiya bilan kechuvchi, qalqonsimon bezi oldi bezlarida patologik oʻzgarishlar aniqlangan. Giperkalsiyemiya aniqlangan holda, tashxisni aniqlash maqsadida qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkazish talab etiladi. Odatda giperparatireodizm bilan bogʻliq boʻlgan buyrak konkremenlarini hosil boʻlishi, suyak rezorbsiyasi, peptik yaralar kabi xech qanday asoratlar aniqlanmagan.

Tiazid diuretiklar siydik bilan magniyni chiqarilishini oshiradi, bu gipomagniyemiyaga olib kelishi mumkin.

Yuqori dozalarda qoʻllanganida tiazid diuretiklar glyukozaga tolerantlikni pasayishini chaqirishi va plazmada xolesterin, triglitseridlar va siydik kislotasiining miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin.

AAF ingibitorlarining antigipertenziv samarasi plazmadagi reninning faolligini oshiruvchi preparatlar, masalan, diuretiklar tomonidan potensiyalanadi. Shuning uchun diuretik bilan davolashga AAF ingibitori qoʻshilganida, ikkala preparatning dozalarini ehtiyotkorlik bilan tanlash lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

ni hayvonlarning reproduktivligiga taʼsirini oʻrganishiga oid tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Preparatni xomiladorlik davrida qoʻllash mumkin emas. Rezerpin, digidralazin va gidroxlortiazid yoʻldosh orqali oʻtadi. Gidroxlortiazid amniotik suyuqlikda toʻplanadi, u yerdagi uning konsentratsiyasi kindik venasining qon plazmasidagiga nisbatdan 19 marta yuqori qiymatlarga yetadi.

Rezerpin, uni tugʻruqdan oldin buyurilgan hollarda, yangi tugʻilgan chaqaloqda yaqqol uykuchanlik, burun shilliq qavatining shishi va anoreksiyani chaqirishi mumkin. Tiazid diuretiklarning, shu jumladan gidroxlolrotiazidning bachadon ichida taʼsiri, homilada va yangi tugʻilgan chaqaloqda trombotsitopeniyani paydo boʻlishiga olib keladi. Tiazid diuretiklar homiladorlar toksikozining paydo boʻlishini oldini olmasligi va koʻrinishlarining (shish, proteinuriya, arterial gipertoniya) yaqqolligiga taʼsir qilmasligi tufayli, ularni bu koʻrsatmalar boʻyicha buyurish mumkin emas.

Rezerpin, digidralazin va gidroxlortiazid koʻkrak sutiga oʻtadi. Yangi tugʻilgan chaqaloqda rezerpin yuqorida taʼriflangan reaksiyalarni chaqirishi mumkin. Gidroxlolrotiazid laktatsiyani bostirishi mumkin.

ni emizish davrida qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Bolalar. Bu majmuaviy tarkibli preparatni bolalarga buyurish mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati

 patsiyentning tezkor reaksiyalarga qobiliyatini buzishi mumkin, ayniqsa davolashni boshida. Boshqa antigipertenziv preparatlar buyurilganidagi kabi, transport vositalari va mexanizmlarini boshqaruvchi patsiyentlarni, reaksiyalar tezligini pasayishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari. ning dozasini oshirib yuborilishi bilan bogʻliq zaharlanishda quyidagi simptomlar boʻlishi mumkin: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, uyquchanlik, ongni chalkashishi, koma, ekstrapiramid buzilishlar, tirishishlar, paresteziyalar, turgʻun mioz. Koʻngil aynishi, qusish, diareya kuzatilishi mumkin. Shuningdek taxikardiya, arterial gipotenziya, kollapsni paydo boʻlishi; baʼzida – stenokardiya va aritmiya kabi koʻrinishlar bilan kechuvchi miokard ishemiyasi hakida xabar berilgan. Nafasni susayishi, suv-elektrolit balansini buzilishi, mushaklar kuchsizligi, mushaklarni (ayniqsa boldir mushaklari) ni tirishishi, oliguri paydo boʻlishi mumkin.

Davolash.

Agarda bemor xushida boʻlsa, qusishni chaqirish yoki meʼdani yuvish, faollashgan koʻmir berish kerak. Arterial gipotenziya boʻlsa bemorning oyoqlarini baland qilib yotqizish kerak; plazma oʻrnini bosuvchi vositalarini quyish yoki eletrolit buzilishlarni toʻgʻrilash koʻrsatilgan; zarurati boʻlganida, ehtiyotkorlik bilan vazofaol vositalarni yuborish mumkin. Diareya holida antixolinergik vosita yuboriladi. Tirishishlar rivojlanganida tirishishga qarshi vositalarni qoʻllash, masalan, v/i asta-sekin diazepamni yuborish koʻrsatilgan. Nafas yaqqol susaygan holda oʻpkaning sunʼiy ventilyatsiyasini (OʻSV) oʻtkazish koʻrsatilgan. Patsiyentni kuzatishning davomiyligi kamida 72 soatni tashkil qiladi, chunki rezerpin davomli taʼsir koʻrsatadi.

 

Chiqarilish shakli

250 tabletkadan oʻramda.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlik, namlikning taʼsiridan himoya qilinsin. 30oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.